A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


-§. Shartli-o‘zgaruvchan, shartli doimiy va yarim o‘zgaruvchan xarajatlar



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə25/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

3-§. Shartli-o‘zgaruvchan, shartli doimiy va yarim o‘zgaruvchan xarajatlar
Bozor munosabatlari tobora erkinlashib borayotgan tarraqqiyotning hozirgi bosqichida, raqobat kurashining global strategiyasi qatoriga birinchi navbatda xarajatlarni minimallashtirish strategiyasini kiritish kerak. Yechimni topishni esa ana shu xarajatlarning o‘zini tutishini atroflicha talqin qiladigan va boshqaruvdagi foydalaniladigan iqtisodiy ma’lumotlarning 85 foizini yetkazib beradigan boshqaruv hisobi uslubiyoti nuqtayi nazaridan yondashish lozim.

Bozor munosabatlari tobora erkinlashib borayotgan hozirgi sharoitda faoliyat yuritayotgan har qanday kichik va o‘rta biznes xo‘jalik yurituvchi subyekti faoliyatining samarasi, ertangi istiqboli boshqaruv hisobining muhim va asosiy tamoyili «xarajat – ishlab chiqarish hajmi - foyda» ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligida ifodalanadi. Ana shu ko‘rsatkichlar orasida xarajatlar boshqaruv hisobini tashkil qilishda alohida e’tiborni jalb qiladi. Uning mohiyati shundan iboratki xarajatlar juda ko‘p elementlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning aksariyati boshqaruv qarorlari ta’sirida albatta o‘zgaradi, boshqaruv qarorlari qanchalik samarali bo‘lsa uning miqdori kamayishi va aksincha hollarda ko‘payib ketishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining natijasi bo‘lgan foyda miqdorida bevosita o‘z aksini topadi. Demak, yuqori miqdordagi foyda olishning eng asosiy omili bu xarajatlarni kamaytirish bo‘lsa, xarajatlarni boshqarish esa e’tibordagi muhim masala bo‘lishi lozim.


Aynan mana shu masala borasida nafaqat amaliyotchilar, balki iqtisodchi olimlar tomonidan ham to‘liq e’tirof etiladigan xarajatlarni boshqarishga yondashish mavjud. Bu xarajatlarning boshqaruv hisobini tashkil qilish nuqtayi nazaridan tasnif qilinishidir. Ana shu umume’tirof etilgan klassifikatsiya mohiyatini quyidagicha guruhlash mumkin:
  1. Shartli o‘zgaruvchan xarajatlar.


  2. Shartli – doimiy xarajatlar.


  3. Yarim o‘zgaruvchan xarajatlar.




    O‘zgaruvchan xarajatlar

    Doimiy xarajatlar


    Yarim o‘zgaruvchan xarajatlar

    Shu o‘rinda e’tirof etish joizki, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ana shu muhim o‘rni bo‘lgan xarajatlarning yuqorida sanab o‘tilgan uch guruhga bo‘linishini MDH mamlakatlari olimlari orasida birinchi bor ilmiy jihatdan asoslaganlar, Vatandoshlarimiz hisoblanadi. Boshqaruv qarorlari eng optimal va qanchalik samarali bo‘lmasin, shartli-doimiy xarajatlar uning ta’siriga tushmaydi, ular nisbatan doimiy hisoblanadi, lekin ishlab chiqarish hajmi oshib boravergan sari, bir dona mahsulotga to‘g‘ri keladigan miqdori kamayib boraveradi.


    Shartli-o‘zgaruvchan xarajatlar esa aksincha tabiatga ega bo‘lib, ular boshqaruv qarorlari ta’sirida o‘zgaradi, lekin bir dona mahsulotga to‘g‘ri keladigan miqdori o‘zgarmasdan qolaveradi. To‘g‘ri xarajatlarning barchasi (mehnat xarajatlari, material va xomashyo xarajatlari) shartli- o‘zgaruvchan xarajatlarga kiradi. Umumishlab chiqarish xarajatlarining ham bir qanchasi (elektr energiyasi, yoqilg‘i va sh.k.) shartli- o‘zgaruvchan xarajatlarga kiradi.
    Shartli-doimiy xarajatlarga quyidagi xarajat turlari kiradi: ijara xarajatlari, hisoblaniladigan eskirish (amortizatsiya) summalari, mulk solig‘i xarajatlari, umumishlab chiqarish xarajatlarining aksariyat qismi. Tijorat xarajatlarining ham aksariyat qismi ana shunday shartli-doimiy xarajatlardir: reklama xarajatlari, akmortizatsiya ajratmalari, kommunal
    1. xizmat xarajatlari va sh.k. Ma’muriy-boshqaruv apparati (idora) xarajatlarining ham deyarli aksariyat qismi shartli-doimiy xarajatlarga kiradi, shu bilan birgalikda bularning ichida ham shartli-o‘zgaruvchan xarajatlar turlari uchrab turadi.


    O‘ZGARUVCHAN XARAJATLAR



    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə