Adabiyot 8 (1-qism) new indd



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

XALQ OG‘ZAKI IJODI 
«KUNTUG‘MISH» DOSTONI
Xalq dostonlari har bir millatning ma’naviy qiyofasi, uning 
tarixi, qadriyatlarini mukammal aks ettiruvchi bamisoli oynadir. 
Ularda har bir xalqning urf-odatlari, milliy o‘ziga xosligi yaqqol 
ko‘rinib turadi. Dostonchilik xalq og‘zaki ijodida qadimiy epik 
an’ana hisoblanadi. Dostonlar asosan do‘mbira jo‘rligida ayti-
ladi va ijrochidan ham badihada, ham ijroda juda katta ijodiy 
mahorat talab qiladi. Dostonning yana bir xususiyati, og‘izdan 
og‘izga o‘tib avloddan avlodgacha yetib kelganidir. Bu o‘z nav-
batida ustoz-shogirdlik an’analarining vujudga kelishiga, natijada 
yirik dostonchilik maktablarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 
Folklorshunos olim T. Mirzayevning ma’lumotlariga ko‘ra, 
XV—XVI asrlarda yirik dostonchilik maktablari paydo bo‘lgan, 
XIX—XX asrlar esa dostonchilik taraqqiyotida juda rivojlangan 
davr bo‘lgan. XX asr boshlariga kelib baxshilarimiz ijodiy bi-
sotida 150 dan ortiq xalq dostonlari bo‘lgan. Bu dostonlarni Tilla 
kampir, Sulton kampir, Jolmon baxshi, Bo‘ron shoir, Jumanbul-
bul, Josoq, Yo‘ldosh-bulbul, Yo‘ldosh shoir, Suyar shoir kabi 
mashhur baxshilar kuylaganlar. Keyinchalik ularning an’analari 
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan, Is-
lom shoir, Saidmurod Panoh o‘g‘li, Berdi baxshi, Umir baxshi 
shoir, Bola baxshi ijodida davom ettirildi. Baxshidan u yoki 
bu dostonni ijro etishda shunchaki voqea bayonini so‘zlab be-
rish emas, balki uni do‘mbira jo‘rligida tinglovchini rom eta-
digan darajada kuylab berish talab etilgan. Dostonchi baxshilar 
o‘z san’atlarini tinglovchiga ma’qul qilish uchun turli usullarni 
qo‘llaganlar (musiqiy qochirimlar, so‘z o‘yinlari, dostonning eng 
qiziq joyida tanaffusli chekinishlar kabi). Doston aytish ko‘p 
hollarda raqobat asosida kechgan. Dostongo‘ylik kechalarida bir 
necha baxshi ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etganlar, 
ijodiy bahs qilganlar.


10
XX asrning 50-yillarida xalq dostonlariga, shu jumladan, «Al-
pomish» dostoniga ham bu asarlar mehnatkash xalq manfaatini 
emas, balki yuqori tabaqalar manfaatini aks ettiradi, shuning 
uchun ularni ommalashtirish zararlidir, degan mafkuraviy ayblar 
qo‘yildi. Lekin bir qator olimlar bu ayblovlarning xato ekan-
ligini, mazkur dostonlar xalq badiiy tafakkuri, dunyoqarashi, 
turmush tarzi, boy tilini aks ettiruvchi bebaho xazina ekanli-
gini isbotlab berishdi va shu tariqa adabiy-milliy merosimizning 
muhim qismini g‘oyaviy tazyiqlardan asrab qolishdi.
Dostonchilik an’anasi hozirgi kunda ham mavjud. Biroq endi 
kuylash, ijro, tinglovchilar bilan muloqot tarzining zamonaviylik 
kasb etayotganligini ko‘ramiz. Dostonchilik fan va texnika asrida 
birmuncha o‘zgarishlarga uchradi. Bugungi kun baxshilari o‘z 
asarlarini konsert zallarida, katta-katta anjumanlarda, televideni-
yeda ijro etmoqdalar. Yurtimizda dostonchilikni rivojlantirishga 
va uning ijrochilari – baxshilar faoliyatini rag‘batlantirishga katta 
e’tibor berilmoqda. 2000-yilda «Alpomish» dostonining ming yil-
ligini jahon miqyosida nishonlanishi va hatto «O‘zbekistonda xiz-
mat ko‘rsatgan xalq baxshisi» unvonining ta’sis etilishi (2000-yil 
14-mart) buning isbotidir.
Qadrli o‘quvchilar, Siz 7-sinf adabiyot darslaridan o‘zbek xalq 
dostonlari, ularning go‘zal namunalari bo‘lmish «Go‘ro‘g‘li», «Al-
pomish», «Ravshan» dostonlari haqida tasavvurga ega bo‘lgansiz. 
8-sinfda esa yana bir ajoyib asar – «Kuntug‘mish» dostoni bilan 
tanishasiz. Ushbu doston o‘zining qiziqarli voqealarga boyligi, 
o‘ynoqi, ravon tili, na

sligi bilan o‘quvchi va tinglovchini lol 
qoldiradi.
Dostonning yozib olingan va ijro etilgan variantlari juda 
ko‘p. Darhaqiqat, «Kuntug‘mish» dostoni o‘zbek xalq dostonlari 
orasida g‘oyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlardan biridir. Uning 
xilma-xil ko‘rinishdagi variantlari ko‘pligining boisi shundaki, il-
gari baxshilarning iste’dodiga, ushbu dostonni qanday aytishiga 
qarab baho berilgan, natijada barcha baxshilarimiz «Kuntug‘mish» 
dostonini to‘la o‘zlashtirishga intilganlar. Dostonning Ergash Ju-
manbulbul o‘g‘li, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Nurmon Abduvoy 
o‘g‘li, Egamberdi Ollamuroddan yozib olingan variantlari mavjud. 
Qo‘lingizdagi darslikda esa mashhur baxshi bobomiz Ergash Ju-


11
manbulbul o‘g‘lidan yozib olingan nusxasi keltirilgan. Dostonning 
qisqacha mazmuni quyidagicha: No‘g‘ay yurtida Avliyoyi Qo-
raxon ismli, Qilichxon laqabli podsho bo‘lib, Kuntug‘mish uning 
yolg‘iz o‘g‘li bo‘ladi. Kuntug‘mish o‘n to‘rt yoshga to‘lguncha 
ilm-hunar o‘rganadi, kasb-kamolot hosil qiladi. O‘n to‘rt yoshdan 
keyin esa qilichbozlik, miltiq otish, nayzabozlik, ko‘pkari chopish 
kabi sipohilik hunarlarini o‘rganadi, xullas, har tomonlama komil 
shahzoda bo‘lib yetishadi. Shahri Zangar degan shaharning Buv-
raxon degan podshosi bo‘lib, uning Shoir va Tohir ismli vazirlari 
bor edi. Vazirlar bir-birlari bilan juda inoq edilar, ular: «Bizlar-
ga farzand bersa, o‘g‘il bo‘lsa qo‘lqanot bo‘lsin, qiz bo‘lsa do‘st 
bo‘lsin», deya niyat qilar edilar. Kunlardan bir kuni Shoir vazir-
ning xotini qiz ko‘radi. Tohir vazir oilasida o‘g‘il tug‘iladi. Qiz-
ning otini Xolbeka, o‘g‘ilning otini Xolmo‘min qo‘yishadi. Lekin 
Xolmo‘minning onasi to‘satdan vafot etadi, o‘g‘il go‘dakni Xolbe-
kaning onasi emizishga majbur bo‘ladi, natijada ular «shirxo‘ra» 
(bir onani emgan) bo‘lib, «nikoh yurmaydigan» bo‘lib qoladilar. 
Xolbeka o‘n to‘rt yoshga yetgach, uning husni kamoli ovozasi 
olamga yoyiladi. U go‘zal, ayni paytda aqlli, nard o‘yiniga mohir 
qiz bo‘lib yetishadi. Unga barcha mamlakatlardan sovchilar kela 
boshlaydi. Xolbeka sovchilarga: «Har kim meni olaman deb kelsa, 
oldiga nard o‘yinini qo‘yaman, o‘ynayman, utsa
1
tegaman, utdirsa
2
so‘yaman», deb shart qo‘yadi. Hatto shahar podshosi Buvraxonga 
ham shu javobni aytadi. Podsho g‘azablanib, shaharga Xolbeka 
deb kelgan odamni tutib qatl qildirishga farmon beradi, shunday 
qilsam to‘rt-besh yildan keyin menga tegishga majbur bo‘ladi, deb 
o‘ylaydi.
Xolbeka va Kuntug‘mish tush ko‘radilar, ular tushlarida bir-
birlarining qo‘liga uzuk taqishib, uylangan emishlar. Shundan 
so‘ng Xolbeka bir mohir suratkashga o‘z rasmini chizdiradi va 
uni sandiqqa solib, No‘g‘ay yurtiga oqizib yuboradi. Sandiq 
oqib borib daryo sohilida ov qilib yurgan Kuntug‘mish qo‘liga 
tushadi. Kuntug‘mish Xolbeka visoliga yetish uchun Zan gar 
yurtiga otlanadi, bu yurtga kelib Xolbeka bilan topishadi, so‘ng 
ko‘p sarguzashtlarni boshidan kechiradi: Buvraxon qo‘liga tu-
1
Yutsa (

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə