Academic research in educational sciences



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix28.09.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#124638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
chet-til-oqitish-metodikasida-zamonaviy-metodlar

Chet til o’qitish metodi 
– deyilganda chet til o‟rgatishning amaliy, 
umumta‟limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga erishuvni ta‟minlovchi 
muallim va o‟quvchi faoliyatining majmuasi tushuniladi. Metod atamasi “ta‟lim 
usullari yig‟indisi” va “ta‟limning yo‟nalishi” ma‟nolarida qo‟llanadi. Birinchisi 
ta‟lim nazariyasida jarayon metodlar ma`nosida ishlatilsa,ikkinchi ma‟noda uni 
o‟qitish metodikasi tarixiga oid asarlarda uchratishimiz mumkin. Masalan, chet til 
o‟qitishning tarjima metodi, tog‟ri metod, ongli- qiyosiy metod, an‟anaviy metod, 
intensiv metod va boshqalar hisoblanadi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Tabiat va jamiyat hodisalari o‟zaro bog‟langan va uzluksiz aloqada 
rivojlanadi. Fanlar obyektiv voqelikning inikosi ekanligi uchun ularning hech biri 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 527 www.ares.uz 
boshqalaridan ajralgan holda mavjud emas. Hodisa va predmet ayni zamonda bir 
talay fanlarning tadqiqot manbai bo‟la oladi, misol uchun, “til” ijtimoiy hodisasini 
o‟z nuqtai nazaridan tilshunoslik (lingvistika), ruxshunoslik (psixologiya), 
ta‟limshunoslik (didaktika) o‟rganadi. “Chet til metodikasi” atamasi kishi ongida 
quyidagicha ya‟ni 
assotsatsiya 
“bog‟lanish” uyg‟otadi: avvalambor, tilni o‟rgatishga 
qaratilgan metod va metodik usullar yig‟indisi tushuniladi yoki o‟qitish metodlari 
haqidagi ilmiy bilimlar va nihoyat, mustaqil pedagogik fan ko‟z oldimizga keladi. 
Chet til o‟qitish metodikasi didaktika bilan uyg‟un, o‟zaro bog‟langan holda 
rivojlanib kelgan. Barcha o‟quv fanlarining o‟qitish nazariyalari didaktika faniga 
asoslanishi, undan ilmiy ozuqa olishi shubhasiz barchamizga ma‟lum. Chet til 
o‟qitish ham didaktikaga asoslanadi. Didaktika ta‟limining umumiy nazariyasi
metodika muayyan o‟quv predmetini o‟qitish ilmi, lingvodidaktika tillarni o‟qitish 
umumiy nazariyasi, lingvometodika aniq bir tilni o‟qitish ilmi sifatida qaraladi. 
“Metod” atamasi bilim, malaka, ko‟nikmani egallash, o‟quvchilarda dunyoqarashni 
shakllantirish va bilish imkoniyatlarini yaratish yo‟lidagi o‟qituvchi-pedagog va 
talabaning ish usuli ma‟nolarini bildiradi. Ushbu tushuncha son –sanoqsiz ta‟riflarga 
ega. Chet tillar o‟qitilishida metodlarni tatbiq etish uzoq davrlardan boshlangan, 
prinsiplar esa nisbatan yangiroq metodik atamalardir. Tarixan metodlar to‟rt guruhga 
birlashtirilib, ularning nomlariga “tarjima”, “tog‟ri”, “qiyosiy”, “aralash” deb atash 
qabul qilingan. 
Metodlar tarixi atoqli metodist prof. I.V.Raxmanov tomonidan chuqur 
o‟rganilgan. Tarjima metodi asosan ikki ko‟rinishda bo‟lib, grammatika-tarjima va 
matn-tarjima metodlari nomi bilan yuritiladi. Grammatika-tarjima metodi nuqtayi 
nazaridan chet til umumta‟limiy maqsadda o‟rganilgan. Grammatik mashqlar til 
o‟rganuvchining mantiqiy tafakkurini o‟stirish maqsadida bajarilgan. Grammatik 
bilimlarni bayon etish ta`limning asosiy maqsadi deb qabul qilingan. Bu metodning 
asosiy prinsiplari quyidagilar: 
1.
Til o‟rganish yozma nutqqa asoslangan. 
2.
O‟rganish predmeti qilib grammatika olingan, leksika ham unga tobe ravishda 
tanlangan. Grammatik mashqlar bajarish asosiy ish usuli bo‟lgan. 
3.
Oldin, grammatik qoida yod olingan, so‟ng esa qoidalar asosida gaplar tuzish 
tavsiya qilingan. 
4.
Grammatik shakl va so‟zlarning ma‟nosi so‟zma-so‟z tarjima vositasida 
ochib berilgan. 
5.
So‟zma-so‟z tarjima va quruq yodlash yo‟li bilan til materiali o‟zlashtirilgan. 
6.
So‟zlarni kontekstdan tashqarida, yakka yodlash bilan chegaralanilgan. 



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə