Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari


 Mustaqil ta’limni tashkil qilishda foydalanadigan vositalar



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/255
tarix09.05.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#109310
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   255
dokumen.tips matematika-va-informatika-oaqitish-blok-fanlarimatinf-kelgusi-faoliyatlarida

1.3.7. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda foydalanadigan vositalar: 

nazariy mashg’ulotlarda foydalanadigan vositalar (darslik; o’quv qo’llanma; masala 
va mashq to’plami; diapozitivlar; lug’atlar; masalalar to’plami; magnit yozuv; video yozuv; 
o’rgatuvchi dasturlar; multimedia va hokazo);
 

amaliy mashg’ulotlarda foydalaniladigan vositalar (yo’riqnomalar to’plami; tabiiy 
o’qitish vositalari; xarakatlanuvchi modellar; o’quv plakatlari; yo’riqnoma; texnologik xaritalar; 
trasparantlar; modellar; elektron kitoblar; maketlar; testlar va hokazo). 
1.3.8. Referat yozish bo’yicha qisqacha ko’rsatmalar: 

Referat tayyorlashda hal etilishi nazarda tutiladigan vazifalar
: o’quv predmetning 
dolzarb nazariy masalalari bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish, talaba tomonidan 
mavzuga oid olingan nazariy bilimlarni ijodiy qo’llash ko’nikmalarini hosil qilish; 
tanlangan kasbiy sohada mavjud mahalliy va xorijiy tajribalarni mavjud sharoitlarda 
ularni amaliy jihatdan qo’llash imkoniyatlari va muammolarni o’zlashtirish; tanlangan 
mavzu bo’yicha har xil manbalarni (monografiyalar, davriy nashrlardagi ilmiy maqolalar 
va shu kabilar) o’rganish qobiliyatini takomillashtirish va ularning natijalari asosida 
tanqidiy yondashgan tarzda mustaqil holda materialni ifoda etish, ishonchli xulosa va 
takliflar qilish; yozma ko’rinishdagi ishlarni to’g’ri rasmiylashtirish ko’nikmalarini 
rivojlantirish.
 

Referat ustida ishlash tartibi
: mavzuni tanlash; mavzu bo’yicha asosiy manbalarni 
o’rganish; zaruriy materiallarni konspektlashtirish; tadqiqot rejasini tuzish; yig’ilgan 
materiallarni tartibga solish va yozish; foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini 
rasmiylashtirish; referatni rasmiylashtirish.
 

Referatni rasmiylashtirish tartibi
: A4 shakldagi qog’ozga 12-shrift, 1,5 interval, 
qog’ozning bir tomonida chapdan – 2,5 sm, o’ngdan – 1,5 sm, yuqori va pastdan – 2 sm 
xoshiya qoldiriladi; matn sahifalariga tartib raqami beriladi, 1-titul varag’i, 2-reja, 3-
betdan boshlab sahifalanadi; 
referat hajmi 20-25 betdan oshmasligi lozim.
 

Referat matnini rasmiylashtirish tartibi
: titul varag’i; ish rejasi; kirish; asosiy qism 
(kamida 3 ta banddan iborat bo’lishi lozim); xulosa; foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati; 
ilova (jadval, diagramma, grafik, rasm, sxema va hokazo). 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   255




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə