9-mavzu: monetarizm


Irving Fisherning ayirboshlash tenglamasi



Yüklə 169,63 Kb.
səhifə3/11
tarix03.02.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#100093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8. Монетаризм. Инс. Неолиб.

Irving Fisherning ayirboshlash tenglamasi
Monetaristlar muomaladagi pul miqdori bilan milliy iqtisodiyot doirasida sotilgan tovar va xizmatlar miqdori o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatib beradi. Bu bog‘liqlik I.Fisherning ayirboshlash tenglamasida ifodalanadi:
 
IRVING FISHER
(1867-1947)
M · V=P · Q,
bu yerda M- muomaladagi pul miqdori;
V- pulning aylanish tezligi; P- tovar va xizmatlarning bahosi;
Q- tovar va xizmatlar miqdori.
Baho darajasi bilan bir yilda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar miqdori (P · Q) nominal YAIM miqdorini bildiradi.
Ayirboshlash tenglamasidan M=P·Q/V kelib chiqadi; agar pulning aylanish tezligi (V) bir xil bo‘lsa, unda muomaladagi pul miqdori nominal YAIM miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi.
I.Fisher tenglamasiga ko‘ra, V va Q bir xil (doimiy) bo‘lganda pul taklifining o‘zgarishi bahoga bevosita ta’sir ko‘rsatadi: pul taklifi ko‘payganda, uning sotib olish qobiliyati pasayadi, ya’ni baho oshadi; lekin pul taklifining ko‘payishi YAIM miqdorining ko‘payishi bilan birga olib borilsa, unda baho oshmaydi.
- pul siyosati pulga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasida muvofiqlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
- pulning o‘sish sur’atini tanlashda Fridmen pul massasining «mexanik tarzda» o‘sish qoidasini kiritishni taklif qiladi, unga ko‘ra pulning bunday o‘sish surati (foizda) uzoq muddat uchun YAIM o‘rtacha yillik o‘sish sur’atiga (foizda) plyus kuzatiladigan inflyatsiyaning o‘rtacha yillik sur’atiga (foizda) teng bo‘lishi kerak;
M. Fridmenning «pul qoidasi»ning o’ziga xos xususiyatlari
- Fridmen pul massasining o‘rtacha yillik o‘sish sur’atini 3-5 foiz qilib belgilashni taklif qiladi. Buning uchun real YAIM o‘sishi 3 foizni tashkil etgan (AQSh uchun) va pulning aylanish tezligi bir oz sekinlashgan bo‘lishi kerak;
- pulning taklifi yiliga 3-5 foizdan oshib ketsa, inflyatsiyani keltirib chiqaradi, muomaladagi pul massasining 3-5 foizdan kamayib ketishi YAIM o‘sish sur’atining pasayib ketishiga olib keladi.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə