Adabiy turlar va janrlar. Epik tur. Lirik tur. Dramatik tur


Qilmadi rahmi mango, xud o‘zgaga



Yüklə 77,71 Kb.
səhifə8/12
tarix04.05.2023
ölçüsü77,71 Kb.
#108423
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
3-mavzu.

Qilmadi rahmi mango, xud o‘zgaga
Bilmadimkim, qildimu yo qilmadi.
Ogahiyning tuyug‘idagi qofiya shaklan bir xil, mazmunan uch ma’noga ega bo‘lgan “yo qilmadi” so‘zi asosiga qurilgan, birinchi misrada-qomatni egmadi, g‘am yukida qomatim bukilmadi ma’nosida, ikkinchi misrada - ohim o‘tidan falak yonmadi ma’nosida, to‘rtinchi misrada – qilmadi ma’nosida qo‘llanilgan.
G‘azal (arabcha so‘z, ma’nosi “Ayollarga sevgi va munosabat izhor qilish”) asosan ishq – muhabbatni kuylovchi, muhabbat kabi judayam qadimiy, doimo yangi bo‘lgan lirik she’rdir. G‘azal mavlono Fuzuliy ta’biricha, “Shoir qudratini bildiruvchi, hunarning guli- gulistoni”dir, Mavlono Vohid Abdulla nazdida “Qalb qonidan ochilgan lola”dir.
G‘azal aruzda ikki misrali bayt usulida yoziladi. Uning birinchi bayti “matla’” (“boshlanma”) deb yuritiladi va undagi ikki misra qofiyadosh (a,a) bo‘ladi. Keyingi baytlarning ikkinchi misralari matla’ga qofiyadosh (ba, va, ga, da ... va h.) bo‘ladilar. G‘azalning oxirgi-xulosaviy bayti “maqta’” (“tugallanma”) deb yuritiladi va unda g‘azal muallifining ismi yoxud taxallusi (“qutilish, xalos bo‘lish”) qo‘llaniladi. G‘azalda, ko‘pincha, qofiyadan so‘ng radif keladi.
G‘azal 3 baytdan 19 baytgacha bo‘lishi mumkin. Uning mumtoz shakli 7 baytdir. Jumladan, Alisher Navoiyning “Xazoinul maoniy” devonidagi 3244 asardan 2600 tasi g‘azal bo‘lib, ularning 1774 tasi 7 baytlidir. Ushbu ta’kiddan ko‘rinadiki, g‘azal mumtoz adabiyotimizda janrlarning sardori bo‘lib kelgan. Qofiyalanish tartibiga ko‘ra g‘azal: 1) oddiy (a-a, b-a, v-a, g-a...), 2) husni matla’ (a-a, a-a, b-a, v-a, g-a...), 3) zulqofiyatayn (a-a, b-b, v-v, g-g...), 4) zebqofiyatayn (a-a, a-a, a-a, a-a...)ga, g‘azal-mushoira, g‘azal-chiston, g‘azal-nazira, g‘azal-muvashshah, g‘azal-musajja’, g‘azal-qit’a ko‘rinishlariga ega bo‘lgan.
Marsiya(arabcha so‘z, ma’nosi “Biror shaxsning vafoti munosabati bilan uning xotirasiga bag‘ishlab yozilgan motam she’ri”) biror mashhur kishi vafoti munosabati bilan og‘ir yo‘qotishni, g‘am-alamni, hasratu iztirobni kuylovchi asardir. U xalq og‘zaki ijodida “yig‘i” deb yuritilgan va unda o‘limdan, bevafo dunyodan shikoyat qilingan. Bugungi marsiyalarda esa vafot qilgan buyuk shaxsning e’zozli ishlari ulug‘lanadi, xalqning yo‘qotishdan topgan alamli iztirobi kuylanadi; marhumning bajarishga ulgurmagan ishlarini davom ettirishga chorlaydi. Birgina jumla bilan aytganda, odamiylik o‘lmasligini, uni boyitish har bir insonning vazifasi ekanligini – pafos darajasiga ko‘taradi.
Zulfiyaning “Sog‘inganda”, “Bahor keldi, seni so‘roqlab”, Abdulla Oripovning “Onajon”, “Alvido, ustoz”, “Sorlochin uchdi”, Dushan Fayziying “Umr suvday oqar”, Vohid Abdulloning “Yuzidan nur tomardi”, Farruh Hamroyevning “Nuriddin Shukur marsiyasi”, Nodir Jonuzoqning “Ustoz”, Sa’dulla Hakimning “Yolg‘on-shoir o‘limi” marsiyalari yuqoridagi fikrlarimizning isboti bo‘la oladi.
Kim unutar, Muhammad?


Oy porlar o‘sha-o‘sha,
Yulduzlar qo‘sha-qo‘sha,
Nur yog‘ilgan tinch go‘sha,
Tonglar otar Muhammad.


Er ulug‘lar elini,
Yolg‘on-shoir o‘limi.
Muhammadning yo‘lini
Yana tutar Muhammad.
Ashula (yakka xonanda, guruh yoki xor ijro etadigan vokal asar; qo‘shiq) to‘rt misradan iborat band tuzilishigi ega bo‘lib, unda parallelizm keng qo‘llaniladi, ya’ni to‘rtlikning birinchi ikki misrasi ramziy obrazlar asosiga qurilsa, keyingi ikki misrada asosiy maqsad ifodalanadi. Birinchi ikki misra asosiy maqsad ifodalangan keyingi ikki misrani isbotlashga, aynan shunday bo‘lishiga shubha qoldirmaslikka xizmat qiladi:
Qaldirg‘och qora bo‘lur;
Qanoti alo bo‘lur.
Yoshlikda bergan ko‘ngil
Ayrilmas balo bo‘lur...


Boshimdagi ro‘molim
Gul shoxiga ilindi.
Bevafo yorga qarab
Yurak bag‘rim tilindi.

Yüklə 77,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə