8-Mavzu. Shartnomalar nazariyasi Reja: Shartnoma tushunchasi


 Qishloq xo’jaligida shartnoma munosabatlari



Yüklə 350,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix18.01.2023
ölçüsü350,89 Kb.
#98750
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
8-мавзу ИИ (1)

6. Qishloq xo’jaligida shartnoma munosabatlari 
O‟zbekistonda har yili qishloq xo‟jaligi mahsulotlarini sotish, moddiy-
texnika resurslarini yetkazib berish va xizmatlar ko‟rsatish uchun ko‟p sonli 
shartnomalar tuziladi. Tomonlar shartnomalar bo‟yicha o‟z zimmasiga olgan 
majburiyatlarining o‟z vaqtida bajrishi qishloq xo‟jaligi mahsulotlari ishlab 
chiqaruvchilarining yakuniy natijalariga va ularning samaradorligiga jidiy ta‟sir 
ko‟rsatadi. SHuning uchun davlat tomonidan shartnomalar monitoringini yuritish 
yo‟li bilan shartnomalar shartlarining bajarilishini nazorat qilishga katta e‟tibor 
qaratiladi.


Qishloq xo‟jaligi korxonalari bilan tuziladigan shartnomalar quyidagi 
tasnifga ega: 
(a) davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar uchun shartnomalar; 
(b) moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish uchun shartnomalar; 
(v) kontraktsiya shartnomalari
(g) xizmatlar ko‟rsatish uchun shartnomalar.
Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‟jaligi mahsulotlarining g‟alla, paxta 
xomashyosi, urug‟lik paxta, shuningdek g‟alla va boshoqli ekinlar urug‟lari kabi 
turlari xarid qilinadi. 
Quyida respublikamiz qishloq xo‟jaligi korxonalari bilan g‟alla va boshoqli 
ekinlar hamda ipak xomashyosi yetkazib berish uchun tuzilgan kontraktsiya 
shartnomalarining dinamikasi keltirilgan (8.2-jadval).
8.2-jadval ma‟lumotlari shuni ko‟rsatib turibdiki, 2016 yilda g‟alla va 
boshoqli ekinlar yetkazib berish uchun jami 33937 ta shartnoma tuzilgan, bunda 
yetkazib beriladigan qishloq xo‟jaligi mahsulotlarining Reja:lashtirilgan hajmi 
2237 ming tonnani tashkil etgan. Avvalgi yillarga qaraganda kontraktsiya 
shartnomalari bo‟yicha g‟alla yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomalar 
sonining kamayishi davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‟alla hajmining 
kamayishi hasobidan yuz bergan.
8.2-jadval. 

Yüklə 350,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə