Adabiyot 8 (1-qism) new indd



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

NODIRA 
(1792 – 1842)
Nodira – XIX asrning birinchi yarmida 
ijod qilgan taniqli o‘zbek shoirasi. Uning 
asl ismi 
Mohlaroyim
bo‘lib, 
Nodira
– ada-
biy taxallusi. Bundan tashqari, 
Komila
ta-
xallusi bilan ham o‘zbekcha she’rlar bitgani 
ma’lum. Bu qalam sohibasi – zullisonayn 
(ikki tilda ijod qilgan) shoiralarimizdan. 
Fors-tojik lisonidagi asarlarini 
Maknuna
taxallusi bilan yozgan.
U ijod qilgan davrda Qo‘qon adabiy 
muhitida o‘zbek va fors-tojik tillarida badiiy asarlar yaratish 
qariyb teng darajada edi.
Nodira 1792-yili Andijonda tavallud topgan. U Andijon 
hokimi Rahmonqul otaliqning qizi.
Nodiraning ota-onasi buyuk Sohibqiron Amir Temur xonado-
niga mansub edi. Buni uning ushbu baytlaridan ham bilib olish 
mumkin:
Siyodat xonadoni, shohi Bobur nasli pokimen, 
Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni.
Nodiraning onasi – Oyshabegim qizining soliha farzand, 
komila shaxs bo‘lib yetishuviga ko‘p hissa qo‘shdi. Bo‘lg‘usi 
shoira zamona xoni oilasiga yaqin qarindosh bo‘lgan xonadon-
da voyaga yetdi. Rahmonqul otaliq Qo‘qon xoni Olimxonning 
tog‘asi edi. Shuning uchun 1807-yili Olimxon ukasi Umarxonni 
tog‘asining qizi Mohlaroyimga uylantirdi. Umarxon Marg‘ilon 
begi lavozimiga tayinlanganidan keyin oilasini shu shaharga 
olib ketdi.
Oradan uch yil o‘tib, ya’ni 1810-yili Qo‘qon xoni, ya’ni 
Nodiraning qaynakasi Olimxon qatl etildi. Uning taxtiga uka-
si Umarxon o‘tirdi. Shoiraning bundan keyingi hayoti mam-
lakat poytaxti bo‘lgan shu shaharda – xon saroyida kechdi. Bu 


144
uni ng ijod bilan muntazam va unumli shug‘ullanishi, o‘zidan 
oldingi turkiy va forsiy shoirlar asarlarini qunt bilan o‘rganishi, 
ular an’analarini o‘zlashtirib, izchil davom ettirishi uchun qulay 
sharoit yaratdi.
Shoira yashagan zamonda Qo‘qon adabiy muhiti gullab-
yashnagan edi. Umarxon uning umr yo‘ldoshi, mamlakat rah-
barigina emas, ustoz shoir ham edi. U 
Amiriy
taxallusi bilan 
she’rlar ijod qilar, shoir sifatida mashhur edi. 
Tarix takrorlana-
di
, degan gap bor. O‘xshash yerini qarangki, Nodira va Zul

-
yaning turmushi ham qariyb bir xil kechdi. Ya’ni Nodira 30 
yoshligida, Zul

ya esa 29 yoshida umr yo‘ldoshidan ayrildi. Bu 
ayriliq tabiiy ravishda ana shu ikki shoira ijodida hijron moti-
vini asosiy yo‘nalishga aylantirdi. Nodira va Zul

ya faqat ada-
biyotimizdagina emas, umuman, hayotda ham o‘zbek ayolining 
vafo va sadoqati timsoli bo‘lib tarixda qoldi.
Nodira ijodi haqida gap ketar ekan, yana bir nozik jihatni esdan 
chiqarmaslik kerak. Yor timsolida zimdan Alloh ko‘zda tutilishini, 
bu o‘zbek mumtoz g‘azaliyotida an’anaviy bir hodisa ekanini yax-
shi bilasiz. Modomiki, yor Xudo ekan, uning jinsi ma’lum emas. 
Aksar erkak shoirlar yor deganda go‘zal bir qizni ko‘z oldilariga 
keltirib, uning chiroyini – qaddi-qomati, beli, sochi, yuzi, yonog‘i, 
ko‘zi, qoshi va hokazolarini qalamga olgan, bu borada bisotidagi 
bor yaxshi so‘z-u ifoda-yu tasvirlarini ishga solgan. Bu mantiqan 
o‘zini oqlagan. Chunki Alloh – husn shohi, ya’ni go‘zallikning 
eng oliy namunasi, uni har qancha ta’ri

asangiz ham, kamlik 
qilaveradi.
Biroq endi shoira yozgan g‘azal yo boshqa kichik lirik 
janrlar namunalarida yor timsoliga munosabat biroz o‘zgaradi. 
Birinchidan, ancha umumiylashadi, ya’ni endi uni xushro‘y bir 
qiz sifatida tasvirlab bo‘lmay qoladi. Ikkinchidan, g‘azal jan-
ri an’anasiga ko‘ra, lirik qahramon – oshiq tarzida namoyon 
bo‘ladi, erkak shoirlar yozgan asarlar mantiqan ma’shuqaga 
bag‘ishlanadi, shoiralar qalamiga mansub satrlarda lirik qahra-
mon oshiqqa aylanadi va g‘azal endi ma’shuqaga emas, bal-
ki ma’shuqqa bag‘ishlanadi, shuning uchun shoiralar qalamiga 
mansub g‘azallarda yorning uzun sochi, ingichka beli, qalam 


145
qoshi, uzun kipriklari... maqtalavermaydi. Uchinchidan, shoiralar 
yor(ya’ni ma’shuq)ni shunday umumiy tarzda tasvirlashi kerak-
ki, undan Allohga ishora uzoqlashib ketmasin.
Nodira ijodi bu talablarga to‘la javob beradi. Uning «Eshit» 
radi

i g‘azalida bir yo‘la ham Amir Umarxon, ham Yaratganga 
ishora borligini sezish qiyin emas. Bu matla’dayoq ko‘zga tash-
lanadi:
Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.
Chindan ham, xonni ham 
«salotin sarvari»
(podshohlar 
boshlig‘i), ma’shuqini 
«shah»
deyishi, o‘zini 
«benavo»
hisoblashi 
mumkin, bu ta’ri

ar, 
Xudoga qaratilgan,
deb hisoblansa ham
bo‘laveradi. G‘azal davomidagi 
«sarvi ozodim», «sarvi nozim», 
«parizodim», «tab’i noshodim»
undalmalari ham xuddi shunday 
tarzda bir yo‘la ikki obyektga qaratilgan holda qo‘llangan.
Kelki, bir soat seni ko‘rmoq uchun mushtoqmen, 
Telba bo‘ldim sendin ayru, ey parizodim, eshit, – 
bayti esa she’rni yana-da hayotiyroq qilib, uning insoniy mu-
habbatga daxldorligini kuchaytirgan.
Nodira asarlari mumtoz shoiralarimiz ijodiyotining ana shun-
day o‘ziga xosliklari borligini, ularni nozik tushunish zaruratini 
ko‘rsatib turibdi.
«Jilva ko‘rsatdi chu ul sarvi diloro bog‘ aro…», «Fig‘onkim, 
gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin…», «Kel, sanga, ey shahi 
jahon, mamlakati jahon 

 do…», «Na gul sayr ayla, na 

 kri ba-
hor et…» 
deya boshlanadigan va boshqa g‘azallarini ham majoziy 
(insonning insonga muhabbati), ham ilohiy (insonning Allohga mu-
habbati) ishq jihatidan talqin etish zarur. Ana shunda asar mazmu-
ni falsa

ylashadi, u irfoniy-tasavvu

y ma’no-mazmun kasb etadi, 
uning badiiyligi, har zamon va makonga mosligi darajasi oshadi.
Shoira asarlarida mumtoz she’riyatimiz shart va talabla-
rini mukammal o‘zlashtirishga, shu yo‘lda izlanishlar qilishga, 
yangiliklar yaratishga intilish sezilib turadi. Bu jihatdan uning 


146
musammatlari
1
alohida diqqatga molik. Xususan, «Firoqnoma» 
musammati o‘zbek so‘z san’atining ajoyib namunasi hisoblana-
di. Asar mazmun-mohiyati – shoira umum ijodidagi mavzu va 
motivlar bilan chambarchas bog‘liq.
Nodira chekkan g‘am, kulfat-u hijron azob-uqubatlari yetma-
gandek, o‘zi va o‘g‘illarining hayoti ham fojiali yakun top-
di. 1842-yili Buxoro amiri Nasrulloxon lashkar tortib kelib, 
Qo‘qonni bosib oldi. Uning buyrug‘i bilan Nodiraning o‘zi 
ham, uning o‘g‘illari Muhammadalixon, Sulton Mahmudxon 
ham, nevaralari ham vahshi yona qatl etildi.
Nodiradan xalqimizga ikki devon qoldi. Nisbatan to‘la deb 
hisoblanadigan turkiy devonida 189 g‘azal mavjud. Ulardan 
ayrimlari tojikcha. Forsiy she’rlari «Devoni Maknuna»da jam-
langan.
Sharqda sohibi devon shoir bo‘lish katta sharaf hisoblangan. 
Chunki devon tuzishi uchun shoir arab alifbosidagi barcha harf-
lar bilan tugaydigan g‘azallar bitgan bo‘lishi kerak. Nodira ikki 
tilda ham ana shunday yuksak darajaga yetgan ijodkor edi. 
She’riyat muxlislari orasida shuhrati juda baland edi. Bu haqda 
uning o‘zi faxr bilan:
Nodira, har so‘zki insho ayladim
Aydi anga ahli davron: «Marhabo!» –
deb yozganida tamoman haq edi. 
Chunki, mana, oradan bir yarim asrdan ko‘p vaqt o‘tgan 
bo‘lishiga qaramay, uning she’rlari sevib o‘qiladi, ho

zlarimiz 
tomonidan qo‘shiq qilib kuylanadi, hamon kishilarga ma’naviy-
ma’ri

y, badiiy-tab’iy (estetik) zavq va lazzat ulashadi.
Nodira ijodi o‘zidan keyingi ko‘plab shoirlar uchun ma-
horat maktabi bo‘lib xizmat qildi. Zokirjon Furqatning ayrim 
she’rlari aynan ana shu shoira asarlariga nazira (o‘xshatma) tar-
zida dunyo ga kelgan. XX asrda Nodira haqida drama sahnaga 
qo‘yildi, badiiy 

lm ishlandi. Uning nomiga san’at va ta’lim 
maskanlari, ko‘chalar qo‘yilgan.
1
M u s a m m a t – har bandi uch (musallas), to‘rt (murabba’), besh (muxam-
mas), olti (musaddas), yetti (musabba’), sakkiz (musamman), to‘qqiz (mutasne’ 
yoki tasne’) va o‘n (muashshar yoki mashru’) baytdan iborat lirik she’r turi.


147

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə