Amaliy ish. Ishdan maqsad


Informatika o’qitish metodikasi



Yüklə 84,78 Kb.
səhifə4/15
tarix24.12.2023
ölçüsü84,78 Kb.
#159365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-Amaliy mashg\'ulot (1)

Informatika o’qitish metodikasi
Informatika o’qitish metodikasi – informatikani o’quv predmeti sifatida va turli yoshdagi o’quvchilarga uni o’rgatish jarayonining qonuniyatlarini o’rganadigan fandir.


Informatika o’qitish metodikasi
Informatika o’qitish metodikasi – fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmida, O’zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllandi. Bunga asosiy omil bo’lib, o’rta umumta’lim maktablarida “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” predmetining kiritilishi bo’ldi. O’zbekistonda informatika o’qitish metodikasi dastlabki ilmiy izlanishlar prof. M.Z. Ziyoxo’jayev, A.A. Abduqodirov va boshqalar tomonidan olib borildi va bu sohada ma’lum yutuqlarga ham erishildi.
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida yangi bo’g’in, ya’ni O’MKHT ni kiritilishi bilan informatika o’qituvchilari uchun informatika o’qitish metodikasini yaratish vazifasi dolzarb muammolardan biri bo’lib qoldi. Informatika o’qitish metodikasida quyidagi asosiy masalalar ko’riladi va hal etiladi:

  • informatika o’qitishning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

  • o’quv predmeti sifatida informatika o’quv predmetining mazmunini nimalar tashkil etishi kerak?

  • informatikadan o’quv materiali o’quvchilarga qanday ketma-ketlikda yetkazilishi kerak?

  • informatikadan o’quv materialini to’liq va chuqur o’rganish uchun ta’limni tashkil etishning qanday shakllaridan, amalga oshirish uchun esa qanday metod va vositalaridan foydalanish lozim?



Informatika o’qitish metodikasining maqsadi
Informatika o’qitish metodikasini o’rganishning maqsadi o’qituvchilarda o’zining shaxsiy metodik tizimini ishlab chiqish va shakllantirishdan iborat.


O’qitishning metodik tizimi





Informatika o’qitish metodikasiga ...
Informatika o’qitish metodikasiga “Informatika” o’quv predmetini o’qitish uchun o’quv-metodik, dasturiy, tashkiliy va texnik ta’minotni tadqiq etish hamda ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan, pedagogika va informatika fanining bir shoxobchasi sifatida qarash mumkin.
O’quv-metodik ta’minot
O’quv-metodik ta’minot sohasida informatika o’qitish metodikasi o’z oldiga o’quvchilar uchun darslik va o’quv qo’llanmalarini, o’qituvchilar uchun esa uslubiy ishlanmalarni yaratishni maqsad qilib qo’yadi. O’quv-metodik ta’minot – o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalarni, shu jumladan, ularning elektron variantlarini qamrab oladi. O’quv-metodik ta’minotning hozirgi vaqtdagi muhim tarkibiy qismi elektron o’quv-uslubiy materiallardir.
Dasturiy ta’minot
Dasturiy ta’minot sohasida informatika o’qitish metodikasi yangi dasturiy mahsulotni ishlab chiqishni, muayyan dasturiy mahsulotdan foydalanish maqsadga muvofiqligini asoslab beradi. Informatika kursining dasturiy ta’minoti kompyuterlarning bazaviy tayanch dasturiy ta’minoti va informatika kursining ma’lum bir mavzularini o’rganishga yordam beradigan pedagogik dasturiy vositalar (PDV) kompleksidan tashkil topadi.



Yüklə 84,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə