Adabiy turlar va janrlar. Epik tur. Lirik tur. Dramatik tur



Yüklə 77,71 Kb.
səhifə6/12
tarix04.05.2023
ölçüsü77,71 Kb.
#108423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3-mavzu.

Felyeton (it.feuilleton - varaqa) ko‘pincha hayotda haqiqatdan mavjud bo‘lgan illatlarni, shu illatlarni o‘zida tashuvchi aniq kishilarning qusurlarini tadqiq etuvchi, uning ijtimoiy mohiyatini yorqin fosh etuvchi satirik janrdir.
Darvoqye, D.Zaslavskiy aytgan gap (Sovetskiy pechat, 1959, №10, str.24) judayam asoslidir: “Felyetonning faktik jihati g‘oyat aniq bo‘lishi lozim. Faktni to‘qishingiz ham, unga har narsa to‘qib qo‘shishishngiz ham mumkin emas. Felyetonning adabiy jihati esa, felyetonchining ishidir, uning mahorati, badiiy didi, g‘oyaviy saviyasiga bog‘liqdir”.
Ushbu mulohazadan ko‘rinadiki, hayotdagi har qanday ikir-chikirlar, yengil-yelpi voqealar emas, balki ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan, rivojlanishga to‘siq bo‘layotgan konkret (manzilli) kamchilik va illatlarning ildizi, sabablari, mohiyati chuqur tadqiq va tahlil qilinadi; shundan so‘ng “pishgan” material adabiy jihatdan ishlanadi: mazmunga mos shakl ixtiro etiladi; qiyoslash yoki tadrijiy ketma-ket bayon qilish, tipiklashtirish, badiiy to‘qima bilan boyitish va hokazo usullar ishga tushadi. Alal oqibatda hujjatli yoki adabiy felyetonning yuragi bo‘lgan satirik obraz butun bo‘yi - basti, to‘laqonli xarakteri bilan namoyon bo‘ladi. A.Qahhorning “Ig‘vogar”, “Quyushqon”, “Pora”, Said Ahmadning “Kolbasa qori”, X.To‘xtaboyevning “Muzeydagi besh surat”, “Gipnoz” asarlari shu qabildadirlar.
Xotira (arabcha so‘z, ma’nosi: “1) xotir, 2) Biror kimsa yoki narsa haqida yodda, esda saqlangan taassurot, 3) ism”) ham hujjatli janr. U ko‘rgan kechirganlarni shunchaki aytib (yozib) berishdan iborat emas, balki u muhim bir voqeaning yaxlit va ta’sirchan tasviridan iborat bo‘lishi lozim. Ko‘pincha, xotirada muayyan san’atkorning hayoti va ijodiga oid yodnomalar naql qilinadi, bu naql fakt-dalillarga suyanadi, chuqur tahlil va tadqiqni talab etadi. Jumladan, Habibulla Qodiriyning “Otam haqida”, Olmosning “Ta’zim”, Said Ahmadning “Yo‘qotganlarim va topganlarim”, Zarifa Saidnosirovaning “Oybegim mening”, Kibriyo Qahhorovaning “Chorak asr hamnafas”, Shukrulloning “Javohirlar sandig‘i” kabi yodnomalari Abdulla Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhor kabi san’atkorlarning ijodiy va insoniy qiyofalarini to‘liqroq, teranroq anglashimizga yetaklaydi, ularni hayajonlantirgan qahramonlarni asosliroq tushunishga, ijodiy laboratoriyalariga, mashhur asarlarining yaratilish jarayoniga ko‘proq kirib borishga, ijodiy tajribalaridan saboqlar va ibratli xulosalar chiqarishga imkoniyat tug‘diradi.
“Sen elimning yuragida yashaysan”, “Abdulla Qahhor zamondoshlari xotirasida”, “Oybek zamondoshlari xotirasida”, “Mirtemir zamondoshlari xotirasida”, “Ustozlar davrasida” (Nosir Fozilov) kabi o‘nlab to‘plamlarning vujudga kelishi – san’atkorlar haqidagi qimmatbaho tarixiy hujjatlardir, qalb so‘zlaridir, baholaridir. Ularning barchasi muayyan san’atkor qiyofasini tasavvurda jonlantirishda mutaxassislar va ixlosmandlar uchun bebahodir.

Yüklə 77,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə