Andijon davlat pedagogika instituti


Nazorat savol va topshiriqlar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə5/31
tarix28.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#133285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
MARUZALAR

Nazorat savol va topshiriqlar
1. Maktabgacha ta’limda menejment faoliyati turi haqida nimalarni bilasiz? 2.Boshqaruv tizimi qanday tizim?
3. Oliy ma’lumotli mutaxassislardan samarali foydalanish uchun nima kerak?
4.Ta’lim tizimida qanday usullarini bilasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. S.S.G‘ulomov.Menejmet asoslari.T.: «Fan» 2002y.

  2. A.Tо‘xtaboyev Ma’muriy menejment. T.: «Moliya» nashriyoti 2003 y.

  3. M.Sharifxо‘jayev, Y.Abdullayev Menejment. Darslik. T.: «О‘qituvchi»2001y.

  4. Sh.Qurbonov,E.Seytxalilov Ta’lim sifatini boshqarish.T.: «Turon-Iqbol»: 2006y.

  5. G‘.M.Qosimov “Tashkilot va tashkiliy boshqarish nazariyasi”. T.: A.Qodiriy 2004 yil


3-MAVZU. TA’LIM MENEJMENTI FUNKSIYALARI, METODLARI VA BOSHQARUV QARORLARI
Reja
1. Ta’lim menejmenti funksiyalarining asosiy vazifalari
2. Ta’limni boshqarish tamoyillari
3. Menejment qanday vazifani bajaradi?
4. Ta’lim boshqaruvining bosqichlari
5. Boshqaruvning tizimli uslublari
Tayanch tushunchalar: boshqaruv, bilish, strategik, reja, predmet, tamoyil, rag‘bat, metod, qonuniyatlar, funksiyalar, rejalashtirish, boshqarish, loyihalashtirish.
Ta’limni boshqarish qonuniyatlari boshqaruv jarayonida turli elementlar va hodisalarning obyektiv ravishda mavjud bo‘lgan, takrorlanuvchi o‘zaro aloqalarini aks ettiradi. Ular umumiy va xususiyga bo‘linadi. Umumiy qonuniyatlar boshqaruvning barcha tizimlariga xos bo‘lsa, xususiylari ayrim ta’lim tashkilotlari va tashkilotlarining amal qilishi bilan bog‘liq. Quyidagilarni boshqaruvning umumiy qonuniyatlari sirasiga kiritish mumkin: ustuvor samaradorlik va ongli rejali boshqarish; boshqaradigan va boshqariladigan tizimlarning, boshqarish subyekti va obyektining o‘zaro munosabati, boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi jarayonlarini kuchaytirish. Ushbu qonuniyatlarni ko‘rib chiqamiz. Ta’limni ongli boshqarishning ustuvor samaradorligi qonuniydir, chunki unda kechayotgan jarayonlarni rejali boshqarish tizimi amalda ushbu jarayonlarni beixtiyor tartibga soladigan boshqarish tizimlaridan samaraliroqdir. Hozirgi ta’limda boshqarishning barcha darajalarida dasturiy-maqsadli yondashuv, tizimli yondashuv va tahlil keng qo‘llanilayotganligi buning dalilidir. Boshqaradigan va boshqariladigan tizimlar, boshqarish subyekti va obyektining o‘zaro munosabati qonuniyat ekanligi boshqaruv sohasining boshqaruv ob’ekti talablariga muvofiqligini bildiradi. Chunonchi, iqtisodiyotni rivojlantirishda 90- yillarning o‘rtalaridan ko‘zga tashlangan siljishlar mamlakatimizda butun boshqaruv apparatini muayyan o‘zgartirishni talab qildi, bu hol 1997-yildan boshlangan ta’lim va kadrlar tayyorlashdagi islohotlar majmuida o‘z ifodasini topdi. Natijada ta’lim va uni boshqarish tizimi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti talablariga mos tushgan holda barqaror rivojlanish tamoyilini kasb etdi. Boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyalash jarayonlarining kuchayishini ham ta’limni boshqarishning umumiy qonuniyatlariga kiritish mumkin. Qonuniyat, birinchidan, boshqaruvda mehnatning bundan keyin ham gorizontal va vertikal taqsimotini aks ettiradi, bu hol boshqaruvning rivojlanganligi, boshqariladigan tizimlar ko‘lami kengayganligi, yangi funksiyalar va faoliyat turlari paydo bo‘lganligi bilan bogʻliqdir. Ikkinchidan, mehnat taqsimoti uning muvofiqlashtirilishini, ya’ni boshqaruv mehnatini kooperatsiyalashda o‘z ifodasini topadigan boshqaruv subuektlari ishi muvofiqlashtirilishini taqozo qiladi. Agar umumiy qonuniyatlar umuman boshqaruvga xos bo‘lsa, xususiy qonuniyatlar boshqaruvning ayrim tomonlari va tizimlari uchun xosdir. Quyidagilarni xususiy qonuniyatlar sirasiga kiritish mumkin: boshqaruv funksiyalarining o‘zgarishi, boshqaruv bosqichlari sonining maqbullashtirilishi, boshqaruv funksiyalarining jamlanishi va nazoratning keng tarqalish qonuniyati kabilar. Ta’limni boshqarish funksiyalarining o‘zgarish qonuniyatlari boshqaruvning turli ierarxik darajalarida bir funksiyaning yuksalishi, boshqasining pasayishini bildiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi darajasida asosan ta’lim mazmunini qamrab olgan strategik vazifalar (o‘quv rejalari, dasturlari, davlat ta’lim standartlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqalar) hal qilinsa, ta’lim tashkiloti darajasida ko‘proq umumiy o‘rta ta’lim maqsadlarini amalga oshirish bilan bog‘liq taktik masalalar hal etiladi. Boshqaruv bosqichlari sonini maqbullashtirish qonuniyatlari boshqaruvning ortiqcha bo‘g‘inlarini bartaraf etishni taqozo qiladi, bu hol uning moslashuvchanligi va tezkorligini kuchaytiradi. Ta’limni boshqarish funksiyalarini jamlash shundan iboratki, har bir boshqaruv bosqichi funksiyalarni ko‘proq jamlashga, ya’ni boshqaruv xodimlari sonini ko‘paytirishga intiladi. Barcha mamlakatlarda byurokratik apparat soni oshib borayotgani haqida ma’lumotlar bu qonuniyatni yaqqol namoyish etadi. Nazoratning yoyilganlik qonuniyati qo‘l ostidagi xodimlar soni bilan boshqaruv xodimi tomonidan ularning faoliyatiga samarali rahbarlik qilish va ishlarini nazorat qilish imkoniyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi. Ta’limni boshqarishning (ham umumiy, ham xususiy) qonuniyatlari ob’ektiv xususiyatga ega bo‘lib, kishilar faoliyatini boshqarish jarayonida amalga oshiriladi. Ta’limni boshqarish tamoyillarini shakllantirishda boshqaruv qonuniyatlari to‘liq hisobga olinishi kerak. Ta’limni boshqarish tamoyillari — bu boshqaruv tizimi, tuzilmasi, boshqaruvni tashkil etishning asosiy talablarini belgilab beruvchi qoidalar demakdir. Boshqaruv tamoyillari ham, qonuniyatlar kabi, umumiy va xususiyga bo‘linadi. Ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari universal tabiatga ega bo‘lib, boshqaruvning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadi. Quyidagilarni ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari sirasiga kiritish mumkin: aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, rejalilik, bilimdonlik, intizomlilik, rag‘batlantirish, ierarxiklik (pog‘onalilik). Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili dasturiy-maqsadli boshqaruvning mohiyati bilan belgilangan bo‘lib, har bir ta’limni boshqarish organi va uning har bir bo‘linmasi oldiga maqsadlar aniq qo‘yilishini ko‘zda tutadi. Bunda maqsad haqiqatan ham erishish mumkin bo‘lgan va iloji boricha aniq-ravshan belgilangan bo‘lishi kerakki, bu ish aqlga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi, xodimlar sa’y-harakatini uning ijrosiga safarbar etadi. Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili qo‘yilgan maqsadlargina emas, balki ana shu maqsadlarning zarur resurslar bilan nisbati darajasini aniqlashni ham nazarda tutadi. Bunda maqsadlarni ularga erishish uchun zarur bo‘lgan asosiy resurslar bilan bog‘lashni ta’minlashgina emas, balki diqqat-e’tiborni maqsadlarga erishishga xalaqit berayotgan eng zaif bo‘g‘inga qaratish ham kerak bo‘ladi. Ta’limni rejali boshqarish tamoyili ham dasturiy-maqsadli boshqarish bilan bog‘liq bo‘lib, harakat dasturini tuzish va uni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Rejalilik ish sharoitini normallashtirish va uni ijrochilar o‘rtasida taqsimlashda ijrochilar xatti-harakatlarini muvofiqlashtirish va ularga yo‘l-yo‘riq berishda, shuningdek har bir ishning va umuman dasturning bajarilishini hisobga olish va nazorat qilishni tashkil etishda namoyon bo‘ladi. Ushbu tamoyilning amalda bajarilishi butun boshqaruv tizimi reja asosida tashkil etilishiga olib keladi. Bilimdonlik tamoyili menejerning boshqaruv ob’ektini bilishini, hech bo‘lmaganda, qarorlar qabul qilishda mutaxassislarning foydali maslahatlarini qabul qilishga qodirligini anglatadi. Bilimdonlik tamoyili mehnatning funksiyalar bo‘yicha gorizontal taqsimlanishi bilan bog‘liq. 56 Boshqaruvning har qanday tizimida har qanday darajada mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan intizom boshqaruvning ajralmas tamoyili hisoblanadi. Intizom rahbar ko‘rsatmalarining, lavozim vazifalarining, yo‘riqnomalarning, buyruqlarning va boshqa direktiv hujjatlarning shubhasiz bajarilishini ko‘zda tutadi. Intizom darajasi ko‘p jihatdan boshqaruv madaniyatini belgilaydi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə