Amaliy ish. Ishdan maqsad


O’qituvchi - o’quv jarayonini tashkil etuvchi subyekt



Yüklə 84,78 Kb.
səhifə11/15
tarix24.12.2023
ölçüsü84,78 Kb.
#159365
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-Amaliy mashg\'ulot (1)

O’qituvchi - o’quv jarayonini tashkil etuvchi subyekt
O’qituvchining o’z ishiga ijodiy yondashuvi jamiyat hayotidagi o’zgarishlar, yangiliklarni tezda ilg’ay bilishi, fan yangiliklari-ni o’rganib, o’z faoliyatida qo’llashi bilan ifodalanadi. Buning uchun esa o’quvchi tezkor axborot bilan ta’minlanishi darkor. Axborotning roli beqiyos o’sgan davrda kerakli ma’lumotlarsiz iqtisodiy hodisalarni o’rganish, tahlil qilish, xulosa chiqarish mumkin emas.
O’qituvchi - o’quv jarayonini tashkil etuvchi subyekt
Axborot to’plashning asosiy usullari quyidagilar:

  • bibliografiya tizimi;

  • o’qituvchi va talabalar tomonidan to’plangan ma’lumotlarni tizimlash;

  • o’qituvchilar kuchi bilan yangi adabiyotlarga taqrizlar va sharhlar yozish;

  • ilmiy munozaralar tashkil qilish va ilmiy dokladlarni muhokama qilish, internet axborotidan foydalanish va hokazolar.



O’qituvchi - o’quv jarayonini tashkil etuvchi subyekt
Lekin shuni yodda tutish kerak:

  • Allaqachonlar ko’pchilik bir fikrga kelgan masalalar, iboralar bo’yicha qaytadan munozara boshlamaslik;

  • Meyordan chiqmaslik, hamma mavzuda albatta munozarali savolni o’rtaga tashlash shart emas;

  • U yoki bu muammo, tushuncha haqida boshqalar o’z fikrlarini aytgach, albatta, munosabat bildirish;

  • Munozarali savollarni avvalo kafedra yig’ilishida muhokama qilib, bir fikrga kelish, so’ngra talabalar muhokamasiga qo’yish kerak.

  • Shu bilan birga, murakkab hodisa-jarayonlarni asossiz ra-vishda soddalashtirishga ham urinmaslik kerak. Har bir masalaga bir tomonlama yondashish ham noto’g’ri xulosa chiqarishga olib ke-lishi mumkinligini yoddan chiqarmaslik zarur.

  • Dars o’tishda o’qituvchi talabalarning qaysi guruhini mo’ljalga olishi kerak: bilimdonlarnimi, bilimi o’rtachalarnimi yoki bilim doirasi pastlarnimi? Bu savolga javob berish uchun har qanday darsda mazmun va shaklni hisobga olish kerak.

  • Har qanday ma’ruza mazmunan nazariy jihatdan yuqori darajada, shaklan esa hammaga tushunarli bo’lishi kerak. Ma’ruzaning hammabopligi avvalo unig shakliga, uslubiga, qanday auditoriyada o’qilishiga bog’liq. Ko’pincha, talabalardan o’qituvchi zerikarli ma’ruza o’qiydi, tushunib bo’lmaydi, degan shikoyatlarni eshitish mumkin. Tajribali pedagoglar buning sababini didaktikaning prinsiplari buzilganida, izchil mantiqning yo’qligida, gaplarning murakkab tuzilishida, yaxshi misollar tanlanmaganligida, oldingi ma’ruza bilan bog’lanish yo’qligida deb ko’rsatishadi.


Yüklə 84,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə