Adabiy turlar va janrlar. Epik tur. Lirik tur. Dramatik tur



Yüklə 77,71 Kb.
səhifə12/12
tarix04.05.2023
ölçüsü77,71 Kb.
#108423
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
3-mavzu.

Insenirovka(lat.inscaena-sahnalashtirish) pyesa shaklida yozilgan badiiy asarni (muallif yoki boshqa ijodkor tomonidan, yoki hamkorlikda yaratilgan) sahnada qo‘yishga moslab qayta ishlashdir. Jumladan, XX asr oxirlarida Oybekning “Qutlug‘ qon”, “Navoiy”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” kabi romanlari teleinsenirovka qilingan bo‘lsa, Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani bir necha bor turli mualliflar tomonidan kinoinsenirovka qilindi. Adabiy asar insenirovka qilinganda uning syujetiga o‘zgartirishlar, ayrim qo‘shimcha motivlar kiritilishi ham mumkin.
Intermediya(lat.intermedius-ikki narsa oralig‘ida) pyesa va operalarning pardalari oralig‘ida tomoshabinni zeriktirmaslik maqsadida ularni kuldirish uchun hayotdagi ayrim nuqson va kamchiliklarni siqiq tarzda hajv(fars) qilishdir.
Bugungi adabiy jarayonga kelib, intermeiyalar o‘z mazmunlarini saqlagan holda, pyesa va operalardan ajralib chiqdilar va “Miniatyura teatri”ni, “Tabassum ustaxonasida” degan radio eshittiruvini tashkil qildilar.
Libretto(ital.libretto-kitobcha) – opera, operetta, musiqali drama, oratoriya, kantatalar uchun yozilgan badiiy asar matnidir. Uning syujeti ba’zan she’r, ba’zan nasr bilan yoziladi. Librettoning matni musiqa bilan uzviy bog‘langandagina (so‘z san’atkori va kompozitor mehnati uyg‘unlashganda) to‘liq ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. Libretto dramaturgiya qonun qoidalariga amal qilib yozilsa-da, uning syujeti ko‘proq ariya va ansambllarning ta’sirchanlik xislatlari bilan bog‘lanadi. “Bo‘ron”, “Maysaraning ishi”, “Zaynab va Omon” kabi operalarning librettolari aytilagn mulohazalarga asosdir.
Savol va topshiriqlar:
1. Epik turning janrlari haqida mulohaza yuriting.
2. O‘zingiz o‘qigan bitta asar cujetini so‘zlab bering
3. She’riy tizimlar nima?
4. O‘zingiz yod olgan bitta she’rni ifodali qilib o‘qing.
5. Dramatik turning asosiy janrlarini aytib bering
6. Libretto janri haqida fikr bildiring.
7. O‘zingiz bitta intermediya yozing.



11 “Алпомиш”- Ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси, Т., “Фан”, 1999, 133-бет (бундан кейинги иsтибосларда саҳифаларнигина кўрсатамиз).

11 Қаранг: Адабий тур ва жанрлар, Т., “Фан”, 1991, I том, 18- бет.

22 Қаранг: Шу асар, 19- бет.

11 А.Каттабеков. Тарих сабоқлари, Т., Адабиёт ва санъат нашриёти, 1986, 280- бет.

11 У.Норматов. Жанр имкониятлари, Т., Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1970, 14-17 –бетлар.

11 Абдулла Қодирий. Кичик асарлар. Т., Ғафур Ғулом номидаги Бадиий адабиёт нашриёти, 1969, 201-202 –бетлар.

11 Очил Тоғаев. Публицистика жанрлари, Т., “Ўқитувчи”, 1976, 62-бет.

11 Н.Ҳотамов, Б.Саримсоқов. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати, Т., “Ўқитувчи”, 1979, 188-бет.

Yüklə 77,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə