Academic research in educational sciences


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix28.09.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#124638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
chet-til-oqitish-metodikasida-zamonaviy-metodlar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 525 www.ares.uz 
ishlab chiqilishiga va nazariyaning amalda ijodiy qo‟llanilishiga bog‟liqdir.
Metodikaning predmeti 
– chet til predmeti orqali ta‟lim-tarbiya berish 
jarayoni va usullari, chet til o‟rgatish ilmi, muallim va o‟quvchi faoliyatini o‟rganish 
metodikaning predmeti sanaladi. 
Metodikaning asosiy tushunchalari – metod, usul, prinsip. Didaktika- nimani 
o‟rgatamiz? o‟qitish mazmuni hisoblanadi. Metodika – qanday o‟rgatamiz? ta‟lim 
usullari va metodlari demakdir. Metod – metodika tushunchasi grek-lotincha 
“metodos-“metodus” so‟zidan olingan bo‟lib, ma‟lum maqsadga eltuvchi yo‟llar, 
usul ma‟nosini anglatadi. Turli adabiyotlarda atamaning tor va keng ma‟nosini 
uchratish mumkin. “Metodika” atamasi tor ma‟noda ta‟limning konkret dars 
jarayoni bilan bog‟liq tushunchani anglatadi. Mashg‟ulotlarni rejalashtirish va o‟quv 
materiallarini tayyorlash bilan bog‟liq bo‟lgan ko‟rsatmalarni qamrab oluvchi 
boshqariladigan dars jarayoni sifatida talqin etiladi.“Metod” atamasi keng ma‟noda 
o‟quv materialini tanlash, tabaqalash va taqsimlanishni nazarda tutadi. Germaniya 
Federativ Respublikasida 60-yillardan boshlab “didaktika” va “metodika” tor 
ma‟noda qo‟llanilib kelinmoqda. Shunga ko‟ra didaktika ta‟lim mazmuni nima 
o‟rgatiladi? Metodika esa ta‟lim usullari qanday o‟rgatiladi? Masalalari bilan 
shug‟ullanadi. Chet tillarini o‟rganish faqat aqliy tarbiya vositasi emas, balki o‟zga 
madaniyat ta‟limiy boyliklari va qadriyatlari bilan tanishish va ularni o‟z madaniy 
hayotiga tadbiq qilish orqali kishi shaxsining shakllanish jarayoni hisoblanadi. 
Yevropada chet tillarni o‟rganish uzoq vaqt yuqori darajadagi ta‟lim olishda imtiyoz 
sanaladi va jamoat maktablarida imtiyozga ega bo‟lgan kishilarni tarbiyalash deb 
qaraladi. 
Chet til o‟qitish metodikasi fan sifatida 200 yildan ortiq tarixga ega. Bu davr 
ichida chet til o‟qitish metodikasiga turlicha munosabatlar bildirilganini kuzatish 
mumkin. Bunday qarashlardan biri akademik L.V.Shcherbaga mansub hisoblanadi. 
Uning fikricha, har qanday fanni o‟qitish metodikasi fan bo‟lishiga qaramasdan, 
nazariy fan hisoblanmaydi. U amaliy masalalarni hal qiladi.Jumladan, chet til 
o‟qitish metodikasi ham faqat psixologiya dalillariga tayanmaydi, balki umumiy va 
xususiy tilshunoslik tadqiqotlariga asoslanadi. Agar tilshunoslik til hodisalarining 
kelib chiqishi va harakatlanish qonuniyatlari bilan shug‟ullansa, metodika bu 
qonuniyatlarga asoslanib zarur til hodisasidan amalda foydalanish uchun nima qilish 
kerak degan savolga javob beradi. Metodikaga oid kitoblarning eng qimmatlilari 
ham tilshunoslar tomonidan yozilgan. Bular jumladan XIX asr fonetistlaridan biri va 
buyuk ingliz tilshunosi G.Suit, XIX asr oxiri va XX asr boshida Angliyada eng 
original fonetist va nazariyotchi tilshunos hisoblangan O.Yesperson, XIX asrning 



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə