Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika»



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə31/34
tarix11.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143836
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Робот ма.матин darslik

Nazorat savollari:



  1. Rostlanuvchi EYular boshqa KEYu lardan farqi nima?

  2. Asosan mamlakatimizda qanday EYu lar qoʻllaniladi?

  3. EYu larni shartli belgilashni oxirgi harflarni nimani anglatadi?


Maruza-14: Komplekt elektr yuritmalar parametrlarini
tashxislash sxemasi


Rela:
14.1 Tashxis sxemasi bloklarining vazifasi va imkoniyatlari.


Tayanch soʻz va iboralar:
Komplekt elektr yuritmalar parametrlarini tashxislash sxemasi, tashxis
imkoniyatlari, tashxis sxemasini tuzish, komplektr elektr yuritmalar
parametrlarini tashxislash.


14.1 Tashxis sxemasi bloklarining vazifasi va imkoniyatlari.
Chastota - kuchlanish konverterlari impuls shaklidagi signallarni analogli kuchlanishga oʻzgartirish uchun ishlatilgani sababli, bunday konverterlarni bevosita D/A konverterlar guruhiga kiritib boʻlmaydi. Shunga qaramay, bu konverterlar vaqtga bogʻliq boʻlgan jarayonlar parametrlarini, ayniqsa aylanish tezligi va umuman tezlikni oʻlchashda katta ahamiyatga ega. Rasmda chastota - kuchlanish konverterining asosiy funksional sxemasi keltirilgan.

14.1-rasm. Chastota - kuchlanish konverterining asosiy sxemasi.

Dastavval, chastotasi oʻlchanadigan turli shakldagi oʻzgaruvchan kuchlanish Shmidt triggeri yordamida toʻgʻri burchak shaklidagi impulsli kuchlanishga oʻzgartiriladi. Hosil boʻlgan impulslarning orqa fronti bilan monostabil trigger ishga tushiriladi. Monostabil trigger Shmidt triggeridan kelgan, vaqt davomiyligi har xil boʻlgan , impulslarning har biriga davomiyligi standart boʻlgan impulslar ishlab chiqaradi. Bu impulslar davomiyligi kirishdagi impulslar davridan kichik boʻlishi shart. Shu sababli konversiya boʻladigan chastotaning yuqori chegarasi monostabil trigger ishlab chiqargan impulslarning tp davomiyligi bilan chegaralanadi.


Monostabil triggerning Q chiqishidagi impulslar integrallovchi zanjirga beriladi. Bu zanjir chiqishidagi kuchlanishning qiymati vaqt birligiga toʻgʻri kelgan impulslar soniga, yaʼni konverter kirishidagi kuchlanishning chastotasiga proporsional boʻladi. Konverterning chiqish kuchlanish Uout tarkibida chastotasi kirishdagi kuchlanish chastotasining eng kichik qiymatidan katta boʻlgan pulsatsiyalar mavjud boʻladi.



14.2-rasm. Chastota - kuchlanish konverterining signal vaqt diagrammalari.


Integrallovchi zanjirning vaqt doimiysi (τ = RC) kattaroq olinsa, pulsatsiyalarning amplitudasi kamayadi, lekin uning tiklanish vaqti uzayadi. Shu sababli konverterga kirish chastotasining oʻzgarishlari chiqishidagi kuchlanish qiymatini muvofiq oʻzgartirish uchun maʼlum vaqt talab etiladi. Shuning uchun har bir konverter yaratilganda uning kirish chastotasi bilan chiqishdagi kuchlanishning oʻzgarish reaksiyasi muvofiqlashtiriladi.


Rasmda ikki chastota uchun ikkita misol keltirilgan.
Chastota - kuchlanish konverterlariga misol tariqasida RC 4153 f/U (Raytheon) integral modulining sxemasi rasmda keltirilgan.
Rasm quyidagi jadvalda konverterning turli diapazonlarda ishlashini taʼminlaydigan muhim elementlarining qiymatlari keltirilgan. Konverter kirishidagi monostabil element solishtirma tok manbaʼsini boshqaradi. Solishtirma tok impulslari integrallanadi.
14.3-rasm. Konverterning turli diapazonlarda ishlashini taʼminlaydigan muhim
elementlarining qiymatlari keltirilgan.

Chastota - kuchlanish konverteri siljish kuchlanishi va diapazoni oʻzgar-tirilishini sozlash sxemalari bilan oʻlchangan kattaliklarning raqam-li qiymatlarining protsessingi.


Shu bobning birinchi qismi oʻlchangan kattaliklarning analogli qiymatlarini tayyorlash va boshqa qurilmalariga uzatish masalariga bagʻishlangan edi. Raqamlangan (digitizing) qiymatlarning protsessingi arifmetik mantiqiy qurilmalarda amalga oshirilishi mumkin. Shu kunning texnologiyalarida bu maqsad uchun personal kompyuterlar ( qisqachasi “RS”) juda keng qoʻllaniladi.
Agar standart RS lar laboratoriyalarda ishlatilsa, sanoatda mahsus industrial kompyuterlari (IPC) ishlatiladi. Sanoat RS lari standart kompyuterlardan 1990 yillar texnologiyalariga xos boʻlgan metall korpusi, sovitish ventilyatsiyasi va changni oʻtkazmaydigan filtrlarining mavjudligi, qoʻshimcha modullar bilan birga ishlashni taʼminlovchi katta quvvatli manbaʼsi va funksional bloklari alohida ajratilganligi bilan farqlanadi. Sanoat kompyuterlarining displeulari ham metall korpusi bilan sanoat muhitining taʼsirlaridan himoyalangan.
Oʻlchangan kattalik qiymatlarini protsessing qilish maqsadidagi funksional masalalar personal kompyuterning kirishlariga dastur yozilgan mahsus kartalarni kiritish bilan amalga oshiriladi. 8 va 16 kanalli A/D konverterlarning kartalari metrologiyada alohida ahamiyatga ega. Analogli signallarni protsessingga kiritish kanallari umumiy yerga nisbatan ( bir simi yerga ulangan) va mutlaqo mustaqil boʻlishi mumkin. Kanallarning farqlash xususiyati (binar raqamning xonalar soni) odatda 12 ,14 yoki 16 bit boʻladi. Analogli signalni raqamga olish chastotasi 100 kHz gacha borishi mumkin.
Oʻlchangan kattalikning raqamlashtirilgan qiymatlari boshqa qurilmalarga ketma - ket yoki parallel tarzda uzatilishi mumkin. Raqamli qiymatlarni transmissiya qilish prinsiplari rasmda keltirilgan.
Parallel transmissiya usulida , misol uchun, 8 bitli informatsiya parallel bit va ketma- ket bayt rejimida transmissiya qilinadi.



14.4-rasm. Raqamli qiymatlarning transmissiyasi.

14.5-rasm. Parallel bit va ketma- ket bayt rejimida transmissiya qilish prinsipi.


Bu usul transmissiya masofasi kichik , signalni uzatish kabeli kalta yoki uzatish tezligi katta boʻlishi talab etilgan hollarda ishlatiladi. Usul, misol uchun, kompyutyerda yoki laboratoriyalarning oʻlchash sistemalarida qoʻllaniladi. Signalni uzatuvchi va qabul qilib oluvchi qurilmalarining orasidagi masofa katta boʻlib, uzun kabel ishlatiladigan hollarda signalni ketma-ket uzatish usuli ishlatiladi. Bunda har bir baytning bitlari ketma-ket transmissiya qilinadi. Rasmda ketma-ket bit va ketma-ket bayt prinsipda ishlaydigan transmissiya koʻrsatilgan.





Ketma-ket bit va ketma- ket bayt rejimida signalni trasmissiya qilish prinsipi.



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə