Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


Maktabgacha ta’lim muassasalarida qurish-yasash mashg‘ulotini



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

Maktabgacha ta’lim muassasalarida qurish-yasash mashg‘ulotini
tashkil
etishda ham matematikadan keng foydalaniladi. “Qurish-yasash” turli predmetlarni,
qism va elementlarni ma’lum bir holatga keltirish, ma’nosini bildiradi. Qurish-
yasash faoliyati - amaliy faoliyat bo‘lib, oldindan belgilangan, biror maqsadga
qaratilgan real voqelikdir. Bu mashg‘ulotlarda bolalar legolardan, kubiklardan, turli
materiallardan
foydalanadilar.
Maktabgacha
ta’lim
muassasasalarda
konstruktorlardan (taxtali, plastmassa, metall va keramikadan) foydalanadilar. Bu
to‘plamlar orqali turli konstruksiyalar yasash mumkin. Tarbiyachi rahbarligida
bolalar oddiy birlashtirish usulidan suratlar bo‘yicha turli xil harakatli
konstruksiyalar yasaydilar. Asosiy diqqat bolalarni ma’lum qismlarini birlashtirish
malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Bunda bolalarni qo‘llarini muskullari ishtirok
etadi, qo‘l muskullari hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Tarbiyachi rahbarligi ostida
bolalar yangi birlashtirish yo‘llarini va turli xil harakterdagi konstruksiyalarni
rasmga, chizmaga qarab yaratishga o‘rganadilar. Bu ishlarni bolalarga taklif
etishdan oldin, tarbiyachining o‘zi bu konstruktorlar, ularga berilgan metodik
ko‘rsatmalar bilan yaxshilab tanishib, o‘rganib chiqishi zarur. Bolalarga qurilish
materiallari va konstruktorlar to‘plami hammasi birdaniga berilmaydi, balki asta-
sekin, ketma-ket bolalarning o‘zlashtirishlariga qarab beriladi. O‘yin davomida
bolalar fazoda o‘lcham olish, kattaliklar, munosabat, to‘plam tushunchalarni
nutqlarida keng qo‘llaydilar.
Tabiat bilan tanishtirish
va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga
o‘rgatishda ham matematik tasavvurlar shakllanadi. Bolalar zamon va makon, vaqt,
o‘lchamlar va boshqa tushunchalarini shu mashg‘ulotlarda aniqlab oladilar.
Mashg‘ulot, ekskursiya bolalar kichik-kichik guruhlari bilan o‘tkaziladi. Buning
uchun yashab turgan joy, tabiatni kuzatish yoki tabiat quchog‘ida mehnat qilishni
kichik guruhlar bilan, jamoa tartibda tashkil qilish samarali natija beradi. Jumladan,
o‘rgatish jarayonida har xil (ko‘rgazmali, amaliy, og‘zaki so‘zlashuv) usullardan
foydalanish maqsadga muvofiq.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə