Andijon davlat pedagogika instituti


Nazorat savol va topshiriqlar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə6/31
tarix28.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#133285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
MARUZALAR

Nazorat savol va topshiriqlar
1. Ta’lim menejmenti funksiyalarining asosiy vazifalarini aytib bering?
2. Ta’limni boshqarish tamoyillari deganda nimani tushunasiz?
3. Menejment qanday vazifani bajaradi?
4. Ta’lim boshqaruvining qanday bosqichlarini bilasiz?
5. Boshqaruvning qanday tizimli uslublari bilasiz?
6. Bilimdonlik tushunchasini izohlab bering.


Foydalanilgan adabiyotlar
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. S.S.G‘ulomov.Menejmet asoslari.T.: «Fan» 2002y.

  2. A.Tо‘xtaboyev Ma’muriy menejment. T.: «Moliya» nashriyoti 2003 y.

  3. M.Sharifxо‘jayev, Y.Abdullayev Menejment. Darslik. T.: «О‘qituvchi»2001y.

  4. Sh.Qurbonov,E.Seytxalilov Ta’lim sifatini boshqarish.T.: «Turon-Iqbol»: 2006y.

  5. G‘.M.Qosimov “Tashkilot va tashkiliy boshqarish nazariyasi”. T.: A.Qodiriy 2004 yil


4-MAVZU: MENEJMENTNING IJTIMOIY OMILLARI
Reja

Tayanch so‘zlar: menejment, kasbiy tayyorgarlik, raqobatdosh, kasbiy mahorat, zamonaviy mutaxassis, jarayon, natija, miqdor, sifat.
O‘zbekiston Respublikasida kasb-hunar ta’limi, raqobatbardosh kadrlarni mamlakatimizda va chet ellarda fan, texnika, texnologiya hamda iqtisodiyotning rivojlanishini hisobga olgan holda mutanosiblik tarzida kadrlarni tayyorlashni amalga oshiradi. Raqobatbardosh mutaxassislarning yangi avlodi istiqbol masalalarni qo‘yish va hal qilish qobiliyatiga, yuqori fikrlash madaniyati hamda ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy axborot bobida mustaqil yo‘nalish olish mahoratiga ega bo‘lishi darkor. Zamonaviy mutaxassis tabiiy-ilmiy va kasb-hunar bilimigagina emas, balki o‘zining ma’naviyati va madaniyatini belgilovchi gumanitar bilimlarga ham ega bo‘lishi darkor. Axloqiylikdan mahrum mutaxassis qabul qilinayotgan qarorlarning haqiqiy oqibatlari uchun o‘ziga ham, jamiyatga ham javob bera olmaydi. Mamlakatimiz ta’lim tizimining maqsadi, vazifalari, jarayoni va natijasining tub farqi shunda. Yuqorida ta’kidlanganidek, kasb-hunar ta’limidan ko‘zlangan asosiy maqsad raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash hamda raqobatbardosh ta’lim xizmati ko‘rsatishdan iborat. Islohotlargacha bo‘lgan davrda, barcha darajadagi kadrlarni tayyorlash sifati past bo‘lganligi oqibatida, bu maqsad to‘liq bajarilmasdi. Respublikadagi hunar-texnika bilim yurtlari asosan ikkinchi razryadli, malakasi past ishchi kadrlarni tayyorlar edi. Ularni ishlab chiqarishda yuqori malakali qilib «yetishtirish» uchun ko‘p vaqt va mablag‘ talab etilardi. Past sifatli mutaxassislarni tayyorlash, ayrim istisnolar bilan oliy ta’limga ham xos edi. Buning sababi ko‘p darajada: Mutaxassislarni ommaviy chiqarish, respublika iqtisodiy va ijtimoiy hayotining asossiz ehtiyojlari, bu hol soxta lavozimlar nomenklaturasi ortishiga olib keldi. Bu omil oliy ma’lumotning nufuzi va uning sifat ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talab pasayishini keltirib chiqardi; Oliy ma’lumotli mutaxassislar mehnati natijalari ham miqdor, ham sifat jihatdan qadrsizlanishi. Yangi texnika va texnologiyani yaratadigan mutaxassis o‘zining ijodi natijalarini ro‘yobga chiqaradiganlardan kam maosh olardi. Ayni mahalda yuqori malakali mutaxassislarning ko‘pchiligi o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga xos kasbiy vazifalarni bajarishardi; Mutaxassislar tayyorlash va ulardan foydalanishda raqobatchilik sharoiti yo‘qligi, bu hol ularning ta’limi sifatiga qo‘yiladigan talablar jiddiy pasayishiga olib keldi. Mazkur sabablardan tashqari, tayyorlash jarayonida sifatni yaxshilash ko‘zda tutilmagan, bir xil darajadagi qat’iy cheklangan oliy ta’lim tizimi ham mutaxassislar tayyorlash sifatining pasayishiga olib keldi. Odatda, qancha qabul qilingan bo‘lsa, shuncha mutaxassis chiqarilardi (ozgina saralanish bundan mustasno), to‘g‘rirog‘i, shuncha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom berilardi. Bunda, odatda, raqobatbardosh potensial mutaxassislar barcha bitiruvchilarning 7—12 %dan oshmasdi. Kasb-hunar ta’limining barcha darajalarida shunday kadrlar tayyorlashning natijasi ko‘pchilik bitiruvchilarning sifati pastligi hamda raqobatga dosh berolmasligidan iborat bo‘ldiki, bu mustaqil. O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishida jiddiy iqtisodiy ziyon еtkazdi. AQSh, Germaniya, Yaponiya, Fransiya va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasi barcha darajalardagi kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligiga:  Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning jips aloqasi;
 Ta’lim tashkilotlari tiplarining va fan, texnika, texnologiya hamda iqtisodiyotning eng so‘nggi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan kasb-hunar ta’limi dasturlarining xilma-xilligi;
kasb-hunar ta’limi tizimini iqtisodiyotning ustuvor hamda daromad keltiradigan tarmogʻiga aylantirish;
ta’lim tashkilotlarini zamonaviy o‘quv-uslubiy adabiyotlar hamda moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlash;
kasb-hunar ta’limi tizimiga yuqori malakali o‘qituvchilar va mutaxassislarni jalb etish;
ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish;
kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va baholashning obyektiv tizimini qo‘llash;
aql-idrokning rivojlanishi, o‘lchanishi va baholanishi, qobiliyatlar va shaxsiy fazilatlar muammosi, shuningdek, kasbga yo‘naltirish muammosi bo‘yicha psixologik-pedagogik tadqiqotlarni bajarish;
o‘qituvchilarning moddiy va ijtimoiy jihatdan yuqori darajada himoyalanganligi tufayli ta’minlanadi. Barcha darajadagi raqobatbardosh kadrlar tayyorlash strategiyasi negizida ularni tayyorlash sifatini uch asosiy bosqichda ta’minlashga majmuaviy yondashuv yotadi.
O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini modernizasiyalash –yuksak ma’naviyatli kelajak avlodni tarbiyalash negizidir. Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotida – bola o‘z rivojlanishi uchun eng ahamiyatli sohalarda va jihatlarda kattalar va tengdoshlar bilan keng hissiy-amaliy o‘zaro muomala tajribasini oladigan joydir, bolalar bog‘chasida bola o‘z ehtiyojlari, qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq holda individual rivojlanishiga bo‘lgan huquqini shu jarayon uchun tashkiliy-pedagogik sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiradi; pedagog o‘zining kasbiy va shaxsiyat fazilatlarini rivojlantiradi, rahbar bolalar va pedagoglar faoliyatining muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlaydi; tashkilot ota-onalarning o‘z bolalari uchun ko‘zda tutgan kelajagi yuzasidan fikrlari xususiyatlarini inobatga oladi va ularni bolalar bilan, hamda ta’limiy jarayonning barcha ishtirokchilari bilan konstruktiv-hamkorlik munosabatlarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltiradi. Bugungi kunda ta’lim sohasida turli xususiyatdagi, yo‘nalishdagi va ahamiyatdagi nihoyatda ko‘p innovatsiyalar mavjud, katta yoki kichik ko‘lamli davlat islohotlari o‘tkaziladi, ta’limning tashkil etilishiga, mazmuniga, uslubiyotiga, texnologiyasiga yangiliklar kiritiladi. Hozirgi vaqtda bolalar bog‘chasiga bolalar bilan ilg‘or innovatsion texnologiyalar va yangi dasturlar asosida ishlay oladigan pedagog zarur bo‘ladi. U pedagogik jarayonning ijodkori bo‘lishi, moslashuvchan fikrlashga ega bo‘lishi, innovatsiyalardan mohirona foydalanishi lozim. Ishning dolzarbligi shundan iboratki, oxirgi paytda maktabgacha ta’lim tashkilotida innovatsion texnologiyalarning qo‘llanishi masalasi tobora ko‘proq ko‘tarilmoqda, chunki ta’lim tashkilotining ishiga innovatsiyalarning joriy etilishi – maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish va isloh etishning eng muhim shartidir. Pedagogik innovatsiyalar deganda pedagogik faoliyatga yangiliklar kiritish, samaradorligini oshirish maqsadida ta’limning mazmuni va texnologiyasini o‘zgartirishlarni tushunish lozim. Shunday qilib, innovatsiyalar jarayoni yangilik mazmuni va tashkil etilishining shakllanishidan va rivojlanishidan iborat. Yangiliklar tashuvchisi – pedagog –innovatsiyalar jarayoni tuzilishining elementi sifatida yangilikni idrok etish, o‘zlashtirish va baholash, maqsad qo‘yish va maqsadga erishish birligi jihatidan tavsiflanadi. Motivatsiya (istayman), nazariy (qila olaman), texnologik (qilaman) va natija (olaman) intilishi va tayyorligining jamuljamligi maktabgacha ta’lim pedagoglarinign innovatsiya uquvliligi tizimini tashkil qiladi. Maktabgacha ta’lim pedagog xodimining kasbiy uquvliligi tuzilmafunksional modeli Izoh: Sh - shaxs, P – predmet (madaniyat), F – faoliyat, O – obyekt (bola) – kasbiy uquvlilikning shakllanish maydonlari; konsentrik aylanalar (IIV) – uning shaklanganligi darajalari; har bir blokdagi sektorlar, vektorlar bilan pedagogning ma’lum malakalari belgilangan. Shaxs tuzilishida va pedagogning innovatsion faoliyatda quyidagi muhim elementlarni ajratish mumkin. - motivlar, fikrlash yo‘nalishi, intilishlar, ular pedagogning yangilikka nisbatan ochiqligini va uni qabul qilishini tavsiflaydi; - ijodiy qobiliyat, masalan, kreativlik va individuallik. Faol o‘z-o‘zini anglash, pedagogik madaniyat, ijodiyot bazasi; -texnologik tarkibiy qismi, u an’anaviy vaziyatlarni turli-tuman hal etish yo‘llarini ta’minlaydi; - pedagogning o‘zi haqida va innovatsion jarayondagi o‘rni haqida adekvat tasavvurga yordam beruvchi refleksiya. Pedagogning yangilikka intilishi, innnovatsion salohiyati va xulqi, yangilikni qabul qilishi kabi fazilatlari ham juda muhim. Yangilik kiritish fenomeni yangiliklarni joriy qilish, yuqori aqliy salohiyat, tanqidiy munosabat, muqobil yo‘llarni izlashni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygan pedagoglarda uchraydi. V.A. Slastenin va L.S. Podimova jamoaning innovatsion salohiyatini yangiliklarni yaratish, qabul qilish va amalga oshirish, shuningdek eski, pedagogik samarasiz jihatlarni o‘z vaqtida yo‘qotish qobiliyati deb ta’riflagan. Innovatsion salohiyatning qismi bo‘lgan qabul qilish yangilikni sezish, unga tayyorlik, muammo bilan tanishish, uni hal etishning mavjud yo‘llarini tahlil qilish, yo‘lini tanlash, qaror qabul qilish oqibatlarini qabul qilish bilan belgilanadi. Innovatsion ta’lim jarayonida pedagogik faoliyatning mazmuni an’anaviy faoliyatdan ancha farq qiladi. Birinchidan, faoliyat mazmuni va texnologiyasini ishlab chiqish faoliyati ancha murakkablashadi, chunki uning texnologik asosi tez rivojlanadi. U pedagogning maxsus malakalari, ish usullari rivojlantirilishini talab etadi. Bundan tashqari, zamonaviy axborot texnologiyalari faoliyat sifatiga va uning mahsuliga qo‘shimcha talablarni qo‘ymoqda. Ikkinchidan, zamonaviy pedagogik jarayonning o‘ziga xosligi shuki, pedagog markaziy o‘rin tutgan an’anaviy ta’limdan farqli ravishda, bu еrda asosiy diqqat bolaga – uning faolligi, tanlovi, kreativligiga qaratiladi. Tarbiyachining muhim funksiyasi bolani o‘z faoliyatida qo‘llabquvvatlash, uning olamdagi muvaffaqiyatli ilgarilama harakatiga yordam berish, yuzaga keluvchi muammolar hal etilishini osonlashtirish, turli-tuman ma’lumotni o‘zlashtirishga yordam berish hisoblanadi. K. Rodjers, A.B. Orlov va S.Ya. Romashina jahon ta’limiy hamjamiyatida shu sababli yangi atama – fasilitator – o‘qishga yordam beruvchi, osonlashtiruvchi, ko‘maklashuvchi shaxs paydo bo‘lib, ishlatilayotganligini qayd etganlar. Uchinchidan, bilish materialini taqdim etish va tajribani berish yo‘llari pedagog va bolalarning intensiv muloqotini ko‘zda tutadi, pedagogning barcha bolalar bilan umumlashgan aloqasi ustuvor bo‘lgan, lekin tarbiyachining alohida bolalar bilan o‘zaro munosabati ancha kam bo‘lgan an’anaviy ta’lim turiga nisbatan zamonaviy ta’limda ushbu ta’lim sub’ektlari o‘rtasida ancha faolroq va qiziqarli o‘zaro munosabatlar bo‘lishini talab qiladi. Pedagog va bolaning ta’lim jarayonida tutgan o‘rnining o‘zgarishi o‘zaro munosabatlar, eng avvalo pedagoglar o‘zaro munosabatlari – integratsiyasi va o‘zaro moslashuvi tizimini qayta qurish, shuningdek «pedagog – bola –otaonasi» uchburchagida o‘zaro munosabatlarni takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu, bir tomondan, maktabgacha ta’lim tashkilotida innovatsion jarayonning zaruriy sharti, boshqa tomondan –uning natijasi va muvaffaqiyatining ko‘rsatkichi bo‘ladi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə