Amaliy ish. Ishdan maqsad



Yüklə 84,78 Kb.
səhifə1/15
tarix24.12.2023
ölçüsü84,78 Kb.
#159365
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-Amaliy mashg\'ulot (1)


Mavzu: Shaxsga yo‘naltirilgan ta’ lim texnologiyalari
Semenar mashg’ulot-2.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’ lim texnologiyalari
AMALIY ISH.
Ishdan maqsad: Ta’lim-tarbiya jarayonida informatikaning ahamiyati, informatika o’qitish metodikasining fan sifatidagi roli, dasturlarning keng qamrovli imkoniyatlaridan foydalanishni o’rganish va amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
Bilim va ko’nikmalarga talablar: Talabalar axborot texnologiyalar, metodika, pedagogik texnologiya, texnik va tashkiliy ta’minotlar haqida, dasturlar yordamida elektron o’quv-metodik vositalar va resurslar yaratishni bilishi lozim.
Amaliy mashgulotni o’tkazish uchun kеrakli jixozlar: Pеntium-IV kompyutеr, printеr, kompyuter dasturlari.


ISH REJASI:
Informatika va axborot texnologiyalari fanida AKT larni qo’llash.

  • Metodika va uning vazifasi.

  • O’qitishning metodik tizimi.

  • Tashkiliy ta’minot.

  • Texnik ta’minot.

Keltirilgan reja asosida mustaqil hisobot yozing.


Mamlakatimizda hozirgi paytda yoshlarga ta’lim va tarbiya berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim–tarbiya hamisha jamiyat taraqqiyotining asosi bo’lgan. Chunki, inson jamiyatdagi barcha munosabatlar, aloqalarning markazida turadi. Fan-texnika va axborotdagi revolyutsiya inson va uning ilmiy-ma’rifiy potensialini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylantirdi.


Fan-texnika taraqqiyotining ilg’or natijalarini qo’llash, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, yuqori samarali texnika - texnologiyalardan foydalanish bilan bir qatorda, eng muhimi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bu boradagi muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi.
«Biz oldimizga qanday vazifa qo’ymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati tug’ilmasin, gap oxir-oqibat baribir kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag’asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi o’rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlarni tayyorlashga bog’liqdir»1
Mamlakatimizda qabul qilingan «Ta’lim to’g’risidagi qonun» va 1997 yildan kuchga kirgan kadrlar tayyorlashning «Milliy dastur»i bo’yicha butun ta’lim tizimi isloh qilinar ekan, asosiy diqqat ana shunday saviyadagi kadrlar tayyorlashga qaratilgan.
Yoshlar tarbiyasi xamda ularni tarbiyalashda ta’lim tizimining naqadar ahamiyatga egaligi, Prezidentimizning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining «Ta’lim-kelajakka yo’naltirilgan sarmoya» mintaqaviy konferensiyasi ishtirokchilariga yo’llagan tabrigidagi ushbu jumlalardan ham anglash mumkin: «Hozirgi paytda bir haqiqatni har qachongidan ko’ra teran anglab olish muhim ahamiyatga ega. Samarali ta’lim tizimini yaratmasdan turib, jamiyatni isloh etish bo’yicha belgilangan vazifalar ijrosini tasavvur etish qiyin. Ushbu sohaga ustuvor ahamiyat berilishi shubhasiz, uning kelgusi taraqqiyoti uchun zamin hozirlashdir»2
Bilimdon mutaxassis kadrlarni tayyorlash, inson salohiyatini yuzaga chiqarish esa har jihatdan ustozlarga, ularning bilimdonlik bilan o’qitish jarayonini tashkil qilishi va dars berishiga bog’liq. Shuning uchun ham o’quv jarayonini tashkil etish, o’quvchilarning chuqur bilim olishiga yordam beruvchi o’quv uslublarini qo’llashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yüklə 84,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə