Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari


 FANNI O’QITISH JARAYONINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH BO’YI-CHA



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/255
tarix09.05.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#109310
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   255
dokumen.tips matematika-va-informatika-oaqitish-blok-fanlarimatinf-kelgusi-faoliyatlarida

 
1.3. FANNI O’QITISH JARAYONINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH BO’YI-CHA 
TAVSIYALAR
.
 (Fanni o’qitish shakli, vositalari, texnologiyasi va metodlari). 
1.3.1. Nazariy mashg’ulotlarga tayyorgarlik.
Bu jarayonga tayyorgarlik ko’rishda faqatgina ma’ruza materiallari bilan cheklanib 
qolmasdan, balki bir necha uslubiy qo’llanma va darsliklardan foydalanish lozim. Bu bir 
tomondan dars hajmining kamligi sababli ma’ruza darslarida yetkazishning imkoni bo’lmagan 
mavzularni to’ldirishga, ikkinchi tomondan esa chuqur bilim olish va masalalarni yechish 
ko’nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Bu o’z navbatida talabaning mustaqil bilim 
olishini, adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantiradi.
 
1.3.2. Amaliy mashg’ulotlarni o’qitish jarayonini tashkil etish va uni o’tkazishga 
tayyorgarlik bo’yicha tavsiyalar.
Talabaning nazariy ma’lumotlarni va umumiy fanni o’zlashtirish darajasi uning amaliy 
masalalarni, seminar mashg’uloti materiallarini bajarishi, masalalarni mustaqil yecha olishi, uy 
vazifalarini bajara olishi darajasi va samaradorligi bilan aniqlanadi. Shuning uchun talaba 
fanning har xil bo’limlaridagi tipik masalalarni mustaqil yechish ko’nikmalarini egallashi lozim. 
Bu jarayonda talaba o’rganilayotgan fanning ma’nosiga chuqurroq yetib borgan holda aniq 
amaliy masalalarni yechishda umumiy nazariy qonuniyatlarni qo’llay oladi. Buning uchun talaba 
amaliyot darslarida qiyinlik darajasi oshib boruvchi kamida 5-6 ta masala yechishi zarur. 
Darsdan tashqari mustaqil ish va uy vazifasi sifatida talabaga o’rtacha qiyinlikdagi va uslubiy 
manbalardan foydalangan holda yechish mumkin bo’lgan masalalarni berish maqsadga muvofiq. 
Bunda o’tilgan nazariy ma’lumotlar va masalalar yechishning maxsus uslublaridan 
foydalanilishiga e’tibor berish kerak. Shunday qilib, talabani shu fanga kiruvchi har xil 
bo’limlarga oid masalalarni nazariy ma’lumotlarga tayanib yechishga o’rgatiladi. Bu jarayonda 
quyidagi uslubiy xarakterga ega qoidalarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq: 


23

masalaning qo’yilishini qisqacha yozish, bunda berilgan ma’lumotlarning hamma-sini 
yagona birliklar sitemasiga o’tkazish, lozim bo’lganda ba’zi spravochnik o’zgarmaslarini 
kiritish; 

masalani yechish jarayonida qo’llaniladigan barcha zaruriy qonuniyatlarni o’zida aks 
ettiruvchi noma’lum miqdorlarni izlashning mantiqiy yo’llarini topgan holda masalani tahlil 
qilish; 

masala shartining grafik tasvirini (eskizini) chiza bilish; 

masalani yechishning ketma-ketligini izohlashlar bilan bajara olish; 

o’lchamlarni tekshira olish, berilgan ma’lumotlardan to’la foydalana olish, yechimning 
ishonchliligini baholay olish; 

masalaning yechimini yetarlicha aniqlik bilan hisoblay bilish; 

olingan sonli natijalarning mantiqiy maqsadini baholay bilish va ulardan zaruriy mexanik 
xulosalar chiqara bilish. 
Talabaning amaliyot darslaridagi topshiriqlarni, uy vazifalarini va mustaqil ish 
topshiriqlarini bajarishini nazorat qilish va baholashning quyidagi uslubiga e’tiborni qaratish 
maqsadga muvofiq: 

uy vazifalarini tekshirish; 

nazorat topshiriqlarini bajarishini tekshirish; 

dars davomida o’zlashtirishini nazorat qilish; 

mustaqil ish topshiriqlari himoyasi. 
Amaliyot mashg’uloti topshirig’ini bajarishdan kutiladi-gan natijalar:

mavzu yuzasidan bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash;

amaliy masalalarni yechishda nazariy tushunchalardan foydalana bilish;

masalani yechishning to’g’ri usulini tanlay bilish;

masalani mustaqil yechish ko’nikmasini hosil qilish;

masalaning yechimini mustaqil tahlil qila bilish. 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   255




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə