Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika»



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə2/34
tarix11.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Робот ма.матин darslik

Reja:
1.1. Kirish.
1.2. Faning maqsadi va vazifasi.
1.3. Fan rivojini tarixi.
1.4. Zamonaviy texnologik uskuna va komplekslarni boshqarishda
komplekt elektr yuritmalarni oʻrni.


Tayanch soʻz va iboralar:
Komplekt yuritmalar, funksional elementlar, stanoksozlik, qogʻoz ishlab chiqarish, metallurgiya, mashinasozlik, KEYU texnik maʻlumotlari, oʻzgarmas tokli komplekt elektr yuritma KEYUlarning seriallari, bir fazali, uch fazali koʻprikli yoki noli, noversiv yoki reversiv sxemalar, tiristorli oʻzgartkichlar, dvigatel, mexanik xarakat, koordinatalar datchigi, komponentlar.


1.5. Ularning vazifasi klastifikasiyasi va ularga qoʻyiladigan talablar.


1.1. Kirish.
Texnologik jarayonlarni boshqarish va avtomatlashtirishdagi istiqlolli yoʻnalishlardan biri oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tokda ishlaydigan komplekt elektr yuritmalar (KEYu) ni loyixalash va ishlab chiqarishdir.
Komplekt elektr yuritmalar harakteristikalari va parametrlari jixatidan loyixalanayotgan konstruksiyalanayotgan va tayyorlanayotgan paytdayoq, yahni buyutmachiga etkazib berilishidan oldin, komplekt tarkibiga kiruvchi barcha funksional elementlardan tashqil topgan rostlanuvchi elektr yuritmadan iborat.
Komplekt elektr yuritmalar borgan sari sanoatning koʻpchiligidan, yaʼni dastgoxsozlik, qogʻoz ishlab chiqarish, metallurgiya, mashinasozlik va boshqa soxalarda keng qoʻllanilmoqda.
Komplekt elektr yuritmalarning bunday keng koʻlamda qoʻllanilishiga sabab ularni loyixalash va tayyorlashda, nisbatan kam mexnat sarf-lanishida, elektromontaj va sozlash ishlariga qisqa vaqt talab qilishida, ekspluatatsiya qulayligidadir.
«Moslanuvchan robototexnik tizimlar va komplektlangan elektr yuritmalar» fani oliy oʻquv yurtlarida oʻqitilishiga moʻljallangan boʻlib, maʼlum darajada umummuhandislik fani hisoblanadi, yuqori malakali texnik xodimlar etishtirishda muhim rol oʻynaydi.
Bu fanning asosiy maqsadi, oʻzgarmas tokli, oʻzgaruvchan tokli mos-lanuvchan robototexnik tizimlar va komplektlangan elektr yuritmaning tranzistorli, tiristorli elektr yuritmasi haqida umumiy maʼlumotlar, ishlash prinsiplari hamda, keng rostlanadigan va tezkor elektr yuritmalar uchun boshqaruv tizimlarini ishlab chiqarish uslubiyoti oʻrganiladi.
«Moslanuvchan robototеxnik tizimlar va komplеktlangan elеktr yu-ritmalar» oʻquv fani yoʻnalish boʻyicha talabalar oʻzlashtiradigan ixti-soslik oʻquv fani boʻlib toʻrtinch bosqich talabalariga oʻqitilishi maqsadga muvofiq. Bu fan dasturining bajarilishi talabalarning mazkur bakalavr yoʻnalishining “Elеktr yuritma asoslari”, “Andozaviy tеxnik majmua-larning avtomatlashgan elеktr yuritmalari” va “Umumsanoat andozaviy mеxanizmlarining avtomatlashtirilgan elеktr yuritmalari” fanlarining oʻquv dasturlari bilan uzviy bogʻliq ravishda amalga oshiriladi.
Eski va yangi texnikani qoʻllashning natijalarini oʻzaro taqqoslash juda murakkab ish. Chunki sifat jihatdan yangi koʻrsatkichlar sodir boʻlib, bu koʻrsatkichlardan korxonani texnikaviy qayta qurollantirish ishidagi ijtimoiy iqtisodiy samarani aniqlashda foydalanish qiyin masaladir.
Agar jamoat manfaati nuqtai nazaridan aniqlangan talab va resurslar (mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha olingan buyurtma, mehnat faoliyati sharoitiga oid normativlar) hisobga olinsa, u holda birlashma yangi texnikani joriy etish samaradorligi topshirilgan buyurtma va nor-mativlarning bajarilishi bilan ifodalanadi. Demak, yangi texnikani shun-day tanlash kerakki, qoʻyilgan talablar eng kam resurslar harajati bilan amalga oshirilishi kerak.
Solishtirish yoʻli bilan aniqlanuvchi variantlarda robotlarni bunyod etish va ekspluatatsiya etish bilan bogʻliq boʻlgan hamma harajat va foydalar hisobga olinadi. Bunday hisob kitoblar ishlab chiqarish ja-rayonlarini robotlashtirishning iqtisodiy afzalliklarini roʻyobga chiqa-rishni mushkullashtiradi.
Sanoat robotlarini joriy etishni tezlashtirish uchun, bu hayrli ishga oid hodimlar ishlab chiqarishni robotlashtirishda faol ishtirok etishlari, moddiy va maʼnaviy qiziqishga ega boʻlishlari lozim.
Real hayotda esa sanoat robotlarini joriy etishga sarflanuvchi harajat bilan undan olinadigan konkret natijalar orasidagi muddatning choʻzilib ketishi, oʻz navbatida, sanoat robotlarini joriy etayotgan kollektivlarning yomon ahvolga tushib qolishiga sabab boʻlmoqda.
Hammaga maʼlum kundalik texnika va texnologiyaʼni mukammal-lashtirish bilan shugʻullanayotgan xodimlar esa moddiy ragʻbatlantirish soxasida oldinga chiqib kelmoqdalar.
Robototexnologik sistemalarni ishlab chiqish va keng tarzda qoʻl-lash uni iqtisodiy va ijtimoiy samarasini aniqlaydigan yagona metodik koʻrsatmani talab etadi.
Korxonani kompleks texnik qayta qurollantirishdagi variantlarini solishtirish shu narsadan dalolat berayaptiki, qayerda qoʻl mexnatini oʻrnini bosuvchi qimmat uskuna intensiv tarzda foydalanilayotgan boʻlsa, shu yerda eng koʻp iqtisodiy samara mavjuddir. Sanoat robotlarini kullash ikki va uch smenali ishda samara beradi.
Avtomatik uskunalarni donalab oʻrnatish va ulardan kam smenali ishlarda foydalanish samara oʻrniga zarar keltirishi muqarrardir.
Sanoat robotlarini bunyod etish va joriy etishdan olinadigan iqtisodiy samarani aniqlash metodikasi.
Metall kesish stanoklari tajribaviy ilmiy tadqiqot instituti (YeNIMS) tomonidan ishlab chiqilgan va 1984 yil yanvar oyida joriy etilgan yoʻriq-nomada oʻz aksini topgan. Bu yoʻriqnomada sanoat robotlarini bunyod etish va joriy etishda iqtisodiy samarani baholash yoʻllari jamoat fondidan toʻlanadigan pullar, ishlab chiqarishni tashkil etish shaklini yahshilash evaziga texnologik uskunalarning band boʻlish qobiliyati nihisobga olish, smenalararo yoʻqotuvni kiskartirish ishlabni robotlashtirishda rejalashtirish va dispetcherlik ishlarining tartibga solinishi nazarda tutilgan.
Robototexnikaning rivojlanishida kompyuterlarning bunyod etilishi katta ahamiyat kashf etdi. Chunki kompyuter dasturlovchi qurilma boʻlib uning asosida mutlaqo yangi koʻrinishdagi qurilma bunyod etish sharoiti tugʻiladi. Shu munosabat bilan kompyuter yordamida boshqariladigan ro-botlar paydo boʻldi.
Keyingi yillardagi taraqqiyotning muhim xususiyatlaridan biri inson imkoniyatini mukammalashtiruvchi vosita mikroelektronikadan foydalanishlar boʻlib hisoblanadi. Mexanika bilan elektronikaning birlashishi oqibatida mexatron qurilmalarini paydo boʻlishidir.
Xozirgi zamon robotlari tarkibiga bir yoki bir necha mexanik manipulyatorlar kiradi. Manipulyatorlar ilgarilama va burchakli holatda siljiy oladigan kinetik qismlardan iborat.
Manipulyatorning oxirida maxsus asboblar boʻladi. Robot monipulyatorlari avtomatik boshqaruv qurilmasiga ega boʻlib u oʻz navbatida sezgi (sensorli) qurilmalariga egadir.
“Moslanuvchan robototexnika tizimlar va kompleks elektr yuritmalar” oʻquv fani ishlab chiqarishning barcha sohalarida texnologik va sanoat mexanizmlarini maʻlum belgilangan funktsiyalarini bajarishga moʻljallangan maxsus tarkibga ega boʻlgan elektr yuritmalar, yaʻni komplekt elektr yuritmalar harakatga keltiradi.
Komplekt elektr yuritmalar tarkibiga cheklangan kuch, boshqaruv, himoya elementlari bilan jamlangan boʻladi. Bu fan ixtisoslik fanlarining yakuniy koʻrinishi boʻlib, ishlab chiqarish bilan bevosita bogʻlovchi vazifasini oʻtaydi.
“Moslanuvchan robototexnika tizimlar va kompleks elektr yuritmalar” fanni oʻqitishdan maqsad talabalarni:
-elektr yuritmalarni funktsional jihatdan zaruriy elektr jihozlar tanlashga oʻrgatish;
-tezligi boshqarilmaydigan asinxron elektr yuritmalarini komplekti va yordamchi jihozlari bilan taʻminlashga oʻrgatish;
-tezligi boshqariladigan asinxron elektr yuritmalari komplekti va yordamchi jihozlari bilan taʻminlashga oʻrgatish;
-oʻzgarmas tok elektr yuritmalari komplekti va yordamchi jihozlari bilan taʻminlashga oʻrgatishdan iborat;
-robototexnik va texnik majmualarlarning asosiy funksiyalarini taʼminlovchi ishchi organlarini harakatga keltiruvchi mexanik qurilmalar.
-turli xildagi yuritmalar boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishi;
-sanoat robotlarining va texnik majmualarning avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarini loyixalash, eksploʻtasiya etish va sozlash tajribasiga ega boʻlishi kerak.
Fanning vazifasi talabalarni robototexnik va texnik majmualarning avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarini ishlab chiqarishda qoʻllashning turli amaliy masalalarni tahlil etishga, mustaqil fikrlashga, qororlar qabul qilishga tayyorlashdan iborat.



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə