Adabiy turlar va janrlar. Epik tur. Lirik tur. Dramatik tur



Yüklə 77,71 Kb.
səhifə10/12
tarix04.05.2023
ölçüsü77,71 Kb.
#108423
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
3-mavzu.

Tarji’band (arabcha so‘z, ma’nosi: banddagi takror) “asosan bir baytning har band oxirida aynan takrorlanib (tarji’) kelishi bilan xarakterlanuvchi she’r bo‘lganligi uchun shu takrorlanuvchi bayt “vosita bayt”, “bosh bayt”, “vosila bayt” deb yuritiladi va masnaviy shaklida (aa,bb,vv) qofiyalanadi. Chunki bandlardagi boshlang‘ich baytning qofiyasi aa-dir, navbatdagi baytlarda esa g‘azallardagi qofiyalanish usuliga o‘xshab faqat ikkinchi misralar qofiyalanadi va ular oxirgi bosh baytgacha shu holda davom etadi. Har band oxirida, muayyan tarzda takrorlanib turuvchi baytda shoir aytmoqchi bo‘lgan g‘oyaviy muddao, asosiy fikr ta’kidlanadi va o‘quvchi diqqati doim shu baytdagi xulosaga qaratib boriladi” (R.Orzibekov, O‘zbek she’riyati janrlari, S., 1998, 112-bet).
“Badoye’ ul-vasat” (A.Navoiy)dagi tarji’bandning har (jami 7 band) bandi 8 baytdan iborat bo‘lib, har band oxirgi:
Yodingni qilay harifi majlis
Fikringni etay ko‘ngilga munis
bayti takrorlanadi. Tarji’bandning oxirgi bandidagi tarji’bayt (vosita bayt)dan oldin shoirning taxallusi ham ba’zida ko‘rsatiladi, ba’zida ko‘rsatilmaydi. Aytilganlarni to‘liq anglash uchun, ushbu tarji’bandning birinchi va so‘nggi bandlarini qayd etamiz. Uning birinchi bandi:
Tarkibband(arabcha so‘z, ma’nosi: bandni biriktirish) qofiyalanishi va kompozision tuzilishi jihatidan tarji’bandga o‘xshaydi. Faqatgina tarkibbandda aynan takrorlanuvchi bayt bo‘lmaydi, balki har bir band oxirida yangi va mustaqil qofiyaga ega bo‘lgan vosila bayt ishlatiladi, u go‘yo har bandga xulosa yasaydi.
Alisher Navoiy yaratgan birgina tarkibbandning ikki (jami 7 band, har bandi 8 bayt) bandini keltirsak, mulohazalarimiz isbot topadi:
Dramatik turda hayot va insonlar o‘rtasidagi munosabatlar ifodasi tomoshabin ko‘z o‘ngida, muayyan sahna vaqti ichida harakatda sodir bo‘ladi, shu sabab unda so‘z va sahna san’ati birlashadi, birbutunlik kasb etadi.
Faqat harakat jarayonidagi g‘oyalar kurashi aniq, yorqin, keskin, tomoshabinni larzaga soladigan tarzda ifodalanadi; bu o‘z navbatida hayot qa’ridagi va inson ruhiyatidagi dramatik ziddiyatdan kelib chiqadi. Bu ziddiyatning turli-tuman xarakteri, ya’ni dramatizmga to‘liq voqea-hodisalar va xarakterlarning ko‘p qirraligi ko‘plab dramatik janrlar(ularning hammasini “pyesa”- “birbutun”, “ulush”deb yuritish odati ham hayot)ning tug‘ilishiga sabab bo‘lgan. Ular quyidagilar: tragediya, komediya, drama, tragikomediya, melodrama, insenirovka, intermediya, monodrama va sh.k.

Yüklə 77,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə