|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullaridokumen.tips matematika-va-informatika-oaqitish-blok-fanlarimatinf-kelgusi-faoliyatlarida
2-savol. Matematika o’qituvchisining darsga tayyorgarlik tizimi.
Maktabda matematikani o’rganish turli xil matematik masalalarni
yechish orkali amalga oshiriladi. Shu sababdan uslubiyatchilar matematik
masalalarning matematika o’kitishda kuyidagi vazifalari mavjudligini
ta’kidlaydilar: 1) umumta’lim; 2) amaliy; 3) rivoj-lantiruvchi; 4) tarbiyaviy; 5)
nazorat etish.
Umumta’lim vazifalariga
o’kuv dasturida ko’rsatilgan matematik
ko’nikma va malakalarni shakllantirish vazifalari kiradi. Bundan tashkari,
yangi bilimlarni o’zlashtirish bilan birga o’zining matematik ma’lumotini
oshirish, matematik masalalar yechish ko’nikmasi shakllana boradi.
Amaliy vazifalari
yordamida o’kuvchilar masalalar yechish orkali
amaliy ko’nikma va malakalar bilan kurollanib, matematikani tadbik etish va
xayotda ko’llashga doir zaruriy bilimlarni egallaydilar.
Rivojlantiruvchi vazifalariga
o’kuvchilarda masalalar yechish asosida
ularning matematik tafakkuri va kobiliyatlarini rivojlantirish kiradi. Shuning
uchun o’kituvchi xar bir masaladan bunday maksadlarda foydalanilishiga
e’tiborni karatish talab etiladi.
Tarbiyaviy maksadlari -
matematik masalalarning o’kuvchilarda yaxshi
insoniy fazilatlarni tarkib toptirish uchun ko’llanilishidan iborat.
Nazorat etish vazifalariga
masala va mashklardan o’kuvchilar bilim,
ko’nikma va malakalarini egallash saviyasini tekshirish vazifasida ishlatilishi
kiradi.
Matematik masalalarning matematika o’kitishdagi axamiyati uning
bajaradigan vazifalaridan ko’rinib turibdiki, bilim, ko’nikma berish
bilan chegaralanib kolmay, balki uning matematik tafakkurini rivojlan-
tirish, ma’naviy tarbiyalash kabi muxim ishlarni amalga oshirishga
imkon beradi. Bunda matematik masalalar yechishga kuyidagi
talablarning ko’yili-shi muxim axamiyat kasb etadi: matematik
masalalar o’rganilayotgan tushunchalar mazmunini to’la kamrab
oladigan shaklda ko’llanilishi zarur; matematik masalalarni yechishda
o’kuvchilar mustakilligi va faolligini ta’minlashga e’tiborni karatish;
matematik masalaning turli dars boskichlarida ko’llanilishini xisobga
olish; matematik masalalar turlari xilma-xilligidan foydalanish;
matematik masalalar yechish usullariga e’tibor berish, yutuk va
kamchiliklarini kayd etish; matematik masalalar yechish boskichlari
nazardan kolmasligi maksadga muvofik
|
|
|