9-mavzu: monetarizm


J.R.Kommons g‘oyalarining o‘ziga xosligi



Yüklə 169,63 Kb.
səhifə6/11
tarix03.02.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#100093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8. Монетаризм. Инс. Неолиб.

J.R.Kommons g‘oyalarining o‘ziga xosligi
O‘zining nazariyasi asosiga bitim tushunchasini kiritadi, uni:
- manfaatlar ixtilofliligi;
- manfaatlar ixtiloflilining o‘zaro bog‘liqligini his etish;
- barcha bitim ishtirokchilarini qoniqtiradigan kelishuvlar tuzish yo‘li bilan ixtilofni yechish ko‘rinishida tavsiflash mumkin.
B I T I M
NIZO
O‘ZARO TA’SIR
YECHIM
Uesli Mitchell
(1874-1948y.)
asosiy asarlari
«Iqtisodiy sikllar» (1913),
«Iqtisodiy nazariya turlari to‘g‘risida leksiyalar» (1935),
«Iqtisodiy sikllarni o‘lchash» (1946 hammualliflikda),
«Iqtisodiy sikllar davrida nimalar yuz beradi» (1951, o‘limidan keyin)
U.Mitchellning asosiy konseptual g‘oyalari shundan iboratki, u:
iqtisodiy (moliya, kredit, pul muomalasi) va noiqtisodiy (psixologik, sotsial, axloq, xulq, fe’l-atvor) omillarning o‘zaro bog‘liqligini va o‘zaro ta’sirini aniqlab beradi.
madaniy va sotsial-psixologik omillarni hisobga olgan holda davlatning pul, kredit va moliya sohalariga aralashuvi zarur deb hisoblaydi.
iqtisodiy sikllar to‘g‘risidagi asosiy g‘oyalar:
- har bir krizis va har bir sikl betakror hisoblanadi, chunki ularning asosida bir emas, balki bir qator sabablar yotadi deb ko‘rsatib beradi;
- iqtisodiyotni davlat tartibga solishining har xil variantlari yordamida krizissiz sikl konsepsiyasini asoslab beradi;
- majburiy emas, balki tavsiyali xarakterdagi rejalarni ishlab chiquvchi maxsus davlat rejalashtirish organlarini tuzish siklli tebranishni yumshatishning asosiy vositasi deb hisobladi.
Jon Kennet Gelbreyt
(1909-2006 yy.)
asosiy nazariyalari
J.K.Gelbreyt nazariyasidagi asosiy tomonlar quyidagicha tavsiflanadi:
texnostruktura deganda, yirik korporatsiyalarning normal ishlashini ta’minlovchi olimlarni, konstruktorlarni, yuqori malakali mutaxassislarni, texnologlarni, menejerlarni o‘z ichiga oluvchi muayyan jamiyat qatlamlari tushuniladi; korporatsiyalarda real hokimiyat mulkdorlar qo‘lida emas, balki texnostruktura qo‘lida bo‘ladi;
texnostruktura korporatsiya ishini bir necha yil oldinga rejalashtirishga majbur, bu esa oldindan boshqa firmalar bilan kontrakt tuzish imkonini beradi;
yakka tadbirkor va erkin raqobat amal qiladigan stixiyali bozor o’tmishga qaytdi, darsliklarda uchraydi, hozirgi zamon g‘arb iqtisodiyoti esa reja asosida texnostruktura tomonidan boshqarilib turiladi;
texnostrukturaning asosiy maqsadi alohida tadbirkornikidan farq qiladi: uni kapitaldan keladigan foydani maksimallashtirish kam qiziqtiradi, negaki korporatsiyaning juda katta miqdordagi kapitali har qanday sharoitda katta foyda olib keladi; texnostrukturaning maqsadi – firmaning bozordagi mavqeini mustahkamlash.
shu bugun qabul qilinayotgan qarorlarning kelajakda bajarilishi qanday holatda bo‘lishini aniq tasavvur qilish uchun rejalashtirish barqarorlikni talab qiladi, shu bois erkin raqobat to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas;

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə