Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix30.01.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#99685
1   2   3   4   5   6
Alqor1

 
KIRISH. 
 
ASOSIY QISM: 
I-bob.
Qadimgi Hindiston tarixining qisqacha bayoni. 
II-bob.
Qadimgi Hindistondagi diniy e’tiqodlar. 
III-bob.
Qadimgi Hindiston diniy marosimlari va arxitektura. 
XULOSA. 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. 
 


– 3 – 
KIRISH 
Ko’p asrlar davomida taraqqiy etib kelgan qadimgi hind madaniyati bir 
qator qo’shni xalqlar madaniyatining rivojlanishiga ancha kuchli ta’sir 
ko’rsatgan. Ko’pgina diniy to’plamlar saqlanib kelganligi sababli qadimgi hind 
xalqlarining dini to’g’risida, ayniqsa, yaxshi ma’lumotlarga egamiz. 
Hindistonning eng qadimgi dini totemizmdan, tabiatni ilohiylashtirish, 
ota-bobolar ruhiga topinishdan boshlanadi. Vedalarda tabiatga topinish yaqqol 
aks etganini ko’ramiz. Chunki Vedalar tuzilgan vaqtda hindlar quyoshga 
(Suriya) sig’inganlar, Varuna nomi bilan osmonni ilohiylashtirganlar, muqaddas 
olovga (Agni), shuningdek, momaqaldiroq xudosiga (Indra) topinganlar. 
Dehqonchilikning rivojlanib borishi bilan tabiatning ishlab chiqarish kuvlari va 
umuman, hosildorlik ma’budasi to’g’risida tasavvur paydo bo’lgan va tarkib 
topgan, ular bu ma’budani Aditi deb ataganlar va unga «hammaning onasi», 
«hamma narsaning mohiyati», «adabiyot», «yaratilgan va yaratuvchi» deb har 
xil qo’shimcha nomlar berganlar. Shuning uchun ham xudolarni «Aditining 
farzandlari yoki o’g’illari» deb ataganlar. «Aditi» nomidan olingan «aditya» 
so’zi «xudolar» ma’nolarini anglatadigan bo’lib qolgan. 
Bu qadimgi tabiatga topinish qishloq jamoalarigi xos bo’lgan ideologiyani 
tom ma’nosi bilan aks ettirgan, bu jamoalar ichidagi ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlar «ishlab chiqarish mexanizmining soddaligi» bilan farq qilgan.
Qadimgi Hindistonda patriarxal oila hayoti bilan bog’langan olovga 
topinish odati, ayniqsa, keng tarqalgan. Ota sifatidagi olov uyning katta oilaviy 
jamoalarida ham, yakka oilaning xususiy xo’jaligida ham oila xo’jayini – 
patriarx (grixapati) boshliq bo’lgan uyda (grixya) oilaviy hayotning markazi 
bo’lgan. Biroq olov xudosi Agni sharafiga yozilgan va Rigvedada saqlangan 
gimnlardan birida, olovga topinish «yog’och parchalari bir-biriga qattiq
ishqalanib» o’t hosil qilish usuli birinchi marta kashf etilgan qadimgi 
zamonlarga oiddir, deyiladi. Odamlarga birgalikda hayot kechirishga imkon 
bergan olovning xo’jalik ahamiyatiga katta baho berib, qadimgi hindular olovni 


– 4 – 
«qishloqning boshlig’i» (vishpati) deb ataganlar. Maxsus kohin (atxarvan)lar 
himoyasida doimiy yonib turadigan muqaddas olovga topinish shu tariqa 
vujudga kelgan. Uydagi olovga topinish bilan birga, osmondagi olovga ham 
topinib, uni «ilohiy ota» - Dyaus-Pitar deb ataganlar. Olovga topinish ota-
bobolar e’tiqodi bilan juda yaqindan bog’langan bo’lib, har bir uydagi oila 
boshlig’i (patriarx) ota-bobolariga topingan. Masalan, Manu qonunlarida 
aytilishicha, «ota-bobolar – dastlabki xudolardir; ular g’azabdan xoli bo’lganlar, 
mutlaqo pok, doimo bekamu ko’st, nizodan yuz o’giradigan va katta fazilatlar 
egasi» bo’lganlar. 
Ota-bobolar e’tiqod urug’chilik tuzumi davrida vujudga kelgan va katta 
patriarxal oilalarning boshliqlari bo’lgan boy aristokratlar hokimiyatining 
obro’sini ko’tarish quldorlik jamiyatini mustahkamlash uchun xizmat qilishi 
lozim edi. Shu tufayli braxmanlarning qonunlar to’plami Manuda, ayniqsa, ota-
bobolarning qadimgi e’tiqodi qayd qilib ko’rsatilgan: «Ikki qayta tug’ilganlar 
uchun ota-bobolar ruhiga sig’inish xudolarga sig’inishdan ko’ra muhimdir». 
Ota-bobolar ruhiga sig’inish din va e’tiqodning eng keyingi va ancha murakkab 
formalari hali ishlab chiqilmagan, eng keyingi dogmatika hali ma’lum bir 
shaklga solinmagan juda qadim zamonlardan boshlanadi. Shu sababli Manu 
qonunlarida: «Ota-bobolar har tomoni ochiq, tabiatan toza yalangliklarda, 
daryolarning bo’ylarida, pastqam yerlarda qilingan qurbonlardan hamisha rozi 
bo’ladilar» deyiladi. Bu esa, chinakam ota-bobolar – ota, buva va katta buvaga 
sig’inishning o’zginasidir. 
O’sha diniy qonunlarda yana bunday deyiladi: «Otasi o’lib, buvasi hali 
hayot bo’lgan kimsa, o’z otasining nomidan keyin katta buvasining nomini tilga 
olishi kerak». Muqaddas Veda kitoblarida ota-bobolarga murojaat qilib aytilgan 
qadimgi qo’shiqlar saqlangan. Eyen qadimgi diniy madhiyalar qadimgi 
patriarxal turmush davriga oiddir. Ota-bobolar ruhiga sig’inish qadimgi 
Hindistondagi turg’un hayotda juda uzoq vaqtlargacha saqlanib kelgan. Bu 
qadimgi ota-bobolar ruhiga sig’inish odatining hindularning ancha keyin paydo 


– 5 – 
bo’lgan (eramizning V asrida) «Shakuntala» dramasida ham saqlanib qolgan. 
Podsho Dush’yanta farzandi yo’qligidan nolib bunday deydi: «Afsus, 
Dush’yantaning ota-bobolari xavf ostida. Farzandsizman, ular bilmaydilarki, 
men o’lganimdan keyin bolalarning qaysi biri munosib qurbon beradi va ulardan 
kimning ko’z yoshi mening ko’z yoshimga qo’shiladi». 
Chorvachilik va ilk dehqonchilik davrida dinning qadimgi formalari 
bo’lgan tabiatga topinish va ota-bobolar ruhiga sig’inish, ayniqsa, keng 
tarqalgan bo’lsa (buni Rigvedadagi eng qadimgi madhiyalar ko’rsatadi), 
quldorlik jamiyati va davlat tashkil topgan davrda bu topinishlar, sinfiy tuzumni 
mustahkamlashga qaratilgan yangi diniy e’tiqodlar bilan almashinadi. Qadimgi 
tabiat xudolari asta-sekin davlat, podsho va podsho hokimiyatining himoya 
qiliuvchi xudolariga aylanadi. Bu narsa, azallari momaqaldiroq va yashin xudosi 
deb hisoblangan Indra e’tiqodida juda ravshan ko’rinadi. Qadimgi diniy 
poeziyada Indra o’zining momaqaldiroq boltasi bilan ajdarni o’ldirib, osmon 
suvlarini undan ozod qiliuvchi dahshatli xudo qilib tasvirlangan. Shuningdek, 
Indra hosildorlik xudosi deb ham hisoblangan. Ammo keyinchalik u yerdagi 
kuchlar xudosiga, podshoni himoya qiluvchi xudoga aylangan. Indra 
aristokratiya, davlat va podsho hokimiyatining himoyachisi deb hisoblanadigan 
bo’lgan. Shu sababli Indrani ikkinchi Varna sostaviga kirgan kshatriyalar
aristokrat-jangchilar, ayniqsa, izzat-hurmat qilganlar, odatda podsho va knyazlar 
dinastiyasiga asos soluvchilar ana shu ikkinchi varna namoyondalari orasidan 
chiqqanlar. «Indra» so’zining o’zi «knyaz» yoki «podsho», «janob», «hokim» 
ma’nolarini (semit tillaridagi «malik» yoki «adon» kabi) anglata boshlagan.
1
Markazlashgan yirik davlatlar tashkil topa borgan sari yagona xudoga 
topinish elementlari ham paydo bo’la boshlaydi. Yerda yagona podsho bo’lgani 
kabi, osmonda ham yagona xudo bo’lishi lozim bo’lgan. Shunday qilib, yagona 
xudo to’g’risida tasavvur paydo bo’lib, bu xudoni Prajapati (odamni, odamlarni 
va xalqni yaratuvchi) deb ataganlar. Olamni yaratgan bu yagona xudoning 
1
Авдиев В.И. Қадимги Шарқ тарихи. –Тошкент, 1964, 700-б. 


– 6 – 
yorqin tasvirini Vedalardagi madhiyalarda ko’ramiz: «U yorug’ osmonni, 
mustahkam yerni, olam nurini va fazo orqali o’tib butun olamni o’rab turgan 
osmon gumbazini yaratgan… U hamma xudolarning yagona xudosidir». 
Diniy urf-odatlar murakkablashib borishi bilan birga maxsus kohinlik ham 
vujudga kelib, bu kohinlik asta-sekin mustahkam kastaga birlashib ketadi. 
Braxmanlarning alohida ideologiyasi paydo bo’ladi va braxmanlar kastasining 
mustahkam tashkiloti ham vujudga keladi. Qadimgi diniy to’plamlar – vedalar, 
diniy-filosofik faoliyat xiyla taraqqiy etishi natijasida paydo bo’lgan sharh va 
izohlar (Upanishadlar) bilan to’lib ketadi. Braxmanlar ta’limotiga ko’ra, faqat 
braxmanlar kastasiga mansub kishilargina muqaddas diniy marosimlarni o’tashi, 
odamlarga diniy ta’lim berishi mumkin bo’lgan. Braxmanlar kastasi ichida 
xudoga topinish jihatidan alohida darajalar bo’lgan. Braxmanlarning murakkab 
ishlangan maxsus qoidalari bo’lib, shogirdlarning ham, ustozlarning ham bu 
qoidalarga rioya qilishlari lozim bo’lgan. Har bir shogird o’z ustozi (guru) ga 
batamom bo’ysunib, qattiq intizomga asoslangan shogirdlik davrini o’tashi 
kerak bo’lgan. Shogird muqaddas kitoblarni, duolarni, qurbonliklar qilishni, 
braxmanlar tuzumining rasm-odatlari va qonunlarini o’rganishi kerak edi. 
Bularni uzoq vaqt o’rganganidan keyingina u kohin bo’lish huquqiga ega bo’la 
olgan. Kohinlarning biqiq kastasi ana shu tariqa vujudga kelgan va 
mustahkamlanib borgan. 
Biroq odamning sinchkov fikri braxmanlarning bu qadimgi dinlarining 
negizlariga putur yetkaza boshlaydi. Asta-sekin diniy filosofik ta’limotlar paydo 
bo’lib, bu ta’limotlarda qadimgi dinning haqiqatligiga ishonmaslik belgilar 
ko’rina boshlaydi. Qadimgi din va kohinlik o’rgatib kelgan aqidalarni 
haqiqatligiga ishonmaslik belgilar ko’rina boshlaydi. Qadimgi din va kohinlik 
o’rgatib kelgan aqidalarning haqiqatligiga shubha to’g’iladi. Odamlar oxiratga 
ham shak-shubha bilan qaraydigan bo’ladilar. Chunonchi, diniy-filosofik 
traktatlardan birining avtori: «bu dunyoni tashlab ketish yaxshi emas, chunki biz 
narigi dunyoda yashaymizmi, yo’qmi kim biladi», deydi. 


– 7 – 
Oxiratning borligiga shak-shubha qilib aytilgan achinish ohanglari hatto 
braxmanizmga asos solgan Yajnavnya asarlarida ham ko’rinadi. «O’lgandan 
keyin ong bo’lmaydi», chunki «kesib tashlangan daraxt yana o’z ildizidan o’sib 
chiqadi, ammo ildizini ajal qirqqan odam yana qaysi tomirdan o’sib chiqar 
ekan? Urug’idan o’sib chiqadi, deya ko’rmang, chunki urug’ faqat tirik 
jondangina bo’ladi. O’lgan kishi yana qaytib «tug’ilmaydi». 
Shu tariqa qadimgi braxman dini va u bilan birga qadimgi kasta sistemasi 
ham sekin-asta o’z ichidan buzila boshlaydi. Braxmanlar diniga va kasta 
sistemasiga qarama-qarshi o’laroq buddizm maydonga chiqadi, rivoyatlarga 
ko’ra, buddizm eramizdan avvalgi VI asrda vujudga kelgan va Ashokaning 
ediktlariga qaraganda, eramizdan avvalgi III asrdayoq juda keng tarqalgan. 
Hindiston quldorlik davlatida ekonomika va savdo anchagina darajada 
yuksalayotgan bir davrda hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining 
rivojlanishiga xalaqit bergan braxmanizmga hamda qotib qolgan kasta 
sistemasiga qarshi ideologik norozilik sifatida buddizm vujudga keladi. 
Buddizm braxmanlar kastasiga, ayniqsa, keskin qarshi chiqadi. Budda 
ta’limotida braxmanlar kastasida tug’ilgan har bir kishini kohin deb tan olish 
fikriga qarshi norozilik ifodalangan; braxmanlar kastasida tug’ilgan xar bir 
kishi, jamiyatda oliy o’rin egallash imtiyoziga ega bo’lgan. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə