8-Mavzu. Shartnomalar nazariyasi Reja: Shartnoma tushunchasi


Tashkilot va institutlarni bir biri bilan taqqoslash



Yüklə 350,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix18.01.2023
ölçüsü350,89 Kb.
#98750
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
8-мавзу ИИ (1)

 
5.Tashkilot va institutlarni bir biri bilan taqqoslash 
Tashkilot
- hukmronlik munosabatlari, ya‟ni ishtirokchilarining ayrimlari - 
«agentlar» tomonidan o‟z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqining uning 
boshqa 
ishtirokchisi 
– 
«printsipal»ga 
topshirilishi 
asosida 
qurilgan 
muvofiqlashtirish birligi. 
Tashkilotni muvofiqlashtirish birligi sifatida ta‟riflash ushbu tushuncha va insonlarning 
o‟zaro hamkorligini belgilab beruvchi «institut» tushunchasini aniq chegaralashni talab qiladi. 
Ularni quyidagi jadval yordamida taqqoslaymiz: 
Institut 
Tashkilot 
Makro
institutsional toifa 
Mikro
institutsional toifa 
O‟zaro hamkorlikning 
umumiy
doiralarini belgilaydi 
O‟zaro hamkorlik(lar)ning 
muayyan
doiralarini belgilaydi 
Sof ijtimoiy ne’mat 
tavsifiga 
ega 
Klub ne’mati 
tavsifiga ega 


Individuallashmagan 
va
 
nolokal
transaktsiyalarni 
tartibga 
soladi 
Aniq 
chegaralangan, 
demak, 
individuallashgan 
va
 
lokal
transaktsiyalarni tartibga soladi 
SHaxslar institutlarning 
o‟zgarish jarayoniga ta‟sir ko‟rsata 
olishmaydi 
Tashkilot shaxslarning ongli 
ravishdagi tanlovi natijasi sanaladi 
Hukmronlik munosabatlarining 
elementi 
mavjud emas
Hukmronlik munosabatlari tashkilot 
faoliyat ko’rsatishining asosida 
yotadi 
Transaktsiya 
xarajatlarining 
tarkibini va miqdorini belgilaydi 
Institutsional doiralar tomonidan 
belgilangan transaktsiya xarajatlarining 
tejalishiga ko‟maklashadi 
Transaktsiya xarajatlarini tejashga taalluqli bo‟lgan so‟nggi farq xususida 
alohida to‟xtalib o‟tish lozim. Yollash to‟g‟risidagi shartnomani amalga oshirish 
o‟sha maqsadlar uchun sotish to‟g‟risidagi shartnomaning institutsional 
doiralaridan foydalanishdagiga qaraganda ancha kam transaktsiya xarajatlari bilan 
bog‟liq. Tejash, birinchidan, shartnomani muntazam qayta tuzish zarurati 
yo‟qolishi munosabati bilan, ikkinchidan esa, shartnomaning implitsit shakli – 
o‟zaro hamkorlikning barcha detallarini aniq tafsirlashdan voz kechish hisobidan 
paydo bo‟ladi. 
Transaktsiya xarajatlarini tejashning qolgan bizga ma‟lum vositalari ichida
 
tashkilot
bir qator o‟ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Bitimlar tuzishda 
muzokaralar yuritish xarajatlarini tejash imkonini beruvchi standart (namunaviy) 
shartnomalardan foydalanish; o‟lchash xarajatlarini pasaytiruvchi sifat, o‟lchash va 
tortish standartlarini ishlab chiqish va rivojlantirish; jamiyatda mulkchilik 
huquqlarini tafsirlash va himoya qilish xarajatlarining kamayishiga olib keluvchi 
konsensus mafkurasini shakllantirish kabi vositalar shular jumlasidandir. Ularni 
qo‟llash intensivligini oshirish bilan yuqorida ko‟rsatilgan barcha uchta vositaning 
samaradorligi pasaymaydi. Aksincha, ushbu vositalardan qanchalik keng 
foydalanilsa, bir bitim hisobida transaktsiya xarajatlarining miqdori shunchalik 
kam bo‟ladi. 
Tashkilot doirasida transaktsiya xarajatlarini tejash borasidagi ishlar esa 
boshqacha ko‟rinishga ega. Transaktsiya xarajatlari miqdorlarining o‟sishi, ya‟ni 
tashkiliy doiralarda bitimlar ko‟proq amalga oshirilishi bilan ushbu sohada uning 
samaradorligi kamayadi. Tashkilot ichida bitimlarni amalga oshirish hamon 
axborotni qidirish xarajatlarini, shuningdek muzokaralar yuritish xarajatlari va 
shartnoma tuzish xarajatlarini pasaytirish imkonini bersa-da, bunda boshqa xildagi 
xarajatlarning o‟sishi yuz beradi. Tashkilot o‟lchamlarining ortishi bilan, birinchi 
galda, monitoring va opportunizmni oldini olish xarajatlari oshadi. Birinchidan, 
tashkilot ishtirokchilari sonining o‟sishi bilan ular manfaatlarining birligiga, 
aniqrog‟i ular manfaatlarining «printsipal» manfaatlariga mos kelishiga erishish 
qiyinlashadi. SHuning uchun «printsipal» monitoringni va «agentlar» harakatini 
nazorat qilish uchun katta sa‟y-harakatlarni amalga oshirishga to‟g‟ri keladi. 
Bundan tashqari, tashkilotning o‟sishi «printsipal»ni, «agentlar»ni nazorat qilish 


bo‟yicha vakolatlarining bir qismini o‟z vakillariga topshirgan holda, murakkab 
hukmronlik munosabatlari sxemasiga o‟tishga majbur etadi. Ushbu tarkibiy 
o‟zgarishlar nafaqat «agentlar»ni nazorat qilish xarajatlarining ortishi bilan, balki 
«printsipal» manfaatlari vakillarining harakatlarini nazorat qilish zarurati bilan 
ham bog‟liq 
R.Kouz [42] tashkilotning o‟sishi bilan kamayuvchi samaradorlikni 
«menejmentning kamayuvchi marjinal samaradorligi» deb nomladi va 
hamma vaqt 
institutga (bozorga) nisbatan tashkilot (firma) o’sishining chegarasi mavjud
degan 
fikrga keldi. «Firma firma ichidagi bitta qo‟shimcha transaktsiyani tashkil etish 
xarajatlari o‟sha transaktsiyani ochiq bozorda almashish orqali amalga oshirish 
xarajatlari bilan tenglashgunga qadar kengayib boradi...». Ya‟ni, yolg‟iz firmadan 
tashkil topgan iqtisodiyot (buyruqbozlik iqtisodiyotini ana shunday deyish 
mumkin) bo‟lishi 
mumkin
, lekin menejmentning marjinal samaradorligi 
kamayiishi tufayli u 
samarasiz
bo‟ladi.
Masalan, A firma bozorda B, V va G firmalardan (sotish to‟g‟risidagi 
shartnoma doirasida) sotib olinadigan butlovchi qismlardan kompьyuter yig‟ish 
bilan shug‟ullanadi, deylik. O‟zining transaktsiya xarajatlarini optimallashtirgan 
holda, A firma B firma bilan yagona korxona tuzishga qaror qiladi. U V firma 
bilan ham masalani huddi shu tariqa hal etadi. G firmani yagona tashkiliy 
tuzilmaga kiritish firma ichidagi boshqaruv va nazorat xarajatlarining o‟sishi 
tufayli foydasiz bo‟lib chiqishi mumkin. SHunday qilib, A firma tomonidan V 
firmaning qo‟shib olinishi 
chegara
bitim hisoblanib, shundan so‟ng keyingi 
kengaytirish samarasiz bo‟lib qoladi. 
Lekin, institut bilan tashkilot o‟rtasidagi chegaraning aniq demarkatsiyasi 
sotish to‟g‟risidagi shartnoma (bozor bitimlari)ning ham, yollash to‟g‟risidagi 
shartnoma (firma ichidagi bitimlar)ning ham elementlarini o‟zida birlashtiruvchi 
neoklassik shartnomalarning mavjud bo‟lishi fakti bilan qiyinlashadi. Masalan, A 
firma o‟z tarkibiga G firmani birlashtirishdan bosh tortishi, lekin ayni paytda u 
bilan butlovchi qismlarni yetkazib berish uchun shartnoma tuzishi mumkin, bu 
hukmronlik munosabatlari asosida emas, balki ikki tomonlama kelishuv asosida 
bozorning «tabiiy» oldindan aytib bo‟lmasligidan ko‟riladigan zararlarni 
pasaytirish imkonini beradi. 

Yüklə 350,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə