Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika»



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə29/34
tarix11.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143836
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Робот ма.матин darslik

Nazorat savollari:



  1. Rostlanuvchi EYular boshqa KEYu lardan farqi nima?

  2. Asosan mamlakatimizda qanday EYu lar qoʻllaniladi?

  3. EYU larni shartli belgilashni oxirgi harflarni nimani anglatadi?

  4. Mexanizmlar uzatmasi va robotlar uchun qanday dvigatellar ishlab chiqilgan?

Maruza-13: Komplekt elektr yuritmalar parametrlarini tashxislash
Reja:
13.1 Tashxis imkoniyatlari.
13.2 Tashxis sxemasini tuzilishi.


Tayanch soʻz va iboralar:
Komplekt elektr yuritmalar parametrlarini tashxislash, tashxis
imkoniyatlari, tashxis sxemasini tuzish, komplektr elektr yuritmalar
parametrlarini tashxislash.
13.1 Tashxis imkoniyatlari.
Kuchlanish - chastota va chastota / kuchlanish konverterlari A/D va D/A konverterlari safiga kiradi. Shunga qaramay ularni koʻrib chiqishga alohida boʻlim ajratilgan.





U/f va f /U konverterlarining blok - sxemalardagi shartli belgilari

a) U/f konverteri b) f/U konverteri


Mavjud boʻlgan juda koʻp diskret elementlarda yigʻilgan konstruk-siyalar bilan birga shu kunlarda koʻp hollarda bu konverterlarning integral modullari ishlatiladi.


Bu modullarning sxematik tuzilishi ularni kuchlanish -chastota va chastota-kuchlanish konverteri sifatida ishlatishga imkon beradi. Boshqarish injeniringida koʻp hollarda chastota - kuchlanish kon - verterlari ishlatiladi, chunki ular chastotani oʻlchashga imkon beradi.
U/f konverterlari
Qisqacha “U/f konverter” nomi bilan yuritiladigan kuchlanish - chastota konverterlarini toʻliq maʼnoda A/D konverter deb atab boʻlmaydi. Bu konverterlarning koʻp konstruksiyalari “delta modulyatsiyasi” prinsipida ishlaydi. Ularga raqamli chastotani oʻlchash qurilmasini qoʻshib, qiyinchiliklarsiz ulardan A/D konverter yaratish mumkin. Rasmda delta modulyatorning asosiy sxemasi koʻrsatilgan.





4.1-Rasm. Delta modulyatori prinsipida ishlaydigan kuchlannish - chastota konverterining asosiy sxemasi.



4.2 -Rasm. Signal -vaqt diagrammalari.

Delta modulyatsiya prinsipida ishlaydigan kuchlanish/chastota konverterlari sxemasining asosini integrator va komparator tashkil qiladi.


Oʻlchanadigan musbat kuchlanish Umeas konverterning boshlangʻich sxemasi boʻlgan integratorning kirishiga beriladi. Manfiy solishtirma kuchlanish - Uref T1 analogli kommoʻtatori orqali ulanishi mumkin. Konverterning ishlash prinsipi signal vaqt diagrammalarida aks.
Integrator chiqishidagi kuchlanish musbat ishorada boʻlsa JK - trigger (JK flip - flop) boshlangʻich holatiga oʻrnatiladi (Q = 0). T1 tranzistori yopiladi va shunda integratorning chiqish kuchlanishi oʻlchanadigan musbat kuchlanish taʼsirida soʻna boshlaydi.
Oʻlchanayotgan kuchlanishga proporsional boʻlgan davrda integratorning chiqish kuchlanishi soʻna borib nol potensialiga yetib boradi. Shunda komparator ishga tushib “agʻdariladi” (Ucomp =1) va uning chiqishidagi yuqori potensial (1) triggerning J-kirishida paydo boʻladi. Bu kuchlanish taʼsirida JK-trigger navbatdagi sinxronlash impulsi (Clock puls) bilan asosiy holatga oʻtib oladi (Q =1).
Triggerning chiqishidagi yuqori kuchlanish T1 tranzistorini ochiq holatga oʻtkazadi. Shunda integratorning kirishida oʻlchash va solishtirma kuchlanishlar ayirilib, differensial kuchlanish hosil boʻladi Ud = Umeas - Uref Solishtirma Uref kuchlanishning mutlaq qiymati oʻlchanadigan Umeas kuchlanish qiymatidan doim katta boʻlgani sababli integrator kirishidagi kuchlanish manfiy ishorada boʻlib, uning chiqishidagi UI kuchlanish integratsiya jarayonida oʻsishni boshlaydi.
Sinxron impulslar davriga yetmagan vaqt ichida integrator chiqishidagi UI kuchlanishi yana nol potensialiga tenglashib qoladi. Bu kuchlanish komparatorni qayta “agʻdaradi” (Ucomp = 0) va uning chiqishidagi past potensial (0) JK - triggerni navbatdagi sinxro impuls bilan boshlangʻich holatga (Q = 0) oʻtkazib qoʻyadi. Yuqorida ifodalangan jarayon uzluksiz qaytirilib turadi.
Natijada JK - triggerning chiqishida impulslar hosil boʻlib, ularning chastotasi integrator kirishidagi oʻlchanadigan kuchlanishning amplitudasiga proporsional boʻladi.
Integrator chiqishidagi musbat kuchlanishning oʻrtacha qiymati oʻzgarmaydi. Shu tufayli R1 va R2 rezistorlari orqali oqib oʻtgan toklar nisbati oʻzgarmasligi taʼminlanadi.
Oʻlchanadigan kuchlanish mavjud boʻlgani sababli R1 rezistori orqali oqayotgan tok konversiya davrida doim mavjud boʻladi. Sinxro impulslar davriga bogʻliq holda R2 rezistori orqali, qiymati R2 rezistorining qarshiligi va solishtirma - Uref kuchlanishi qiymatlari bilan belgilanadigan tok impulslari oʻtib turadi.



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə