A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


-§. Alternativ xarajatlar



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə36/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

2-§. Alternativ xarajatlar


U yoki bu qarorni qabul qilish paytida ko‘pincha ayni vaziyatdagi imkoni bo‘lgan ko‘p miqdordagi har xil variantlarni tahlil qilish zarur bo‘ladi. Odatda, barcha variantlarni sinchiklab tahlil qilish imkoniga ega bo‘lmaslikdan, ularning bir qismi tashlab yuboriladi va shu bilan ularni amalga oshirishning qulay imkoniyati boy beriladi. Ba’zi bir variantlar rasman tahlil qilinmaydi, ammo har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun asosiy ko‘rsatkich hisoblanadigan – foyda miqdorini muhokama qilishda ular albatta e’tiborga olinadi. Va, umuman, xatti-harakatda faqat bitta variantni tanlash bilan biz cheklangan imkoniyatlarimizning alternativ variantlarini foydalanganimizdagi foydani boy beramiz. Shu sababli, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda alternativ xarajatlar degan qiziq tushuncha paydo bo‘ladi.

Alternativ xarajatlar – bu maksimal darajada foyda olish imkoniyatidan biror-bir maqsadga erishish uchun voz kechilishidir (chizma).
Ishlab chiqarishning alternativ xarajatlari ishlab chiqaruvchilarni o‘z daromadlarini maksimallashtirishga majbur qiluvchi asosiy harakatlantiruvchi omil hisoblanadi. Alternativ xarajatlar rasmiy moliyaviy hisobotlarda ko‘rsatilmaydi, pul oqimiga ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin ular boshqaruv qarorlari qabul qilinish vaqtida albatta hisobga olinadi.
Faraz qilaylik, xo‘jalik yurituvchi subyekt mahsulot ishlab chiqaruvchi texnologik liniyani 300 000 p.b.ga sotib oldi. U shu texnologik liniyani sotib olmay, erkin turgan mablag‘ini bankka 15 foizlik depozitga qo‘yganda u har yili 45 000 p.b.ga teng miqdordagi foydani olib turgan bo‘lar edi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt bu
daromaddan voz kechib, o‘zi mahsulot ishlab chiqarish maqsadida texnologik liniyani sotib oldi. Xuddi mana shu summa boshqaruv qarorlarini qabul qilishda alternativ xarajatlar sifatida hisobga olinadi. Shu o‘rinda qayd etish joizki, rahbarlar va buxgalterlar o‘rtasida xarajat va chiqimlarni hisobga olishda turli xil yondashuvdan foydalanadilar. Misolimizdagi 45 000 p.b. rahbarlar muomala xarajatlari, ya’ni aniq bo‘lmagan muomala xarajatlari deb hisoblashadi. Buxgalterlar esa xuddi mana shu 45 000 p.b. muomala xarajatlari sifatida hisobga olishmaydi, chunki bu summaning biror-bir rasmiy hujjatda harakati tasdiqlanmagan.








Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə