Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/255
tarix09.05.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#109310
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   255
dokumen.tips matematika-va-informatika-oaqitish-blok-fanlarimatinf-kelgusi-faoliyatlarida

Tarbiyaviylik prinsipi- o’q
uvchilarga fanga bo’lgan qiziqishni uyg’otish, yangi 
bilimlarni o’zlashtirishga harakatini, ularni egallash va mustaqil kengaytira olishga o’rgatishni 
o’z ichiga oladi, shu bilan birga ularda tafakkurni shakllantirish, matematik tushuncha va 
tasavvurlar bilan boyitish, xotira va diqqatni rivojlantirish, ijodiy tafakkurni tarbiyalash kabi 
ishlarni amalga oshirishni talab etadi. 
Ko’rgazmalilik prinsipi -
matematika o’qitishning eng muhim prinsiplaridan biri bo’lib, 
u o’quvchilarning chuqur va puxta bilim olishlari uchun asosiy sharoitlarni ta’minlashga xizmat 
qiladi.
3. Onglilik, faollik va mustaqillik prinsipi -o’q
uvchilarning fan ma’lumotlarini, o’quv 
materialini egallashi, uni chuqur fikrlay olishi, bilimlarni yangi sharoitlarda amaliyotda qo’llay 
olish ko’nikmasi, bilimlarni ishonchga, amalda qo’llanmaga aylanishi sifatida tushuniladi. 
4.
Puxtalik prinsipi-
o’quvchilarning ta’limni muvaffaqiyatli davom ettirishlari uchun, 
ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularni qobiliyatlarini rivojlantirish amaliy faoliyatga 
tayyorlash uchun zarur. 
5. Tabaqalashtirish
-o’qitishda o’quvchilarni o’z bilim saviyasi va qobiliyatlariga ko’ra 
guruhlarga ajratgan holda, tabaqalarga bo’lgan holda o’qitishni nazarda tutadi. 
Matematika darsligi, o’quv qo’llanmasi - dastur va didaktika talablari bilan aniklanuvchi 
o’qitish maqsadlariga mos keluvchi matematika bo’yicha bilimlar asoslarini bayon etuvchi kitob 
hisoblanadi. 
Darslikka qo’yiladigan talablar: a) u o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash va mantiqiy 
fikrlashni rivojlantirishi; b) matematika bo’yicha ma’lumotlarni sistemali va ilmiy bayon qilishi; 


265
v) uslubiy nuqtai nazardan ketma-ket joylashtirilgan yetarli sondagi turli xil masala va 
mashqlarni o’z ichiga olishi kerak. 
Didaktik materiallar - mustaqil va nazorat ishlari matnlari, testlar va ularni amalga 
oshirish bo’yicha tavsiyalar hamda javoblarni beradi. 
O’quv qo’llanmasi ko’rgazmaliligiga qo’yiladigan talablar -a) 
bilish vazifasi
shundan 
iboratki oddiydan murakkabga boriladi, o’quvchilar faoliyatini ko’rgazmalilik vosita va usullari 
bilan boshqaradi, nazorat va kommunikativ amallarni bajarishga imkon beradi; b) 
intrpretasion 
funksiyasi
, turli xil belgi va rasmlar orqali mavzu va tushunchalar konkretlashtiriladi; v) 
estetik 
vazifalari-
uning ko’rinishi va bezalishi o’quvchilarda go’zallikni va estetik did kabi tuyg’ularni 
uyg’otishi uchun xizmat qilishi zarur. 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   255




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə