A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Mahsulot tannarxining o‘zgarishi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə28/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Mahsulot tannarxining o‘zgarishi

    (shartli doimiy va shartli o‘zgaruvchan xarajatlar)



  • Biznes-reja


    T/r


    Ko‘rsatkichlar


    o‘lchov birligi


    Miqdori

    1

    Ishlab chiqarish quvvati

    Dona

    150

    2

    Mahsulot tannarxi

    Ming so‘m


    15

    3

    Mahsulotning bozor


    (shartnoma) bahosi

    Ming so‘m


    20

    4

    Rentabellik darajasi


    Foiz

    25




    1. Mahsulot tannarxining o‘zgarishi va uni boshqarish


    (ming p.b.da)


    Xarajat turlari


    1
    dona


    150 dona
    (100 %
    quvvatda)


    75 dona
    (50 %
    quvvatda)


    50 dona
    (33 %
    quvvatda)


    Shartli o‘zgaruvchan

    Material


    xarajatlar

    5

    750

    375

    250

    Mehnat haqi


    2

    300

    150

    100

    Umumishlab


    chiqarish xarajatlari

    2

    300

    150

    100



    Shartli doimiy

    Amortizatsiya (ijara


    xarajatlari)

    2

    300

    300

    300

    Umumishlab chiqarish


    xarajatlari

    1

    150

    150

    150

    Kommunal


    xizmat xarajatlari

    2

    300

    300

    300

    Boshqa
    xarajatlar


    1

    150

    150

    150

    Jami

    15

    2250

    1575

    1350

    1 donasiniki

    15

    15

    21

    27



          1. jadval

      Mahsulot tannarxini hisoblash (kalkulyatsiya qilish)



    Palov-osh menyu: 16-1/65
    1.

    T/r

    Mahsulot turlari


    O‘lchov birligi


    Hajmi

    Bahosi
    (ming p.b.da)

    Summasi
    (ming p.b.da)


    1

    Go‘sht

    Kg

    10

    6.0

    60.0

    2

    Guruch

    Kg

    15

    3.0

    45.0

    3

    Yog‘

    Kg

    5

    3.0

    15.0

    4

    Sabzi

    Kg

    15

    0.4

    6.0

    5

    Piyoz

    Kg

    4

    1.0

    4.0

    6

    Tuz va ziravorlar

    Jami masalliqning


    5 foizi miqdorida

    6.5

    Jami:

    136.5

    2. a) Bir portsiya oshning tannarxi:
    136 500 p.b.da / 100 porsiya = 1365 p.b.da
    b) korxonaning kategoriyasiga qarab (misol uchun korxona 30 foizgacha ustama qo‘yish huquqiga ega, deb faraz qilaylik), ustama miqdori:

    (1365 х 100) / 30 = 409 p.b.da


    v) Bir porsiya oshning sotish bahosi:

    (1365 + 409) = 1774 p.b.da


    O‘ZGARUVCHAN XARAJATLAR

    DOIMIY XARAJATLAR



      X
      a r a j a t l a r

      Ishlab chiqarish hajmi

      a
      X Mahsulot birligida r
      (so‘mda)
      X

      a (so‘mda)
      r a j a t l a r
      Ishlab chiqarish hajmi

      X Mahsulot birligida a

      a r


      j a
      a j
      t a
      l t
      a l
      r a
      r
      Ishlab chiqarish hajmi Ishlab chiqarish hajmi
      1. §. Xarajatlarni hisobga olish, taqsimlash tartibi va usullari



      Tannarxni kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usuli.
      Xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) birligining tannarxini aniqlashda quyidagi to‘rtta usuldan biridan foydalaniladi:
        • oddiy usul;


        • buyurtmali usul;


        • jarayonli usul;


        • normativ usul.


      Ba’zi bir mamlakatlarda bu usullardan tashqari yana boshqa, xususan o‘rtacha tannarx, koeffitsiyentlar usulidan ham foydalaniladi.


      Xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish uchun eng samarali ishlatilishi mumkin bo‘lgan usullar – bu tannarxni hisoblashning buyurtmali va jarayonli usullaridir.
      Xarajatlarni hisobga olishning va mahsulot tannarxini hisoblashning buyurtmali usuli – faqat bir mahsulot turini ishlab chiqaruvchi, shuningdek maxsus buyurtma asosida ishlovchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan foydalaniladigan usuldir. Bu usulda barcha xarajatlar alohida bo‘linmalar yoki hisobot davri uchun emas, har bir buyurtma bo‘yicha yig‘iladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektda tugallanmagan ishlab chiqarish hisob-kitob schyoti yuritiladi, bu boradagi analitik ma’lumot buyurtmalar kartochkasida olib boriladi. Aynan shu kartochkalarda ma’lum buyurtmani bajarish uchun barcha bo‘linmalar bo‘yicha xarajatlar yig‘iladi.
      Oddiyroq qilib ifoda qilinadigan bo‘lsa, kichik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining (ish, xizmat) aynan mana shu buyurtmali usul orqali tannarxini hisoblash barcha tomonlama samarali, juda aniq va qulaydir. Chunki:
      1. ortiqcha hisob-kitoblarni talab qiladigan “tugallanmagan ishlab chiqarish” qoldig‘i bo‘lmaydi;


      2. odatda buyurtmalar qisqa va aniq muddatlarga qabul qilinadi;


      3. buyurtma vaqti, miqdori, mahsulot bahosi aniq kelishib olingan bo‘ladi.


      4. to‘g‘ri xarajatlar mehnat va moddiy xarajatlar kabi aniq mahsulot yoki xizmat turiga to‘g‘ridan to‘g‘ri olib borilishi mumkin;



      Xarajatlarni hisobga olish va tannarxni kalkulyatsiya qilishning buyurmali usuli
      Aynan shu buyurtmalar kartochkasida xarajatlar tegishli-mas’ul bo‘limlar bo‘yicha yig‘ilib boradi

      1. umumishlab chiqarish xarajatlari mahsulot turiga qarab faqatgina maxsus uslublar yordamida taqsimlanishi mumkin. Ya’ni, aynan ana shu buyurtma hajmiga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha xarajatlarni (ma’muriy- boshqaruv apparati xarajatlari va barcha umumishlab chiqarish xarajatlari) hisoblash uchun tegishli hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin. Ularni hisobdan chiqarishda har bir bo‘linma yoki faoliyat yuritayotgan obyekt uchun odatda bir yilga o‘rnatilgan umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlashning normativ koeffitsiyentlaridan foydalaniladi.


      Bu koeffitsiyent uch bosqichda hisoblanadi:


      1. Umumishlab chiqarish xarajatlarining yillik byudjeti, ya’ni rejasini tuzish. Kutilayotgan umumishlab chiqarish xarajatlari hajmini hisoblash xarajatlar dinamikasi va rejadagi ishlab chiqarish hajmi asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonni kelgusi hisobot davriga har bir ishlab chiqarish bo‘linmasi uchun alohida bajarish lozim. Aynan mana shu bosqichda amalga oshirilgan hisob-kitoblar kelgusida samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun asos bo‘ladi.


      2. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash bazasini tanlash. Buning uchun ishlab chiqarish faoliyatini o‘lchovchi ma’lum ko‘rsatkichdan foydalanilib, umumishlab chiqarish xarajatlari va tayyor mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanadi. Masalan, bajarilgan ishlarning odam-soat ko‘rsatkichidagi soni, ishlab chiqarish ishchilari uchun hisoblangan ish haqi summasi, mashina-soatlar soni. Tanlangan baza umumishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot ishlab chiqarish hajmi bilan chambarchas bog‘lashi lozim. Yuqorida qayd qilingan uchta ko‘rsatkichdan u yoki bu holatda samarali foydalanish, ya’ni ularni to‘g‘ri qo‘llash juda muhimdir.


      3. Kelgusi davr uchun kutilayotgan umumishlab chiqarish xarajatlari hajmini taqsimlashning tanlangan bazasi ko‘rsatkichida (soatlar, pul birligida) ifodalangan kutilayotgan ishlab chiqarish hajmiga bo‘lish. Bu jarayonning natijasida umumishlab chiqarish xarajatlarining normativ koeffitsiyenti olinadi.


      Shundan so‘ng, umumishlab chiqarish xarajatlari bu koeffitsiyentni qo‘llagan holda, ya’ni normativ koeffitsiyentni taqsimlash bazasi ko‘rsatkichining amaldagi holatiga ko‘paytirish orqali, har bir mahsulot turiga olib boriladi. Bu summa moddiy xarajatlarga va ishlab chiqarish ishchilari uchun hisoblangan ish haqi xarajatlariga qo‘shiladi. Natijada


      shu tariqa hisoblanishlar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi kelib chiqadi.
      Koeffitsiyentlarni hisoblash uch bosqichda amalga oshiriladi

      1-bosqich


      Umumishlab chiqarish xarajatlari rejasining yillik byudjeti tuziladi


      Xarajatlarning umumiy summasi (miqdori) nazarda tutilayotgan ishlab chiqarish hajmiga qarab aniqlanadi
      2-bosqich

      Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash asosi (bazasi) aniqlanadi


      Bunda quyidagi bazalardan foydalanish mumkin:
      1. ishchilarning ish haqiga nisbatan


      2. sarflangan “kishi-soat” miqdoriga nisbatan


      -“mashina-soat” miqdoriga nisbatan


      1. va sh.o‘



      3-bosqich

      Rejalashtirilayotgan davr uchun aniqlangan umumishlab chiqarish xarajatlari summasi, rejalashtirilgan ishlab chiqarish


      hajmiga bo‘linadi
      Natijada, pul birligida, soatda va boshqa istalgan ko‘rsatkichda aniqlanishi mumkin bo‘lgan umumishlab chiqarish xarajatlarining normativ koeffitsiyenti vujudga keladi
      Ana shu ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini hisoblashda xarajatlarning faqatgina ikkita elementini to‘g‘ridan to‘g‘ri (to‘g‘ri moddiy va to‘g‘ri mehnat xarajatlari) ishlab chiqarish tannarxiga olib borish mumkin, ya’ni ortiqcha hisob-kitoblarni amalga oshirib yurmasdan. Umumishlab chiqarish xarajatlari esa normativ koeffitsiyent asosida hisobdan chiqariladi. Aynan mana shu tartibda ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash buxgalteriya hisobining barcha schyotlari bo‘yicha mahsulot harakatini ifoda etadi.

      1. Yüklə 1,23 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   197




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə