A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

IV bob
 
Hujayraning tuzilishi va funksiyasi
11- §. Prokariot hujayra
Prokariot hujayralarning xarakterli vakili sifatida bakteriyalarni mi-
sol qilib ko‘rsatish mumkin. Ular hamma joyda: suv, tuproq va ozuqa 
mahsulotlarida yashaydi. Bakteriya hujayralarining tuzilishi 20- rasmda
keltirilgan. Prokariot hujayralarda shakllangan yadro bo‘lmaydi. Ularning 
DNKsi sitoplazmada joylashgan va membrana bilan o‘ralmagan.
Bakteriya hujayralarining kattaligi xilma-xil bo‘lib, 1 dan 10—15 mkm 
gacha boradi. Bakteriyalarning tuzilishiga xos bo‘lgan asosiy xususiyat — 
yadroning bo‘lmasligidir. Ularning irsiy axboroti bitta aylanma shakldagi 
DNK molekulasida bo‘lib, u 
sitoplazmada joylashgan
. Bakteriya DNKlari 
oqsillar bilan birga komplekslar hosil qilmaydi. Shuning uchun xromosoma 
tarkibiga kiruvchi barcha genlar «ishlab turadi», ya’ni ulardan to‘xtovsiz 
irsiy axborot olib turiladi. Bakteriya hujayrasi membrana bilan o‘ralgan 
bo‘lib, u sitoplazmani hujayra devoridan ajratib turadi. Sitoplazmada 
membranalar kam. Unda ribosomalar bo‘lib, oqsil sintezini amalga oshiradi.
Bakteriyalarning hayot faoliyati jarayonlari bilan bog‘liq fermentlar 
sitoplazma bo‘ylab tarqalib ketgan yoki membranalarning ichki tomoniga 
birik tirilgan bo‘ladi.
Ko‘pchilik mikroorganizmlarning hujayrasida zaxira moddalar — poli-


37
HUJAYRA HAQIDAGI TA

LIMOT
II BO‘LIM
Hujayra qobigi, 
Sitoplazmatik membrana
Xromosoma (DNKning halqa 
molekulasi), 
Sitoplazmatik membrananing 
botiqlik hosil qilishi
Vakuola, 
Mezosoma (tashqi membrana 
zaxirasi), 
Fotosintezni amalga oshiruvchi 
membranalar toplami, 
Ribosoma; 
Xivchinlar. 

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə