A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


-§. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari va modellari



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə34/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

1-§. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari va modellari


Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ko‘pincha san’atga o‘xshash yuqori malaka, amaliy tajriba, rivojlangan sezgirlik (intuitsiya)ni talab etadi. Ko‘plab qarorlar juda noyob bo‘lib, ularni ishlab chiqish jarayoni qat’i bir qoidalar, ma’lum usul hamda aniq izchillik bilan belgilanmagan. Shunga qaramasdan, boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonidagi quyidagi umumiy bosqichlarni (sikllarni) alohida ajratib ko‘rsatish mumkin (chizma).

Ana shu chizmadagi siklning dastlabki bosqichida buxgalter mavjud muammolardan kelib chiqib, rahbariyatga ushbu muammolarni hal qilishga yordam beradigan barcha mumkin bo‘lgan harakat yo‘nalishlarini ko‘rsatib berishi lozim. Muqobil qarorlarning biri aniqlagandan so‘ng boshqaruv hisobi bo‘yicha buxgalter har bir muhokama etilayotgan variant bo‘yicha, umumiy xarajatlar, resurslarning ehtimoliy tejami hamda xo‘jalik jarayonlari natijalarini hisoblagan holda atroflicha ma’lumot tayyorlaydi. Qayd etish joizki, turli qarorlar uchun turli xil axborotlar talab qilinadi.


Barcha axborotlar yig‘ilib va tegishli tarzda taqdim etilgandagina rahbariyat eng yaxshi harakat yo‘lini tanlashi mumkin. Tanlangan qaror hayotga tatbiq qilingandan keyin buxgalter joriy etilgandan keyingi vaziyatni har tomonlama tahlil qilishi hamda rahbariyatga amalga oshirilgan qarorlar tahlili natijalari haqida to‘liq ma’lumot taqdim qilishi kerak.
Chizmada keltirilgan boshqaruv qarori qabul qilish jarayonining barcha bosqichlarida buxgalter rahbariyatni zarur bo‘lgan barcha axborot bilan ta’minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma’lum bir hisob shakli hamda maxsus hisobotlar tizimidan foydalanishi lozimdir. Chunki rahbariyat axborot aniq, ayni vaqtda, muammolarni to‘liq qamrab olgan va yaxshi tushunadigan shaklda taqdim etilishini kutadi. Buxgalter nafaqat kerakli axborotlarni yig‘ish va ularni ishlab chiqishga, balki taqdim etilayotgan hisobotlarning hajmiga ham jiddiy e’tibor berishi zarur.
Marjinal yondashuvdan foydalanish tajribasining asosi hisoblangan o‘zgaruvchan xarajatlar hisobi tizimi, shuningdek, o‘zgarishlar tahlili – buxgalterlar tomonidan boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida keng qo‘llaniladigan ikkita eng qulay umumiy hisobot tayyorlash usulidir. Har bir usul ushbu aniq qaror uchun talab qilingan zarur axborotlar sonini aniqlashga yordam beradi va shuningdek, maxsus hisobot shaklini ko‘rsatib beradi.
Kelgusida boshqa harakatlar qilish yoki chora-tadbirlar ko‘rilishiga zaruriyat qolmaydi


1


Muammoning paydo bo‘lishi (vujudga kelishi)













5




Qaror natijasini
tahlil qilish



2


Muammoni yechish bo‘yicha alternativ variantlarni aniqlash


Muqobil (Alternativ) qarorlarning ko‘pligi zarur bo‘lgan eng qulay qarorni qabul qilish jarayonini qiyinlashtiradi. Ustiga ustak, ko‘p qarorlar keyinchalik butunlay yangicha vaziyatlarda qabul qilinadi, ya’ni ularning yechimiga oldingi tajribalar asosida yondashib bo‘lmaydi. Bunday holatlarda qaror qabul qilish modeli ishlab chiqiladi.




Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə