Academic research in educational sciences


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix28.09.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#124638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
chet-til-oqitish-metodikasida-zamonaviy-metodlar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 524 www.ares.uz 
qatnashchilarining tasnifi, ularning yangilikka bo‟lgan munosabati va boshqalarni 
o‟rgangan. Ilmiy yo‟nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari o‟zaro 
farqalanadi. “Yangilik”- bu vosita, yangi metod, metodika, texnologiya ma‟nosini 
anglatadi. “Innovatsiya”- bu ta‟lim, ma‟lum bosqichlari bo‟yicha rivojlanadigan 
jarayon hisoblanadi. Jahon ilm-fan taraqqiyoti kundan kunga gurkirab, rivojlananib 
bormoqda. Aynan bu ijobiy rivojlanish bizning diyorimizga ham o‟z ta‟sirini 
o‟tkazdi. Ilm dunyomizga ilg‟or innovatsion texnologiyalar tatbiq etilmoqda. Buning 
ijrosi sifatida, Yurtboshimiz tomonidan joriy yilni “Yoshlarni qo‟llab-quvvatlash va 
aholi salomatligi yili” deb nomlashi ham mamlakatimiz yoshlarinining ma‟suliyatini 
yanada oshirdi. Ta‟lim sohalariga ilg‟or, zamonaviy innovatsion texnologiyalarning 
keng tatbiq etilishi ham chet til o‟rganayotgan yoshlar uchun keng imkoniyatlar, 
marralar eshigini ochdi, desak xato bo‟lmaydi. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Til o‟rganish kishilik jamiyatida bag‟oyat muhim sohalardan biri hisoblanadi. 
Muloqot vositasi bo‟lmish tilni tabiiy muhitda ya‟ni oilada, jamoatchilik orasida 
yoki uyushgan holda amaliy egallash mumkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa 
nazariy jihatdan o‟rgatiladi. Xalqaro munosabatlar avj olgan zamonamizda tillarni 
bilish, ayniqsa ko‟p tillilik ulkan ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda tahsil 
oladigan o‟quvchi va talabalar odatda uch tilni o‟rganadilar. Ushbu tillar maxsus 
nomlar bilan yuritiladi. Bular quyidagilar: ona tili, ikkinchi til, va chet til. Ona tili 
tafakkur shakllanishida alohida xizmat o‟taydigan birinchi til hisoblanadi. Ikkinchi 
til haqida so‟z yuritilganda, unga boshqa millat vakillaridan iborat qardoshlar
qo‟shnilar tili sifatida qaraladi. 
Chet til 
– bu xorijiy mamlakat tilidir. Respublikamizda G‟arbiy Yevropa 
(ingliz, ispan, nemis, faransuz) tillari va Sharq (arab, turk, fors, xitoy, hind) tillari 
o‟qitilib kelinmoqda. Bu tillar ta‟lim muassalarining o‟quv rejalaridan o‟rin olgan. 
Uchala tilni o‟qitish jarayoni turlicha kechadi. Ona tili va ikkinchi til tabiiy 
vaziyatda, chet til esa sun‟iy muhitda o‟rganiladi. Chet tildagi muloqot, asosan, 
darsda muallim rahbarligida kechadi. Uchala til orasida chet tilni o‟rganish va 
o‟rgatish muayyan jihatlari bilan keskin farq qiladi. Bu esa, o‟z navbatida, tegishli 
chet til o‟qitish texnologiyasini qo‟llashni taqozo etadi. Chet til muallimi metodika 
fani yutuqlarini puxta o‟zlashtirish orqali o‟quvchi-talabaning to‟plagan til tajribasi 
me‟yorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtrishga erishadi. Chet tillarni 
samarali o‟rgatish uning metodikasini bilishni taqozo etadi. Chet tillarni o‟rganish 
va o‟rgatish ko‟p jihatdan chet til o‟qitsih metodikasi masalalarini nazariy tomondan 



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə