Academic research in educational sciences


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix28.09.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#124638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
chet-til-oqitish-metodikasida-zamonaviy-metodlar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 526 www.ares.uz 
oxiri va XX asr boshlarida eng ko‟zga ko‟ringan fransuz lingvistlaridan F.Bryuns 
va Brealya, ko‟zga ko‟ringan anglist va taniqli fonetist V.Fiyotor va boshqalar 
kiradi. Rossiyada til o‟qitish metodikasi masalasi bilan akademik L.V.Shcherba va 
uning ustozi buyuk tilshunos olim I.A.Boduen-de-Kurtone va ularning shogirdlari 
shug‟ullanganlar. Chet til o‟qitish metodikasiga psixologlar o‟zgacha munosabatda 
bo‟ldilar. Metodika va psixologiya fanlarning o‟zaro munosabatlari haqida 
professor V.A.Artemov qimmatli fikr bildirgan. Uning fikricha, psixologiya 
metodika uchun material beradi. Metodika o‟qituvchining qanday dars o‟tishini 
o‟rganadi. Psixologiya esa, o‟quvchilarning bu predmetni qanday o‟zlashtirib 
olayotganliklari bilan shug‟ullanadi. Lekin, bu fikrga to‟la qo‟shilib bo‟lmaydi. 
Chunki o‟qituvchi dars berish jarayonida, o‟quvchi esa o‟zlashtirish davrida ma‟lum 
ruhiy jarayon va holatlarni boshdan kechiradilar, ular xohlaydilarmi, yo‟qmi 
psixologiyaning qonunlariga ro‟baro bo‟ladilar va ta‟sirlanadilar. 
Metodika tarixga oid adabiyotlarni chuqurroq o‟rganish shuni ko‟rsatadiki, 
ayrim tadqiqotchilar metodikani 
san’at
deydilar. Ular odatda fransuz metodisti 
Penlash fikriga ishora qiladilar, ya‟ni “yaxshi” yoki “yomon” metod yo‟q “yaxshi” 
yoki “yomon” o‟qituvchilar bor. Bunday fikrdagi kishilarga nemis metodisti 
E.Ottoning 1924-yilda bayon qilingan fikrlari bilan javob berishi mumkin. U 
jumladan shunday deydi: “Agar kimki metodikani san‟at deb hisoblar ekan, u fan 
nazariyasini uning amalda qo‟llanishi bilan qorishtirib yuboradi”. 
Har bir fanda o‟z tushunchalar yig‟indisi mavjud. Chet til o‟qitish 
metodikasida qabul qilingan asosiy tushunchalar qatoriga quyidagilarni kiritish 
mumkin: ta‟lim sistemasi, ta‟lim metodi, ta‟lim prinsipi, ta‟lim vositasi, metodik 
usul. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə