Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


-oraliq nazorat savolnomalari



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə146/147
tarix01.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#103973
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147
3.08 Она тили укит.мет2-курс

1-oraliq nazorat savolnomalari
1. Ona tili o`qitish metodikasining predmeti nimadan iborat?
2. Metodika fani qanday masalalarni o`rganadi?
3. Ona tili o`qitish metodikasining asosiy vazifalarini ta'riflab byering.
4. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi fanining asosiy bo`limlarini aytib bering.
5. Ona tili o`qitish metodikasi fanining metodologik asoslarini izohlang.
6. Ona tili o`qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog`liqligini tushuntiring.
7. Ona tili o`qitish metodikasining o`ziga xos tamoyillari qaysilar? Ularga tavsif byering.
8. Nazariy metod nima va u qanday hollarda tadbiq etiladi?
9. Empirik metodni tushuntirib byering.
10. Eksperiment vazifasiga ko`ra qanday hollarda o`tkaziladi?
11. Ona tilini o`qitish tarixiga tavsif bering. Kamchiliklarning sabablari nimada ekanligini ayting.
12. XX asrning 50-70-yillarida boshlang`ichsinflarda ona tilini o`qitishda qandayijobiy siljishlar bo`ldi?
13. Boshlang`ich sinflarda ona tili mashqulotlarining turi va mazmunini sharhlang.
14. Boshlang`ich sinf ona tili dasturi tuzilishi va mazmunini tushuntiring.
15. Boshlang`ich sinflar ona tili davlat ta'lim standarti va dasturiga o`z munosabatingizni bildirib taqriz yozing.
16. «Ona tili boshlang`ich sinflarda o`quv predmeti» mavzusida qisqacha ma'ruza tayyorlang.
17. Nutq faoliyatining turlari va ularning shakllanishini tushuntiring.
18. Savod chiqarishda O`qish va yozuvga o`rgatish deganda nima tushuniladi?
19. Eski maktablarda savod o`rgatish qanday metod va bosqichlarda olib borilgan?
20. O`zbek sinflari uchun yaratilgan dastlabki o`quv qo`llanmaning afzalliklari nimalardan iborat?
21. Analitik-sintetik tovush metodi va uning tamoyillari haqida ma'lumot bering.
22. Bolalarning savod o`rgatishga tayyorgarligi qanday yo`nalishlarda o`rganiladi? O`zingiz bir-ikkita bolaning savod o`rgatishga tayyorgarligini o`rganing va taqqoslang, faqini aniqlang.
23. Savod o`rgatish jarayoni haqida to`liq ma'lumot bering.
24. Savod o`rgatish jarayoni oxirida o’quvchilar qanday bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlari zarur?
25. Savod o`rgatish davri o’qish darslariga dars namunasini ishlab chiqing.
26. Bo`qin-tovush, tovush-harf tahlili mashqlarining mazmuni va ahamiyatini sharhlab bering.
27. Savod o`rgatish jarayonida qanday mashq turlaridan foydalaniladi? Ularni to`liq bayon qiling.
28. Savod o`rgatish jarayonida tovushlarning to`g`ri va ravon talaffuzi ustida qanday ishlanadi?
29. Diktsiya ustida ishlash mashqlariga nimalar kiradi?
30. Savod o`rgatish davrida nutq o`stirishga oid ish turlarini misollar bilan tushuntiring.
31. Savod o`rgatish davrida gap va so`z ustida ishlashga doir ish turlarini ayting.
32. Yozuvning inson hayotidagi ahamiyatini ayting, hozirgi yozuv shriftiga o`z munosabatingizni bildiring.
33. Yozuvga o`rgatishning tashkiliy, gigiyenik va ta'limiy shartlarini aytib bering. Ularni biror harfni yozish darsiga tadbiq eting.
34. Yozuv daftari ustida ishlashni tushuntiring.
35. Yozuv darslarida o’quvchilar nutqini o`stirishda qanday usullardan foydalaniladi?
36. Savod o`rgatish davridagi o’qish va yozuv darslariga tavsif bering.
37. Oz komplyektli maktablarda savod o`rgatish darslarining o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
38. “Alifbe” darsligi qurilishining ilmiy-pedagogik tamoyillarini tushuntirib bering.
39. Hozirgi kunda amalda qo`llanilayotgan “Alifbe” darsligini tahlil qiling va unga taqriz yozing.
40. Boshlang`ich sinf ona tili dasturi («O`qish» bo`limi) va o`qish darsliklarida berilgan o’`qish mavzularini aniqlang. Ularga o`z munosabatingizni bildiring.
41. Badiiy asar ustida ishlash rejasini tuzing va uni asoslang, badiiy asar ustida ishlashning harbir bosqichi oldida turgan vazifani ayting.
42. 1-4-sinf “O`qish kitobi”da berilgan savol-topshiriqlarni guruhlang.
43. O`qituvchilar uchun nashr etilgan «Birinchi sinfda o`qish darslari», «Ikkinchi sinfda o`qish darslari», «Uchinchi sinfda O`qish darslari», «To`rtinchi sinfda o`qish darslari» metodik qo`llanmalarida mavzularni ryejalashtirishda nimalar hisobga olinganini aniqlang.
44. Matn ustida ishlash yuzasidan 1-4-sinf o`quvchilarining bilimiga qo`yilgan dastur talablarini tahlil qiling.
45. « O`qish darslarida o`quvchilarni axloqiy tarbiyalash», «O`qish darslarida O`quvchilarni estetik tarbiyalash» mavzusida qisqacha axborot tayyorlang.
46. «O`qish kitobi»da berilgan tabiat manzarasi tasvirlangan bironta matn tahlilini ishlab chiqing.
47. Har bir adabiy turning o`ziga xos xususiyatlarini ayting va ularni bir-biri bilan taqqoslang.
48. Shye'r o`qish darsidagi asosiy ish turlarini misollar asosida yoriting.
49. Hikoya o`qishda qaysi ish turlaridan foydalaniladi? Hikoya o`qish darsiga misol tariqasida bironta mavzuga oid dars ishlanmasini tayyorlang.
50. Ertakni o`rganishda qanday usullardan foydalaniladi? Boshlang`ich sinflarning «O`qish kitobi»ga kiritilgan ertaklarni sinflar bo`yicha guruhlab, ko`proq qaysi mavzudagi ertaklar byerilganini izohlang.
51. Maqol, topishmoq janriga xos matnlarni o`rganib chiqing va ularda qo`llangan badiiy til vositalarini aniqlang. Bu janrlar ustida ishlash bo`yicha savol-topshiriqlar tuzing.
52. Masal matni ustida qanday ishlar amalga oshiriladi? Masalni o`qish darsi namunasini tayyorlang.
53. Ilmiy-ommabop asarlarni o`rganish darsining xususiyatlarini izohlang.
54. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida o`rganiladigan bironta doston bo`yicha dars ishlanmasini tayyorlang.
55. Topishmoq, latifa va tez aytishlarni o`rgatish usullarini misollar bilan tushuntirib bering.
56. O`qish darslarida qanday mustaqil ish turlaridan foydalaniladi? Ularni misollar bilan tushuntiring.
57. O`qish darslarida nutq o’stirishga oid dars namunasini ishlab chiqing.
58. O`qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etishga oid o`z fikr-mulohazalaringizni bildiring.
59.Sinfdan tashqari o`qish darslarining maqsad va vazifalari.10.Sinfdan tashqari o`qishga rahbarlik shakllari.
61.Sinfdan tashqari o`qish bosqichlari va ularning vazifalari
62.Sinfdan tashqari o`qishga kitob tanlash tamoyillari.
63.Sinfdan tashqari o`qish darslarini rejalashtirish
64.Unli tovushlar va harflarni o`rganish usullari va mashqlar tizimi
65.Undosh tovushlar va harflarni o`rganish usullari va mashqlar tizimi
66.Jarangli va jarangsiz undoshlarni o`rganish va mashqlar tizimi
67.So`z oxirida tushib qoladigan undoshlarni o`rganish va mashqlar tizimi
68.Ketama-ket kelgan bir xil undoshlarni o`rganish va mashqlar tizimi
69.Bo`g`in tushunchasi ustida ishlash va bo`g`in yuzasidan tashkil etiladigan mashqlar tizimi
70. Grammatik tushuncha nima? Uning o`ziga xos xususiyatini ayting.
71. Kichik yoshdagi o`quvchilar lingvistik tushunchalarni o`rganishda qanday qiyinchiliklarga duch keladilar? Buning sababi nimada?
72. O`quvchilarda lingvistik tushunchalarni shakllantirish jarayonini izohlang. harqaysi bosqichdagi ishning mazmuni va maqsadini ayting.
73. O`quvchilarga yangi grammatik tushunchani o`rgatish darsining lavhasini ishlab chiqing.
74. Grammatik tushunchani shakllantirishga qanday shartlar yordam beradi?
75. Grammatik tushunchani o`rgatish jarayonida o`qituvchi qanday qilib o`quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtiradi?
76. Grammatik materialni o`rganishning har xil bosqichida darslik bilan qanday ishlanadi? Aniq misollar keltiring.
77. Grammatik, leksik va so`z yasalishiga oid mashqlarni ta'riflang.
78. Maktabda so`zning morfemik tarkibi va so`z yasalishini o`rganish nima uchun katta ahamiyat kasb etadi?
79. I-IV sinflarda so`zning morfemik tarkibini o`rganish tizimi mohiyatini oching.
80. Siz o`quvchilarni bir xil o`zakli so`zlarning muhim byelgilari bilan qanday tanishtirardingiz? Bu tushunchani shakllantirishga qanday shartlar yordam beradi?
81. So`z yasovchi qo`shimchaning tilimizdagi ahamiyatini o`zlashtirishda o`quvchilarga qanday yordam beriladi?
82. Shakl yasovchi qo`shimchalarni o`rganishning o`ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.
83. Dasturga muvofiq so`zning tarkibi va yasalishiga oid dars ishlanmasini tayyorlang.


Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə