Academic research in educational sciences


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix28.09.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#124638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
chet-til-oqitish-metodikasida-zamonaviy-metodlar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 528 www.ares.uz 
Tarjimasiz metod
. Mazkur metodning turli ko‟rinishlari tarixan ma‟lum. 
Ularni ikki yirik guruhga ajratish mumkin: tabiiy va tog‟ri metodlar. Tabiiy metodda 
chet tilni o‟rganish ona tilini egallash sharoitiga monand bo‟lishi kerak. Metodning 
bosh maqsadi chet tilida gapirishni o‟rganish orqali o‟qish va yozishni o‟rganib 
olishga imkoniyat yaratiladi, degan g‟oya amaliy maqsad tarzida shakllangan. Tabiiy 
metod tarkibiga kiritilgan prinsiplardan eng muhimi- til muhitini yaratishdir. Olg‟a 
surilgan metodik prinsiplarni amalda qo‟llash bobida turli yondashuvlar paydo 
bo‟lgan. Metod namoyondalarining ijodiy faoliyatida buni yaqqol sezish mumkin. 
Chet til ta‟limidan ko‟zlangan maqsadning yangicha talqinida, asosan, 
pragmatik tilshunoslik tadqiqotlari natijalariga tayanildi.Tilshunoslikning bu sohasi 
tilni tilga oid shakl tizimi emas, balki inson faoliyati sohasi deb talqin qiladi. Chet 
til ta‟lim sohasida 70-yillarning boshidan beri to‟plana boshlangan yangi xulosalar 
majmui ta‟lim maqsadini belgilash sohasida qizg‟in munozaralariga olib keldi. 
Chet til ta‟limining asosiy yo‟nalishlarini belgilovchi maqsadi o‟quvchilarga 
“muomala qilishni o‟rgatish”, “Befaeigung zur Kommunikatsion” (kommunikative 
Kompetenz) bo‟lgan yangi o‟quv rejalari qabul qilindi. 70-yillarda “kommunikativ 
metod” bir qator urinishlardan so‟ng bir necha bosqichda o‟z isbotini topdi. 
Shunday asnoda metodika fani rivojlanib bordi. Hech qaysi chet tilni biz uning 
metodikasini chuqur o‟rganmasdan egallay olmaymiz. Chet til o‟qitish metodikasida 
“kommunikativ didaktika” metodi ham ahamiyatga molik sanaladi. 
Kommunikativ 
didaktika quyidagilarni o’zida mujassamlashtiradi

-
Ochiq va moslashuvchan dars konsepsiyasi; 
-
mavzu va mazmun muhim
-
darsdagi asosiy ish shakli: suhbatlashish va guruh bo‟lib ishlash; 
-
o‟quvchilarni faollashtirish va tildan ijodiy va erkin foydalanishga 
e‟tibor katta bo‟lishi zarur; 
-
Tushunishdan fikrni izhor qilishga prinsipi asosida mashqqa kuchli 
e‟tibor berish; 
-
Ma‟noni ochishda, harakat ko‟lamini belgilashda va mashqni tashkil 
qilishda vizualizatsiya (ko‟rish tayanchi) muhim ro‟l o‟ynaydi; 
-
Kundalik nutqiy muloqotni hayotiy vaziyatda o‟rganish (dialogni mashq 
qilish); 
-
Tildan og‟zaki foydalanish va shu bilan birga asliy matnlarni tushunish 
muhim hisoblanadi. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə