8-Mavzu. Shartnomalar nazariyasi Reja: Shartnoma tushunchasi


-rasm.  O’zbekiston Respublikasi viloyatlarida g’alla va paxta



Yüklə 350,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/13
tarix18.01.2023
ölçüsü350,89 Kb.
#98750
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
8-мавзу ИИ (1)

8.3-rasm.
 O’zbekiston Respublikasi viloyatlarida g’alla va paxta 
yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomalar soni 
2015 yil hosili uchun g‟alla yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomalar 
soni ko‟rib chiqilgan uchta viloyatda turli ko‟rsatkichga ega. Ularning eng ko‟p 
soni Jizzax (5541 ta) va Toshkent (4711 ta) viloyatlarida kuzatiladi.
Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi sharoitida tomonlar o‟rtasidagi mulkiy 
munosabatlar shartnomalar asosida quriladigan mulkdorlar tadbirkorlik faoliyatini 
muvaffaqiyatli yuritishi uchun o‟z zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilishi 
alohida ahamiyatga ega. Amaliyotda shartnoma majburiyatlari buzilishi turlarining 
quyidagi tasnifi qo‟llaniladi: ishlarning bajarilmasligi yoki xazmatlar 
ko‟rsatilmasligi; sifatsiz tovarlar (ishlar, xazmatlar)ni yetkazib berish; to‟liqsiz 
tovarlarni yetkazib berish; markalanmagan, shuningdek idishsiz yoki upakovka 
qilinmagan tovarlarni yetkazib berish; yetkazib berish muddatining kechiktirilishi, 
tovarlarni to‟liq yetkazib bermaslik; akkreditivdan foydalanmaslik; to‟lov, tovar-
transport hujjatlarining kechiktirilishi; tovarlar (ishlar, xazmatlar) haqini 
to‟lamaslik yoki o‟z vaqtida to‟lamaslik; tovarlarni saralab olmaslik yoki ulardan 
voz kechish; mablag‟larning aktseptsiz hisobdan chiqarilishi. 
Xo‟jalik yurituvchi sub‟ektlar shartnoma munosabatlariga kirishayotib 
xo‟jalik faoliyatini kelishilgan hajmda, belgilangan vaqtda va joyda amalga 
oshirilishini ta‟minlaydigan mahsulot (ishlar, xazmatlar)ni olish uchun 
kafolatlangan asosga ega bo‟lishni nazarda tutadi. Bu esa tuzilgan 
shartnomalarning buzilmasligini va o‟zgarmasligini ta‟minlaydi. Xomashyo, 
materiallar, yarim tayyor mahsulotlarni xarid qilish uchun shartnomalar tuzgan 
tomonlarning o‟zlari yakuniy mahsulotni tayyorlash zanjiri bo‟yicha ushbu 
mahsulotni boshqa sub‟ektlarga sotish uchun ko‟p sonli shartnomalarni tuzadi
0
1000
2000
3000
4000
5000
6000
Тошкент вилояти 
Жиззах вилояти 
Сирдарё вилояти 
4711 
5541 
3208 
2885 
2804 
3101 
дон етказиб бериш учун тузилган шартномалар сони 
пахта етказиб бериш учун тузилган шартномалар сони 


ya‟ni xo‟jalik aloqalarining murakkab tizimi shakllanadi. SHuning uchun har 
qanday joyda shartnomalarning bajarilishi mamlakat xo‟jalik faoliyatining butun 
mexanizmida ko‟zlangan topshiriqlar bajarilishining kafolati hisoblanadi, 
shartnoma 
majburiyatlarining 
bajarilmasligi 
esa 
keyingi 
bo‟g‟inlarda 
nomutanosiblikni keltirib chiqaradi.
Keyingi jihat shundan iboratki, xo‟jalik yurituvchi sub‟ektlar, shu jumladan 
mulkdorlar shartnoma tuzishda shartnoma majburiyatlarining o‟zgarishi yoki 
tugatilishiga olib kelishi mumkin bo‟lgan barcha shartlarni ko‟rsatishga haqli. 
Bugungi kunda yuzaga kelgan amaliyot shuni ko‟rsatmoqdaki, shartnomada 
xo‟jalik yurituvchi sub‟ektlar tomonidan majburiyatlarning bajarilishi shartlari 
qanchalik 
aniq 
belgilansa, 
shartnoma 
bandlarining 
o‟zgarishi 
yoki 
majburiyatlarning tugatilishi shunchalik oson kechadi. 
Bundan tashqari, amaliyotda xo‟jalik yurituvchi sub‟ektlar tomonidan 
shartnomalar bo‟yicha majburiyatlarning bajarilmasligi ko‟pincha amaldagi qonun 
hujjatlari doirasidan tashqariga chiquvchi ko‟p sonli omillar orqali yuz beradi. 
SHuning uchun xo‟jalik yurituvchi sub‟ektlar tomonidan shartnomalar bo‟yicha 
majburiyatlar bajarilmasligining har bir holatini aniq tarzda ko‟rib chiqish va 
buning sababini chuqur tahlil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Qishloq xo‟jaligi xo‟jalik yurituvchi sub‟ektlari tomonidan o‟z zimmasiga 
olingan shartnoma majburiyatlarining bajarilmasligi to‟g‟risida so‟z yuritadigan 
bo‟lsak, bu yerda: 
1.
birinchidan tomonlar yetkazgan zararlar uchun to‟lov ko‟rinishida 
javobgarlik;
2.
ikkinchidan, mahsulot yetkazib berish uchun berilgan bo‟nak 
mablag‟larini qaytarish; 
3.
qonun hujjatlarida va shartnoma shartlariga ko‟ra nazarda tutilgan 
jarimalarni to‟lash kabi choralar qo‟llaniladi.
Respublikamizda o‟zaro va davlat bilan shartnoma munosabatlarida ishtirok 
etuvchi tomonlarni himoyalash uchun qarzdorlardan zararlarni undirishni talab 
qilish imkonini beruvchi barcha qonuniy qarorlar mavjud. Bu yerda shuni 
ta‟kidlash lozimki, zararlarning qoplanishi shartnomalarning bajarilishini 
rag‟batlantirishda va ishlab chiqarish unumdorligini oshirishda muhim rolь 
o‟ynaydi. Ushbu usulning qo‟llanishi bilan shartnoma intizomiga amal qilinadi va 
noishlab chiqarish xarajatlari qisqaradi. Bundan tashqari, javobgarlikning mazkur 
turini qo‟llash moddiy resurslarni tejash rejimiga, shuningdek xo‟jalik yurituvchi 
sub‟ektlar tomonidan xo‟jalik faoliyatining optimal tarzda yuritilishiga xizmat 
qiladi. 
SHartnomalarni tayyorlash, tuzish va amalga oshirish tamoyillarining 
belgilanishi respublikada shartnoma munosabatlarining mazmunini muvaffaqiyatli 
shakllantirishning eng muhim metodologik jihatlaridan biri hisoblanadi. 
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi 383-
sonli qarori bilan tasdiqlangan shartnomalarning bajarilishi monitoringini yuritish 
tartibi quyidagilardan iborat.
Tayyorlash va qishloq xo‟jaligi sub‟ektlariga xizmat ko‟rsatuvchi 
tashkilotlar xo‟jaliklar bilan tuzilgan shartnomalarning bajarilishi monitoringini 


yuritadi va ushbu axborotni Qishloq va suv xo‟jaligi bo‟limlariga hisobot davridan 
keyin 10 kun ichida taqdim etadi. Mazkur bo‟linmalar Qishloq va suv xo‟jaligi 
vazirligining shartnoma majburiyatlarining bajarilishi bo‟yicha materiallarga 
ishlov beruvchi tegishli boshqarmalarini bu haqida xabardor qiladi. SHartnoma 
majburiyatlari bajarilmagan holatlarda umumlashtirilgan ma‟lumotlar hududiy sud 
organlariga yuboriladi. Sud hamda qishloq va suv xo‟jaligi organlari o‟z 
vakolatlari doirasida tayyorlash va xizmat ko‟rsatuvchi tashkilotlar tomonidan 
shartnomalarning bajarilishi monitoringini yuritadi va nazorat qiladi. 
Xulosa 
SHartnoma muayyan bitimlarni amalga oshirishning institutsional doiralarini 
o‟zida namoyon etadi. Har qanday institut singari, shartnoma nafaqat o‟zaro 
hamkorlikni chegaralaydi, balki uning uchun zamin yaratadi, bu hol ayniqsa 
bitimlarni tuzish va amalga oshirish lahzalarining vaqt bo‟yicha mos kelmasligida 
yaqqol namoyon bo‟ladi. Bunday turdagi bitimlar ular ishtirokchilarining 
maqsadlariga bog‟liq bo‟lmagan holatlarning paydo bo‟lishi xatari bilan bog‟liq. 
Insonlar xatarni qabul qilish darajasi bo‟yicha farq qiladi, bu esa ikki turdagi 
shartnomalarning – xatarga betaraf bo‟lgan sheriklar o‟rtasidagi munosabatlarni 
tartibga soluvchi sotish to‟g‟risidagi shartnoma hamda xatarga betaraf bo‟lgan va 
xatarga qarshi insonlarga o‟zaro hamkorlik qilish imkonini beruvchi yollash 
to‟g‟risidagi shartnomaning mavjud bo‟lishini izohlaydi. 
Tashkilot kichiklashgan buyruqbozlik iqtisodiyotini o‟zida namoyon etadi. 
Tashkilot ichki o‟sishining cheklanishlari aynan shu bilan bog‟liq: tashkilot 
ko‟lamlarining kengayishi monitoring va opportunizmni oldini olish xarajatlarining 
oshishiga olib keladi. Institut (bozor) bilan tashkilot (firma) o‟rtasidagi eng aniq 
chegara quyidagi ko‟rsatkichlar darajasini baholash yordamida aniqlanadi: 
aktivlarning o‟ziga xosligi, noaniqlik, bitim tomonlarining xatarga moyilligi, 
bitimning murakkabligi, shuningdek qonundan foydalanish bahosi bilan xufyonalik 
bahosining o‟zaro nisbati. 

Yüklə 350,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə