Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika»


Faning maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə3/34
tarix11.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Робот ма.матин darslik

1.2 Faning maqsadi va vazifalari.
Fanning vazifasi - uni oʻrganuvchilarga robototexnika tizimlarning va kompleks elektr yuritmalari, apparatlari, elementlari robotatexnika tizimlarining tuzilishi, ishlash printsiplari, klassifikatsiyasi, sozlanishi boʻyicha bilimlarga ega boʻlishi va ularga texnikaviy xizmat koʻrsatish boʻyicha amaliy koʻnikmalar hosil qilishdir.
Fanni qitishdan maksad. «Moslanuvchan robototexnika tizimlar va komplekslar elektr yuritmalari» oʻquv fanini oʻqitishdan maqsad tala-balarni:
- robototexnik qurilmalarning rivojlanish bosqichlari va ularning ishlab chiqarishdagi oʻrni toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan tanishtirish;
- robotlarning mexanika qismi toʻgʻrisida maʼlumot berish;
- robotlarning boshqaruv dasturiy taʼminotidan foydalanishga oʻrgatish;
- robototexnika va texnik majmualarning elektr yuritmalarining turlari va ularga qoʻyiladigan asosiy talablarni bilishga oʻrgatish;
- robotexnika va texnik majmualarning kuch sxemalari va ularni boshqaruv tizimlari ishlash rejimlari toʻgʻrisida bilimlarga ega boʻlishdan iborat.


1.3 Fan rivojini tarixi.
Garbiy yevropada birinchi sanoat roboti 1963 yilda Shvetsiyada tay-yorlangan. 1973 yilda Shvetsiyada 200 dan ortiq sanoat robotlari eksplua-
tatsiya qilingan. Shvetsiyada hammasi boʻlib sanoat robotlarini ishlab chiqa rish bilan sakkizta firma band boʻlib, 900 taga yakin sanoat robotlari ishlab chiqarildi, ularning 300 ta dan ortigi Shvetsiya zavod-larida ishlatilmokda. Shvetsiya bir million axoli jon boshiga tugri kela-digan robotlar soni buyicha birinchi urinda turadi. Bu kur satkich Yaponiyada 19ga, AQSHda 7 ga tengdir. 1980 yil ning oxirnda Fran-siyada 500 ga yakin, Italiyada 400 dan ortik, Angliyada 371 ta, Germa-niyada esa 1133 ta sanoat roboti ekspluatatsiya kilingan.
1981 yil may oyida Angliyada birinchi marta robotlashtirilgan va avtomatlashtirilgan yigʻuv uskunalari buyicha koʻrgazma oʻtkazildi. Parallel tarzda yigʻuv ishlarini avtomatlashtirish boʻyicha ikkinchi Xalqaro konferentsiya oʻtkazildi. Bu konferentsiyada Angliya, AQSH, Germaniya Federativ Respublikasida yigʻuv ish larini avtomatlashtirish, yigʻuv mashinalarini konstruktsiyalash, programma asosida ishlaydigan mani-pulyatorlarga qoʻyiladigan talablar muxokama etildi.
Angliyada 180 ga yaqin firma sanoat robotlaridan foydalanadi. Sanoat robotining oʻrtacha bahosi 25000 - 50000 funt sterlingdir.
Shvetsiya sanoat robotlari mayda seriyada ishlab chiqarishda yuqori unumdorlikni taʼmin etish uchun koʻpincha kampyuter bilan jihozlangan boʻladi. Robot kampyuter bilan aloqada boʻlib, raqamli programma bilan boshqariladigan stanok oʻrtasiga joylashtiriladi va undan detallarni yuklash, tushirishda bir stanokdan ikkinchi stanokka uzatishda foyda-laniladi.
Avstraliyalik mutaxassislar qoʻy yungini olish jarayonini robotlarga havola etdilar. elastik tutqichlar qoʻyni osoyishta koʻtarib, elektr qaychili manipulyator tagiga qoʻyadi. Hozircha robotlar insonga nisbatan toʻrt marta sekin ishlasalar ham, biroq kun boʻyi toʻxtamay ishlash qobiliyatiga egadirlar.
Ilmiy texnika inqilobi oʻziga xos muammolarni keltirib chiqarmokda, shulardan eng asosiysi ijtimoiy muommolardir.
Ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalar qoʻllanmokda. AQSH, Yaponiya, Germaniya va gʻarbiy yevropaning boshqa mamlakatlari korxo-nalarida robotlar odamlar oʻrnini egallamoqda. Odamlarchi? Koʻpchilik xollarda ishsizlik namoyon boʻlmoqda.Ilmiy texnika taraqqiyoti mehnatga layoqatli aholining AQSH da 8,5 foizi va Gʻarbiy yevropada 11 foizini boshqa ishga oʻtishiga sabab boʻlmoqda qolishiga sabab boʻlmoq-da. Sotsiologlar nuqtaiy nazaricha, avtomatlashtirish oqibatida sodir boʻlayotgan ishsizlik muammosini ham xal etish kerak. Keyingi vaqtlarda gʻarb matbuotida ilmiy texnika taraqqiyotining ijtimoiy oqibatlari bilan kurashishning yangi yoʻli zoʻr berib qidirilmoqda. Sanoatda yoʻq qilinayotgan ishchi oʻrinlariga maishiy xizmat koʻrsatish soxasida joylar tayyorlanayapti. vositalari yangi ish joylarida sanoatda qisqartirilgan ish joylariga qaraganda kam xaq toʻlanishi xaqida lom mim demadilar.
Yaponiya sanoat kompaniyalari korandalikni qoʻllab kelmokdalar. Ik-kinchi darajali ishchilardan vaqtinchalik ishlarda foydalanmokdalar.
Robototexnikaning bugungi kundagi holati. Hozirgi kunda xorijiy mamlakatlarda robotlarni ishlab chiqish va tayyorlash bilan ikki yuzga yaqin firma shugʻullanib kelayapti, jumladan Garbiy yevropadagi 90 ga yakin firmada 170 mingga yakin robotlar ishlab chiqilgan. Chet el mam-lakatlari robotlar ishlab chiqarishga 1990 yilgacha, boʻlgan davrga katta kapital mablagʻ ajratishgan edi. Masalan, AQSH va Yaponiya 1981-1986 yilda 0,5 va
1 milliard kapital mablagʻ ajratgan boʻlsa, 1986-1990 yilda har bir mamlakat 2 milliardga yakin dollar ajratgan. Hozirgi vaqtda bitta robotning tannarxi 4 ming dollardan 200 ming dollargacha. Robotlarni ishlab chiqarish va bunyod etish boʻyicha Yaponiya birinchi oʻrinni egallab kelmoqda. Dunyodagi mavjud robotlarning 38 foizi Yaponiyaga 25 foizi AQSHga, 22 foizi Frantsiyaga toʻgʻri keladi.
Germaniya Italiya, Frantsiya, Angliya va boshqa mamlakatlarda ham sanoat robotlarini ishlab chiqarish rivojlanib bormoqda.
Sanoat robotlarini ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda Yaponiya birin-chi oʻrinni egallashining asosiy sababi sanoat robotlari bilan shugʻul-lanuvchi firmalarga katta kapital mablagʻlar ajritilganligidadir. Agar bu sohaga 1969 yilda 0,4 milliard yen ajratilgan boʻlsa, 1976 yilda 15 milliard, 1977 yilda 18-20 milliard yen ajratilgan. Sanoat robotlarining bozor narxi 1977 yilda 100 milliard yenni tashkil etgan boʻlsa, 1985 yilda 260 milliard yenni tashkil etgan.
AQSH, Germaniyada ham sanoat robotlarini ishlab chiqarish uchun katta kapital mablagʻlar ajratilmoqda. Sanoat robotlarining bozor narhi. AQSHda 1977 yilda 50 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, 1985 yilda 1.400 million dollarni tashkil etdi.
Yaponiyadagi asosiy va yordamchi operatsiyalarni mexanizatsiyalash va avtomztlashtirishga oid vositalarni uch guruxga boʻlish mumkin:
- operator yordamida boshkariladigan manipulyatorlar;
- oldindan belgilangan dastur asosida ishlaydigan va qayta sozlanmay-digan avtomatik manipulyatorlar;
- dastur bilan boshqariladigan va avtomatik tarzda qayta sozlanadigan sanoat robotlari. Bundan robotlar, oʻz navbatida, tsiklli va raqamli dastur bilan boshqariladigan robotlarga boʻlinadi.
Yapon robotsozlari sanoat robotlarini maxsus texnologik maqsad boʻyicha ishlab chiqaradilar. Hatto universal sanoat robotlari buyurtmani talab etgan qoʻshimcha qismlar bilan jihozlanadi.
Juda koʻp jahon firmalari Yaponiya ishlab chika rayotgan sanoat robotlariga qoʻshimcha talablar qoʻymokdalar, jumladan, robotlar baxosini kamaytirish, konkret operatsiyalarni bajara oladigan va gruppa robotlarni kompyuterlar orqali boshqara oladigan qurilmalarni ishlab chiqarish, robotlarning epchil koʻllarini tayyorlash, robotlarni kerakli pozitsiyaga surib koʻya bilish; robotlarning xotira hajmini oshirish, boshqaruv sistemasi va ayrim qismlar ishonchliligini oshirish, robotlarda rangni, predmetlar holati va shaklini aniqlash; sanoat robotlari turlarining texnikaviy xarakteristikasini standartlashtirish; avtomatlashtirilgan ombor-lar ishlab chiqarish uskunalari bilan bogʻlangan komplekslarni ishlab chi-qish; robotlar yordamida buyumlarni joylash va taxlash ishlarini bajarish va hokazolar.
AQSH da ishlab chiqarilayotgan dasturli birinchi avlod robotlarining umumiy qimmati 1977 yilda 33 million dollarni, 1985 yilda esa 370 mil-lion dollarni tashkil etgan.
AQSH da sanoat robotlarining uch xil koʻrinishi seriyali ishlab chiqaril-moqda:

  • tik oyokda turib ishlaydigan odamni almashtira oladigan robot (ish zonasi 10 m3 va undan katta);

  • oʻtirib ishlaydigan odamni almashtira oladigan robot (ish zonasi 1- 1,2m3);

- eng aniq yigʻuv va oʻlchov operatsiyalarini bajaradigan robot
(ish zonasi 0,01—0,1m3). 2000 yilda borib sanoat robotlarining umu-miy soni 45000 donani tashkil etdi.



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə