Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


III-bob. Qadimgi Hindiston diniy marosimlari va



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix30.01.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#99685
1   2   3   4   5   6
Alqor1

III-bob. Qadimgi Hindiston diniy marosimlari va 
arxitektura
 
Vedalar dinidagi asosiy urf-odat, asosan, qurbonlik keltirish (Yadjna) 
bo’lgan bo’lsa, hinduizmda xudojo’ylik (pudja) edi. Biroq xudoga ikona 
ko’rinishida (archa) sig’inishadi, turli diniy marosimlar uyushtiriladi. Pudja duo 
bo’lmay, aslida xudoni hurmatlab, manzirat aylash edi. Unga hurmatli mehmon 
singari oyog’ini yuvish uchun suv, gullar, chaynash uchun betel yaprqlari taqdim 
etilgan. Ertalablari chig’anoqlar tovushlari va musiqa orqali uni uyg’otishar edi. 
Unga gulchambarlar taqishgan, chiroqlarni maxsus qimirlatib, unga odatda guruch 
va mevalar bilan boqishgan. Ko’pgina ibodatxonalarda uni yotog’iga olib 
borishgan. Katta ibodatxonalarda unga atab raqqoslar raqs tushishgan. 
Birlamchi vaqtlarda ibodatxonalar uncha katta bo’lmagan yog’och 
qurilmalardan iborat bo’lib, uning ichida qo’pol ishlangan obraz yoki fetish 
bo’lgan. Vedalar dinida ibodatxonalar hyech qanday rol o’ynamagan va miloddan 
oldingi vaqt bilan sanalashtirgan qatlamlarda arxeologlar biror-bir ibodatxona 
topishmagan, balki ular chet elliklar ta’siri ostida paydo bo’lishgandir. 
Har xolda Guptalar davrida Hindistonda hozirgidek ibodatxonalar 
ko’payadi. Ibodatxona markazida asosiy xudoning yashash joyi bo’lgan. 
Ko’pincha ibodatxona yaqinida hovuz yoki daryoga tushish uchun narvon bo’lib, 
marosimiy yuvinishlar barcha vaqtlarda ham muhim rol o’ynagan, diniy urf-
odatning asosiy qismi bo’lgan. Ibodatxonada katta zal ham bo’lib, xohlovchilar u 
yerda epos, purana va boshqa iniy adabiyotlarni o’qish mumkin bo’lgan. 
Vedalar davridagi hayvonlarni qurbonlikka keltirishning boshqa xil turlari 
paydo bo’la boshlaydi. Qurbonlikka ko’pincha ho’kizlar, echki va xo’rozlar 
keltirilgan. Ayrim hollarda insonlarni qurbonlikka keltirish holatlari ham bo’lib, 
har qanday jinoyatchini qurbon qilish, uning ruhini gunohlardan yuvish deb 
hisoblangan. Shunday qilib, ko’pchilik holatlarda jinoyatchini qurbonlikka 
keltirishsa, ayrim hollarda qurbonlar shubhali tarzda topilgan. Matnlarda 


– 51 – 
aytilishicha, qizlarni o’g’irlashib, yashirincha qurbon qilishgan – Durga 
ibodatxonasida xuddi shunday marosimlar har kuni takrorlangan. 
Qadimgi Hindiston arxitekturasining yodgorliklari o’ta kam saqlanib qolgan. 
Xarappa madaniyati va Mauriylar davri oralig’idan bizgacha biror ahamiyatli 
arxitektura yodgorligi saqlanmagan. Bu esa o’sha davrdagi binolarning kam qismi 
toshdan yasalganligini ko’rsatadi. 
Stupalarning proobrazlari tuproqli qabr tepalik bo’lib, yerlik aholi 
tomonidan qadrlangan. Buddizm stupalar kultini o’ziga singdirgan va Ashoka 
Budda sharafiga atab butun Hindistonda stupalar qurdiradi. Faqatgina birgina 
Nepaldagi stupa qanday bo’lsa, shundayligicha saqlangan. 
Stupalar katta yarimsfera shaklidagi imorat bo’lib, billurdan ishlangan 
muqaddas narsa saqlanadigan idishda Buddaning qoldiqlari saqlangan. Stupa 
devorlarining ichki qatlami xom g’ishtdan terilgan, tashqi qavati esa pishiq 
g’ishtdan terilib, qalin qatlamli shtukaturka bilan qoplangan. Stupaning uchki 
qismiga yog’och yoki toshdan qilingan soyabon qurilgan, tashqarisi yog’ochdan 
qurilgan devor bilan o’ralgan. 
Mauriylar 
va 
Guptalar 
sulolalari 
orasidagi 
davrda 
buddaviylik 
arxitekturasiga ko’p miqdorda mablag’ ajratilinib, ilk qurilgan stupalar bir muncha 
kengaytirilib bezatilgan. Xuddi shu stupalardan 3 tasi ahamiyatga molik: Bxarxute, 
Sanchi va Amaravati. Bxarxuta stupasi er. avv. II asrning o’rtalariga taalluqli 
bo’lib, asosan, o’zining haykallari bilan qiziqarlidir. Stupaning o’zi hozirgacha 
yemirilib ketgan. Sanchi stupasi, aksincha, Qadimgi Hindiston arxitekturasi 
yodgorligi eng namunaviy ko’rinishidir. 
Er. avv. II asrda Sanchidagi eski stupa ikki baravarga kattalashtiriladi. 
Hindistondagi bir qancha stupalar Sanchi stupasidan kattaroq edi, lekin Shri 
Lakanda ular ulkan razmerlarga yetadi. 
Eng mashhur stupalardan Amaravatidagi, Sarnatxdagi, Nalanddagilar edi. 
Varanasi yaqinidagi ulug’vor Sarnatx stupasining ichki qismi saqlangan, xolos. Bu 
yerda Budda birinchi marta xutba o’qigan. 


– 52 – 
Asosiy stupalar atrofida ikkinchi darajalilari joylashib, ularda ko’pincha 
monaxlar kul qoldiqlari saqlangan. 
Stupa va ularni o’rab turgan darvoza va to’siqlardan tashqari Guptalar 
davrigacha saqlangan arxitektura yodgorliklardan sun’iy g’or qolgan bo’lib, 
ulardan diniy maqsadlarda foydalanganlar. Ulardan eng qadimgilari o’ta primitiv 
bo’lib, hali toshtaroshlik ishi endigina tetapoya qilganligidan dalolat bergan. 
Masalan, xuddi shunday Barabaradagi ikkita g’orlar bo’lib, ular Ashoka tomonidan 
adjivika monaxlariga taqdim etilgan edi. 
G’or ibodatxonalari va monastirlar keyingi davrlarda Hindistonning 
ko’pgina rayonlarida uchratilinadi, lekin eng katta va mashhurlari Satavaxanlar 
davrida hamda ularning merosxo’rlari davrida G’arbiy Dekanda o’yib quriladi. 
Dekan g’orlaridan eng qadimgisi Bxadjda, Karlada, Adjantadadir. 
Eng ilk mustaqil diniy inshoot, bizgacha saqlanib qolganlaridan Jaypur 
yaqinidagi Bayratdagi ibodatxona bo’lib, birlamchi davrda budda stupasi 
ko’rinishida bo’lgan. U er. avv. III asrda g’isht va yog’ochdan qurilgan edi. 
hozirda undan faqat fundamenti qolgan, xolos. 
Qadimgi shahar Takshashila joyidan topilgan Djandial ibodatxonasi diniy 
arxitekturaning keyingi davrini ochib beradi. Guptalar davrigacha bo’lgan 
ibodatxonalar yog’och, loy va g’ishtdan qurilganligi sababli ularning elementlari 
saqlanib qolingan. 
Hinduizmning standart tipidagi ibodatxonalari eramizning VI asridan 
boshlab qurila boshlaydi. 
Hind diniy falsafasida qayta tug’ilish haqidagi ta’limotning nazariy asosi 
ishlab chiqiladi. Bu – karma edi. Karma tushunchasi murakkab hamda hind 
falsafasining turli oqimlarida turlicha talqin etilgan. «Karma qonunlari, - deb 
yozadi hind falsafasining tarixchilari S.Chatterdji va J.Batta, - individning barcha 
ishlari, yaxshi yoki yomon bo’lsin, uning hayotida keyingi holalarni belgilab 
beradi»
16

16
Токарев С.А. Религия в истории народов мира. –М., 1965, 319-бет. 


– 53 – 
XULOSA 
Hindistondagi eng qadimgi yodgorliklar er. avv. III-II ming yilliklarga oid 
bo’lib, ular Hindistondagi diniy qarashlar to’g’risida ma’lumot beradi: bu hind 
sivilizatsiyasi yodgorliklari – Hind daryosi havzasidagi Maxenjo-Daro va 
Xarappa madaniyatlari edi. Ular hind olimi Banerdji va inglizlar Marshall va 
Makkeylar tomonidan ochilib (1922 y.) o’rganiladi. 
Ushbu madaniyat murakkab hamda ulug’vor bo’lib, u dehqonchilikka 
asoslangan, rivojlangan bronza metallurgiyasi va boshqa hunarlari bor; toshdan 
yasalgan shahar inshootlari mavjud, ilk yozuvining harakatlari mavjud 
madaniyat edi. 
Hind sivilizatsiyasi quruvchilarining dini haqida taxminlar qilsa bo’ladi. 
Ko’p sonli tosh muhrlarda hayvonlarning, ko’pincha, ho’kiz, fil, yo’lbars 
kabilarning tasvirlari tushirilgan. Hayvonlarning haykal tasvirlari ham mavjud. 
Hayvonlar kultining qandaydir bir fomasi, hatto totemistik qoldiqlar (ular 
hozirgi kungacha Hindistondagi dravid qabilalarida saqlangan) mavjud. 
Daraxtlar kulti izlari bor. Odamlar figurkalar – ayollar va erkaklar topilgan; ular 
ham ilohalar obrazlarida mavjud uch yuzli va shoxli erkak tasviri bor figurkalar 
topilgan; ayrimlar uni so’nggi davrdagi xudo Shiva bilan bog’laydilar.
17
Ibodatxonalar topilmagan, biroq oblisovkali g’ishtdan qurilgan basseynlar 
– hovuzlar alohida uylarda kichik razmerlarda va bitta katta hovuz (12x7 metr) 
topilib, aholi marosimiy yuvinishlar bilan shug’ullanganlar, qaysikim, hozirda 
ham ushbu urf-odatlar Hindistonda davom etmoqda. 
Hindiston xalqari dini to’g’risidagi ko’plab ma’lumotlarni oriy 
qabilalarining shimoliy-g’arbiy Hindistonga kirib kelishi bilan paydo bo’lgan 
yodgorliklar tufayli qo’lga kiritamiz. 
Hindiston dini tarixini o’sha davrdan to bizning kunlargacha, odatda, 3 
davrga: vedalar, braxmanlar va hinduizm davrlariga bo’lamiz. 
17
Маккей Э.Древнейшая культура долины Инда. –М., 1961, 67-бет. 


– 54 – 
Birinchi davr qadimgi diniy tekstlar nomi bilan vedalar davri deyiladi. 
Ushbu tekstlar Yevropa tillariga tarjima qilinib, XIX asrning birinchi yarmidan 
boshlab E.Byurnuf va Maks Myuller tomonidan o’rganila boshlanadi. Aynan 
vedalarning o’rganilishi fanda din haqida mifologik maktabning paydo 
bo’lishiga turtki bo’ladi.
18
Vedalar davri dini, umuman olganda, o’zining oddiyligi va soddaligi bilan 
ajralib turadi. Ushbu dinning markazida – qurbonlik qilish yotadi. Xudolar 
obrazlari ko’psonlidir va ularning ko’pchiligi tabiat ko’rinishlarini ifoda etadi, 
biroo’q har bir marosimning o’zining xudosi bo’ladi. Avvallari xudolarning 
ko’plari qabila xudolari edi. 
Erkak xudolarning to’lasincha ustun kelishi va qariyb ayol xudolar – 
ma’budalarning yo’qligi, jamoada patriarxal tuzumining mavjudligini 
ko’rsatadi. 
Vedalarda muqaddas joylar ham, ibodatxonalar ham eslab o’tilmaydi. 
Qurbonliklar uyda yoki ochiq osmon ostida, alohida qurbonlik joylarida 
keltiriladi. Xudolar ko’rinishi ham e’tirof etilmagan. Professional kohinlik 
to’g’risida ma’lumotlar yo’q. 
Ushbu sodda din urug’-qabilaviy jamoa tuzumiga o’tishni ko’rsatadi.
19
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning boshlarida Hindiston xalqlari 
hayotida muhim o’zgarishlar ro’y beradi. Hind va Gang daryolari havzalarini 
o’zlariga bo’ysundirgan oriylar, bu yerda qator despotik ilk quldorchilik 
davlatlar yoki knezmeklarga asos solib, o’troq dehqonchilik xo’jaligiga 
o’tadilar. Ushbu o’tish oriylargacha bu yerda yashagan mahalliy xalqlarning 
(dravid va mundalar) kuchli ta’siri ostida bo’lgan bo’lishi mumkin. Bu esa 
keyinchalik Hindistonning madaniy rivojlanishiga katta hissa qo’shadi, 
qaysikim, buni biz diniy qarashlarda ham ko’ramiz. Bu davrga kelib kasta tizimi 
paydo bo’ladi. Ushbu tuzum Hindistondagi qonunchilik va diniy yodgorlik 
bo’lmish – Manu Qonunlarida aks etadi. Ushbu to’plam er. avv. V asrda tuzilib 
18
Токарев С.А. Религия в истории народов мира. –М., 1965, 306-бет. 
19
O’sha asar, 313-бет. 


– 55 – 
(keyinchalik yoziladi), Hindistonning ijtimoiy tuzumi kodeksi sifatida keyingi 
asrlarda ham ishlatiladi. Unda nafaqat hind jamiyatiningkastachilik tuzumi, 
balki diniy jihatdan ochib ko’rsatiladi va mustahkamlanadi. 
Mannu kodeksiga ko’ra, braxmanlar (braminlar) hukmron kasta 
hisoblanadi. Braxmanlar kastasining ilohiylashtirilishi – kastachilik tuzumi 
kodeksining yorqin jihati edi. Kastalar xudo tomonidan qo’yilganlar, deb Manu 
qonunlarida ta’kidlanadi. 
Hindiston dini tarixidagi butun ushbu davr braxmanlar davri deb 
nomlanadi. 
Braxmanlarning kuchayishi bilan ularning kulti murakkablashadi. U 
Hindiston jamiyati aristokratik kastachilik tuzumini yaqqol namoyon etadi. 
Veda gimnlaridagi tabiat kuchlarini tasvirlayotgan xudolar ikkinchi darajali 
bo’lib qoladi. Endilikda oliy xudo – Braxma bo’ladi. 
Boshqa xudolardan endilikda asosiylari Vishnu vash iva bo’lib qoladi. 
Har bir erkak xudo o’zining ayol juftini oladi. Vishnu ma’buda lakshmi bilan, 
shiva ma’buda Parvati (qaysikim, uni Durga, Kali deb ham atashgan) bilan 
bog’lanadi. 
Vedalar dinidan ota-bobolar ruhiga sig’inish saqlanib qoldi. Mannu 
Qonunlarida ushbu sig’inish xudolarga bo’lgan sig’inishan ustun qo’yilgan.
20
Umuman olganda, Hindiston dii braxmanlar davrida vedalar dinining 
davomi bo’lgan. Undan braxmanizmda ham narsa qoladi: Vedalarga bo’lgan 
muqaddas ishonch, bir necha xudolarning nomlari va quronlik marosimlari. 
O’zining ruhi va kastachilik xarakteriga ko’ra braxmanizm vedalar dinidan 
keskin farq qiladi. Braxmanizmning ko’pgina qarashlari oriylargacha bo’lgan 
tasavvurlar bilan bog’liq. 
Bir-biri bilan kurashib kelayotgan diniy oqimlarning rivojlanishi nafaqat 
hukmdor tabaqalar o’rtasida, balki keng omma orasida kastachilik zulmiga 
qarshi harakatlarga olib keladi. 
20
Токарев С.А. Религия в истории народов мира. –М., 1965, 316-бет. 


– 56 – 
Xuddi shunday oqimlardan buddizm va jaynizm bo’lib, ular qariyb bir 
vaqtda – er. avv. VI-V asrlarda paydo bo’ladi. Ushbu ta’limotlar bir-biriga 
yaqin edi, lekin ularning taqdiri turlicha bo’ldi. 
Jaynizm ta’limoti: barcha moddiy dunyo yovuzlikdir va inson undan 
qutilishi kerak deb o’rgatadi. Bu yerdan esa qat’iy asketizm kelib chiqadi; 
jaynistlarning eng ta’limotga berilganlari, hatto kiyim kiyishdan bosh tortishadi 
(digambarlar – yorug’lik bilan kiyinganlar), uylanmaslik, hyech bir jonzotlarni 
o’ldirmaslik ta’lim beriladi. Jaynizm asosan savdogarlar va shahar aholisi 
orasida tarqalgan edi. bu ta’limot hozirgacha Hindistonda saqlanib qolgan, lekin 
buddizm singari chetga chiqib ketmagan. 
Buddizm esa jaynizmga nisbatan ancha kengroq tarqaladi, sababi, undagi 
talablar ancha yumshoqroq edi. Mauriylar sulolasi va Kushonlar davrida davlat 
dini sifatida maydonga keldi. Bu esa kohinlar kastasi bo’lmish braxmanlarning 
oldingi mavqyeyiga xavf soladi. 
Braxmanlarning buddizm bilan bo’lgan kurashi kastachilik tuzumini 
saqlab qolish uchun edi. Braxmanizm bu kurash uchun qayta qurollanishi kerak 
edi. Qat’iy aristokratik xarakterga ega bo’lgan, ooma bilan chiqishmagan 
braxmanlar dini xalq orasida ta’siri kuchsiz edi. Kult va ta’limotni xalqning 
ehtiyojlariga qarab qayta ko’rib chiqib, moslashtirish kerak edi. Shuning uchun 
Hindiston dinida yangi davr boshlanib, uni hinduizm davri deb ataymiz. 
Kult ancha demokratlashtiriladi: keng omma ta’sir etish usullari ishlab 
chiqiladi. Buning uchun xalq bevosita sig’inish marosimlarida ishtirok etishini 
ta’minlash kerak edi. 
Bu davrda Hindistonda birinchi ibodatxonalar quriladi: stupala rva 
chaytyalar (yerosti ibodatxonalar) quriladi. 
Xudolar haqidagi tasavvurlar ham demokratlashadi. Faqat braxmanlar 
bilan so’zlashadigan xudolar, xalqqa sust taassurot ko’rsatadi. Xudolarni xalqqa 
yaqinlashtirish kerak edi, xalq xudolari obrazini, xalq qutqaruvchilari 
obrazlarini yaratish kerak edi. 


– 57 – 
Avatarlar (gavdalanmoq) to’g’risidagi o’ziga xos ta’limotlar paydo 
bo’ladi; har bir osmon xudosi o’zining yerlik avatariga ega bo’lishi mumkin edi. 
Ayrim avatarlar ommabop xalq xudolariga aylanadi. Ularning bir qismi 
buddistlar panteoniga taassub solib, xalqqa kuchliroq ta’sir ko’rsatish uchun 
yaratilinadi. Ulardan mashhuri Krishna – qutqaruvchi bo’lib, Vishnuning 
avatarlaridan biri edi. Buddaviylar afsonasiga o’xshab, uning ham yerda 
tug’ilishi vujudga keladi. Uning qahramonliklari, insonlarga nisbatan mehr-
oqibatliligi, uning yerdagi o’limi to’g’risida gapiriladi. Janubiy Hindistonda 
xuddi shunday xudo – qutqaruvchi Rama bo’ladi. U qadimgi hind eposi 
«Ramayana»ning qahramoni, Seylonning qo’lga kiritilishidagi oriylar 
yo’lboshchisi edi. 
Diniy qarama-qarshiliklar, sektalarning o’ta rivojlanib ktishi, Hindiston 
jamiyatining parchalanishini ko’rsatadi.
Hinduizmni yagona din deb bo’lmaydi: bu bir qancha bir-biridan farq 
qiladigan dinlar yig’indisi edi. 
Diniy tashkilotlarning turli-tumanligi va bo’linganligi Hindiston 
tarixining barcha etaplarida uning rivojlanishiga xalaqit bergan. 
Hozirda Hindistonning diniy hayotida turli-tuman sig’inish dinlari va 
kultlarini ko’ramiz: diniy-falsafiy metafizik tizimga ega bo’lgan Veranta, Shiva, 
Vishnu va Krishna kabi xalq kullari va qo’pol orgaistik urf-odatlar va 
hokazolarni ko’ramiz. 
Hinduizm hamma vaqt din erkinligi bilan ajralib turgan, shu bilan bir 
vaqtda boshqa qabila va xalqlarning kultarini o’ziga singdira olgan. 
Biroq hinduizm boshqa xalqlarning ma’naviy hayotiga ta’sir ko’rsatgan 
va kursatib kelmoqda. Ayniqsa, din va diniy falsafaning ta’siri Yevropa va 
Amerika intelligensiyasining ayrim qatlamlariga ta’sir ko’rsatmoqda. Ularning 
ko’pchiligi hozirda ham, masalan, yoglar ta’limotiga qiziqadilar. 


– 58 – 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə