Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika»


Zamonaviy texnologik uskuna va komplekslarni boshqarishda komplekt elektr yuritmalarni oʻrni



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə4/34
tarix11.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Робот ма.матин darslik

1.4 Zamonaviy texnologik uskuna va komplekslarni boshqarishda komplekt elektr yuritmalarni oʻrni.
Komplekt elektr yuritmalar borgan sari sanoatning koʻpchiligidan, yaʼni stanoksozlik, qogʻoz ishlab chiqarish, metallurigiya, mashinasozlik va boshqa soxalarda keng qoʻllanilmoqda. KEYu larning bunday keng qoʻllamda qoʻllanilishiga sabab, ularni loyixalash va tayyorlashda, nisbatan kam mehnat sarflanishida, elektromontaj va sozlash ishlariga qisqa vaqt talab qilishida, ekspluatatsiya qilish qulayligidadir.
Komplekt elektr yuritmalar quyidagi texnik maʼlumotlar orqali farq-lanadi:
- taʼminlanayotgan tarmoq kuchlanish;
-dvigatellar soni (bitta, ikkita yoki koʻp dvigatelli.) kuch oʻzgart-gichining turi va nominal parametrlari;
- dvigatelda revers mavjudligi yoki yoʻqligi;
- asosiy koordinatalar turi (tezligi,holati, choʻzilishi, quvvati boʻyicha rostlanuvchi EYu );
- tezlik rostlagichning diapazoni va yoʻnalishi (bir va ikki zonali). kuch zanjiridagi apparaturalarning tarkibi (chiziqli kontaktor yoki usiz);
- tormozlashning mavjudligi yoki yoʻqligi. taʼminlovchi tarmoq bilan aloqa turi (transformator, reaktor yoki bevosita aloqa).


1.5 Ularning vazifasi, klastifikasiyasi va ularga
qoʻyiladigan talablar.
U keng nomenklatura bilan harakterlanib, tarkibiga quyidagilar kiradi: taxogeneratorli va holatlar datchigi boʻlgan dvigatel. oʻzgarmas tokli dvi-gatel yakori va qoʻzgʻatish choʻlgʻamini taʼminlovchi tristorli oʻzgartgich. kuch transformatori yoki reaktor. silliqlovchi reaktor. kommoʻtatsion va himoya apparaturasi (avtomatik uzgichlar, chiziqli kontaktorlar, rubilniklar). dinamik tormozlash qurilmasi (zarur boʻlsa). elektr yuritmani boshqarish sxemasi. taxogeneratorning qoʻzgʻatish choʻlgʻamini va elekt-romagnit choʻlgʻamini taʼminlovchi blok. yuqori kuchlanishli kirish shkafi (kerak boʻlsa) va nazorat qilish uchun apparatlar, priborlar va qurilmalar komplekti. Ishchi mashinalar va mexanizmlarning texnologik parametlar datchigi, shuningdek, boshqaruv pultiga oʻrnatiladigan boshqaruv va signal beruvchi qurilmalar spetsifik boʻlgan uchun odatda komplekt tarkibiga kiritilmaydi.
Oxirgi yillarda baʼzi stanoklar va maxsus mexanizmlarning yuritmalari uchun dvigatel, mexanik harakat, koordinatalar datchigi, baʼzi xollarda esa kuch oʻzgartgichlarni ham oʻzida mujassamlashtirgan, bir necha kompo-nentlardan iborat, yagona integrallangan konstruksiyaga ega boʻlgan elektr yuritmalar yaratilmoqda va qoʻllanilmoqda. Bunday elektromexanik modul (baʼzida mexatronli deb ataladi) koʻp xollarda oddiy koʻrinishdagi EYu ga nisbatan oʻzining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari yuqori boʻlishi bilan ajralib turadi.
RKTlarni rivojlantirish va yaratish yoʻlida bir qator qiyin muommolar turibdi,yaʼni faqat texnologik operatsiyalarni emas, toʻliq bir qator intellektual operatsiyalarni ham avtomatlashtirish masalari turibdi. Bunga maxsulotlarni proyektlarini tuzish, ishlab chiqarishni rejalashtirish, robot-larni harakatlarini programmalash, atrof muhitni modellashtirish (modelirovaniye sreda), ob’yeklarni tanish(raspoznovaniye), qurilmalarni diag-nostikasi va boshqa shunga oʻxshash masalalar.
Xozirgi vaqtgacha sanab oʻtilgan vazifalarni yyechish harakatdagi ishlab chiqarish sharoitida inson imkoniyatlari hisobga olinar edi. Ammo metodlarni rivojlantirish choralari va sun’iy intellekt vositalari bilan avto-matik sistemalarini konstruktsiyalash paydo boʻldi, yaʼni odam bajaradigan intelektual funktsiyalari imitatsiya qiluvchi. Bu sistemalar sun’iy intellekt sistemasi(SIS) deb atala boshlandi. Bunday SISlarni texnik ishlatish imkoni oxirgi yillarda mikro va mini - EHMlar va tezharakatlanuvchi mikroprotsessorlarni paydo boʻlishi boʻldi. SISlar - bu nima oʻzi, zamonaviy SIS - bu programmali intelektual masalalarni yechuvchi apparat, qaysiki EXMlar operatsiyalarni bajara oladigan, odamni funktsiyasini, yaʼni aqliy ish bilan band boʻlgan.
Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasini oshirish, mehnatni qisqartirishga olib keluvchi ishlab chiqarish vositalarini bunyod etish, oʻz navbatida, yangi resurslarni ishga solishni, yangi texnikani joriy etish va uni ommaviy tarzda tarqatishni taqozo etadi. Yuqori darajada mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilga ishlab chiqarishni tushirib boʻlgandan keyingina oshirilgan resurslarning harajati oʻzini oqlashi mumkin. Birinchi bosqichda mehnat hajmini kamaytiruvchi yangi texnikaning keng joriy etilishi asosiy fondlardan olinadigan samaraning vaqtinchalik kamayishiga, sanoat mahsuloti tannarxining oʻsishiga olib keladi hamda iqtisodiy samaraga keskin taʼsir etadi. Robototexno-logik sistemani joriy etishda eskirgan uskunalar yangisi bilan almash-tiriladi, natijada korxona boshqa sifatdagi mahsulot ishlab chiqarishga oʻtadi, mehnatining mazmuni va shart - sharoiti oʻzgaradi.
Robototexnikaning rivojlanishida kompyuterlarning bunyod etilishi katta ahamiyat kashf etdi. Chunki kompyuter dasturlovchi qurilma boʻlib uning asosida mutlaqo yangi koʻrinishdagi qurilma bunyod etish sharoiti tugʻiladi. Shu munosabat bilan kompyuter yordamida boshqariladigan robotlar paydo boʻldi. Keyingi yillardagi taraqqiyotning muhim xusu-siyatlaridan biri inson imkoniyatini mukammalashtiruvchi vosita mikroyelektronikadan foydalanishlar boʻlib hisoblanadi. Mexanika bilan elektronikaning birlashishi oqibatida mexatron qurilmalarini paydo boʻlishidir.
Xozirgi zamon robotlari tarkibiga bir yoki bir necha mexanik mani-pulyatorlar kiradi. Manipulyatorlar ilgarilama va burchakli holatda siljiy oladigan kinetik qismlardan iborat. Manipulyatorning oxirida maxsus asboblar boʻladi. Robot monipulyatorlari avtomatik boshqaruv qurilmasiga ega boʻlib u oʻz navbatida sezgi (sensorli) qurilmalariga egadir.



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə