A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


BOB. BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH ASOSLARI



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə33/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

BOB. BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH ASOSLARI


1. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari va modellari. 2. Alternativ xarajatlar.

3. Boshqaruv hisobida relevant va norelevant xarajatlar.


    • a) illustrativ misol


b) test savollari


v) masalalar va muammolar

    Mavzuning maqsadi


Ushbu mavzuda e’tibor "Boshqaruv hisobi" kursining asosiy mavzularidan biri bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari uchun qisqa muddatli samarali qarorlar qabul qilishlarining asosiy yo‘l- yo‘riqlari, tamoyillari, yondashuvlariga qaratilgan.

Boshqaruv hisobi kursining eng muhim vazifalaridan biri - bu xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatini quyidagi uchta asosiy axborot turi bilan uzluksiz tarzda ta’minlashi lozimligidir:


    • Ishlab chiqilayotgan mahsulot (ish, xizmat) tannarxi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan, shuningdek uning asosida baho belgilash va tovar-moddiy zaxirasini baholash maqsadlari uchun;


    • Operativ rejalashtirish va nazorat maqsadlari uchun xarajatlarning o‘zgarishi borasidagi tahliliy ma’lumotlar bilan;


    • Boshqa turli xil xo‘jalik jarayonlari hamda vaziyatlarida boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun maxsus tahlil ma’lumotlari bilan.


Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxini hisoblash usullari, shuningdek tannarxni rejalashtirish va nazorat qilish tartiblari boshqa mavzular doirasida batafsil ko‘rib chiqilgan. Bu mavzu doirasida esa


qisqa muddatli boshqaruv qarorlarini qabul qilish sir-asrorlari, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektni operativ boshqarish uchun rahbarlar tomonidan qaror qabul qilishning iqtisodiy mexanizmlari ko‘rib chiqiladi.
Shu borada boshqaruv borasida muhim hisoblanadigan, shuningdek qiziqarli va foydali tushuncha - "relevant" tushunchasi mohiyati to‘g‘risida ham atroflicha fikr yuritiladi. Boshqaruv jarayoniga doir qarorlar qabul qilishda vujudga keladigan ko‘plab variantlardan eng samaralisini tanlab olishda relevant yondashuvining ahamiyati turli vaziyatli misollar bilan atroflicha yoritilgan. Xususan, maxsus buyurtmani qabul qilish yoki undan voz kechish, butlovchi mahsulotlar va ehtiyot qismlarni sotib olish yoki ularni o‘zlari ishlab chiqarish, cheklangan resurslar sharoitida mahsulot turlarini tanlash, foyda bermaydigan biznes segmentini tugatish, mahsulotlarni sotish yoki ularni qayta ishlashni yanada o‘zlari davom ettirishi, uskunalarni modernizatsiyalash yoki eskisini qoldirishga o‘xshagan odatdagi xo‘jalik vaziyatlari bo‘yicha tezkor boshqaruv qarorlari qabul qilishda relevant yondashuvlardan foydalanish yo‘llari bayon qilinadi.


    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə