9-mavzu: monetarizm


Ijtimoiy bozor xo‘jaligiga xos xususiyatlar



Yüklə 169,63 Kb.
səhifə10/11
tarix03.02.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#100093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8. Монетаризм. Инс. Неолиб.

Ijtimoiy bozor xo‘jaligiga xos xususiyatlar
Ijtimoiy bozor xo‘jaligida davlatning roli
  • Ijtimoiy bozor xo‘jaligida davlatning asosiy roli erkin raqobat “qoidalari”ni o‘rnatishga qaratilgan. Raqobat sharoitlari avtomatik tarzda yuzaga kelmaydi, balki muayyan shart–sharoitlarning bo‘lishini taqozo etadi. Iqtisodiy tartib, V.Oykenning tasdiqlashicha, o‘z–o‘zidan o‘rnatilmaydi, uni iqtisodiy faoliyat o‘zi keltirib chiqarmaydi. Uni davlat o‘rnatadi.
  • Iqtisodiy siyosat prinsiplarini asoslab bergach, V.Oyken davlat amal qilish qoidalarini o‘rnatishi va ularni hayotga tatbiq etishi, xo‘jalik –ishlab chiqarish faoliyati bilan esa shug‘ullanmasligi kerak,deb ko‘rsatib o‘tadi. Davlat to‘g‘ridan–to‘g‘ri tartiblash yo‘li bilan hal qilib bo‘lmaydigan vazifalarni, iqtisodiyotga doimo aralashuvni o‘z zimmasiga olmasligi kerak.

Ijtimoiy adolat va erkin raqobat prinsiplari mujassamlashgan “Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor xo‘jaligi”ga asos solgan iqtisodchilardan biri L. Erxard (1897-1977y.) hisoblanadi.
Lyudvig Erxard
(1897-1977)
asosiy asari
“Barcha uchun farovonlik”
L. Erxardning iqtisodiy islohotlari quyidagicha tavsiflanad:
Germaniya iqtisodiyoti “jiddiy tuzilmaviy qayta qurishga muhtoj” deb ko‘rsatib beradi va real vaziyatdan kelib chiqqan holda to‘g‘ri ish yuritish zarurligini ta’kidlaydi.
Bozor iqtisodiyotidan rejali iqtisodiyotga o‘tish asosiy muammo hisoblanmaydi, chunki “balanslashuvga moyil iqtisodiyotdan qaytish oson”, ammo “rejali iqtisodiyotni erkin bozor iqtisodiyotiga aylantirish juda katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq”, chunki tabiiy muvozanatdan chetga chiqqan iqtisodiyotga birdan, o‘tish davrisiz, erkin bozor imkoniyatlarini yaratib berish qiyin, - deb ko‘rsatadi.
L. Erxardning iqtisodiy islohotlari quyidagicha tavsiflanadi.
1948 yili mamlakatda o‘tkazilgan pul va bank islohoti keyingi barcha chora - tadbirlarning negizi hisoblanadi.
Bahoning o‘sishi olti oydan keyin to‘xtatildi. 1950 yilning boshiga kelib Germaniya iqtisodiyoti urushdan oldingi ishlab chiqarish darajasidan o‘zib ketdi, bunga sabab:
  • saqlanib qolgan moddiy bazaning mavjudligi;
  • mehnat resurslarining arzonligi;

  • ishlab chiqarish jarayoniga faol ta’sir etgan iste’molchilar-ning qondirilmagan talabi.

Pul va bank islohotlaridan tashqari iqtisodiyotni qayta tashkil etishda bozor kursining tanlab olinishi, bunda erkin tadbirkorlikning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib berish-da, xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmining shakllanishida Davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi muhim ahamiyat kasb etdi.
Islohotlarning muvaffaqiyatli chiqishiga “Marshall plani” bo‘yicha berilgan yordam ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
L.Erxard va uning safdoshlari tomonidan olib borilgan islohotlar Germaniya iqtisodiy taraqqiyoti uchun zamin yaratib berdi hamda u iqti-sodiy qo‘llanmalarga kiritildi va unga qarorlarni realizatsiya qilish, qayta tashkil etish vositalaridan, metodlaridan samarali foydalanish uchun qulay mexanizmlarni ishlab chiqish namunasi sifatida qaraldi.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə