Academic research in educational sciences



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix28.09.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#124638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
chet-til-oqitish-metodikasida-zamonaviy-metodlar

Kommunikativ didaktika 
tinglab tushunish materiali sifatida tabiiy nutqiy 
vaziyatdan foydalanishni birinchi o‟ringa qo‟ydi, ya‟ni, transportdagi, vokzaldagi 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 529 www.ares.uz 
e‟lonlar, radio va televideniyedagi reklamalar, telefondagi suhbatlar va shu kabilarni 
misol keltirishiiz mumkin. Axborotni tinglab tushunish qabul qilish bo‟yicha 
qo‟yilgan maqsadlar o‟zgardi. Tinglaganini hikoya qilish va nazorat qilish ham 
boshqacha tus oldi. Mazkur metod maqsaddan kelib chiqqan holda tinglovchiga 
tinlab tushunishning quyidagi turlarini ajratib berdi: 

Keng ma‟noda matnning ba‟zi bir detallariga ahamiyat bermay, uning 
asosiy mazmunini tushunish; 

Aniq informatsiya muhim bo‟lganda, masalan, ma‟lum bir joy uchun ob- 
havoning zarurligi, poyezdning kelishi-ketishi tog‟risidagi e‟lon va boshqalar shu 
metod jumlasidandir.
Aynan bu bilimlarni ongimizda saqlab qolishimiz, kommunikativ 
didaktikaga oid ma‟lumotlarni o‟rganishimiz, “kommunikatsiya” tushunchasidan 
kelib chiqqan holda, “madaniyatlararo muloqot” terminiga o‟zaro mazmuniy 
jihatdan bog‟lanadi. 
Chet til o‟qitish metodikasida hozirda madaniyatalararo muloqot iborasi keng 
qo‟llanib kelmoqda. Aynan bu tushunchani biz turli xildagi kontekstlarda 
qo‟llashimiz mumkin. Aslida esa: 
Madaniyatlararo muloqot 
– 
turli madaniyat 
vakillarining ijtimoiy kelib chiqishi, mentaliteti, milliy xarakteri, hayot tarzi, urf-
odatlari, qadriyatlari sistemasi va boshqalar tog‟risidagi muloqoti-ma‟lumotidir. 
Mazkur jarayonda o‟quvchi-talabalarni o‟rganilayotgan mamlakat madaniyatiga 
nisbatan hurmat, sabr-toqat qilish va o‟zga mamlakat madaniyatini tog‟ri tushunish 
ruhida tarbiyalab, rivojlantirib borish lozim. 
Har bir chet tili darsi madaniyat chorrahasi, madaniyatlararo muloqot 
amaliyoti hisoblanadi. Chunki mazkur jarayondagi har bir chet tilidagi so‟z chet el 
hayotini va madaniyatini o‟zida aks ettiradi. O‟qituvchilar oldidagi vazifa o‟quvchi 
va talabalarning kommunikativlik, muloqotga kirisha olish qobilyatini o‟stirishdan 
iborat. Buning uchun kishilarni samarali muloqot qilishiga o‟rgatuvchi o‟quv 
qo‟llanmalar va chet tildagi to‟rtta nutq faoliyatini rivojlantirishga yo‟naltirilgan 
ta‟limning yangi metodlarini o‟zlashtirish zarurdir. 
Madaniyatlararo muloqot formulasi sabrlilik, bag‟rikenglik hisoblanadi. 
Madaniyatlararo muloqotda ijtimoiy-madaniy xatolarga yo‟l qo‟ymaslik talab 
etiladi. Masalan, nemis xalqida, “Tee oder Kaffee?” ya‟ni “choymi yoki kofemi” 
degan savolga ona tilimizda,- “ Tee”, “choy”- deb javob beramiz, lekin nemis tilida 
esa bunday javob tog‟ri kelmaydi. Nemis tilida, “Bitte, Tee” ya‟ni, “Marhamat, 
choy” deb javob beriladi. So‟z kishilarni muloqot orqali bir-biriga bog‟laydi. Yangi 
materialni bir vaqtning o‟zida barcha nutq faoliyati turlarida qo‟llash natijasida 



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə