Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


Bolalarni bilimlarini sinovchi mashg‘ulotlar



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

Bolalarni bilimlarini sinovchi mashg‘ulotlar
– ushbu mashg‘ulotlarni
o‘tkazishdan maqsad, tarbiyachi bolaning dasturda belgilangan bilim va malakalarini
egallash darajasini bilib oladi va keyingi ishlari davomida shularni inobatga oladi.
Asosan bunday mashg‘ulotlar faol usulda og‘zaki savol-javoblar, ko‘rgazmali
usullarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Mujassam mashg‘ulotlar
– bu mashg‘ulot bolalar bog‘chasi tajribasida keng
tarqalgan bo‘lib, bunday mashg‘ulotlarda bolalarga kompleks ravishda yangi bilim


beriladi. Mujassam mashg‘ulotlarni tashkil etishda mazmunan bog‘langan holda
bilimlar beriladi. Masalan: matematika mashg‘ulotlarni mujassamlashtirishda musika,
tasviriy faoliyat, tabiat bilan tanishtirish, sensor rivojlantirish mashg‘ulotlaridan
foydalanish mumkin.
Tarbiyachilar mashg‘ulot o‘tkazishda mashg‘ulotni loyixalashtiradilar.
Mashg‘ulotga tayyorlanish mazmuni quyidagilar bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
1. Mashg‘ulotni rejalashtirish.
2. Kerakli jixozlarni oldindan tayyorlash.
3. Bolalarni mashg‘ulotga tayyorlash.
Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarida matematik tasavvurlarni
rivojlantirishda mustakil faoliyatni talab qiladigan mashg‘ulotlar, ayniksa, o‘yin
bilan bog‘liq mashg‘ulotlar yaxshi samara beradi.
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda mashg‘ulotlardan
tashqari tarbiyachi o‘rgatishning har xil usullaridan, jumladan, amaliy, ko‘rsatmali,
og‘zaki, o‘yin usullaridan foydalanadi. Usulni tanlashda bir qator omillar mazkur
bosqichda yechiladigan dastur masalalari, bolalarning yosh va individual
xususiyatlari, zarur didaktik vositalarning mavjudligi va boshqalar hisobga olinadi.
Tarbiyachining metod va usullarning asosli tanlanishiga, ulardan ratsional
foydalanishga doimo e’tibor berib turishi quyidagi natijalarni ta’minlaydi:
- elementar matematik tasavvurlarning muvaffaqiyatli shakllanishi va ularning
nutqda aks ettirilishi;
- tenglik va tengsizlik munosabatlarini (buyumni soni, o‘lchami, shakli bo‘yicha)
idrok qilish va ajratish, natijaviy munosabatlar (o‘lchami yoki soni bo‘yicha
orttirish yoki, kamaytirish)ni, analiz qilinayotgan ob’ektlarning miqdori, shakli,
kattaligini umumiy belgi sifatida ajratish, aloqa va bog‘lanishlarini aniqlash malakasi;
- bolalar o‘zlashtirgan amaliy ish usullari (masalan, qarshi qo‘yish, sanash,
o‘lchash bilan taqqoslash)ni yangi sharoitlarda qo‘llashga yo‘naltirish va mazkur
vaziyatda ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar, xossalar, bog‘lanishlarni aniqlash,
topishning amaliy usullarini mustaqil izlashga yo‘naltirish.
Masalan, «Geometrik figuralar», «Kattalik», «Miqdor va sanoq»
bo‘limlariga oid masalalarni bir vaqtda hal qilish imkonini beradi. Bu xil
mashqlar mashg‘ulotlarning samaradorligini oshiradi. Didaktik o‘yinlardan eng ko‘p
foydalaniladi. Bola bilish mazmunini o‘yin shakliga kirgan o‘rgatuvchi masalani
(o‘yin mazmunida), o‘yin harakatlari va qoidalari oldindan nazarda tutilmagan
holda o‘zlashtiradi. Didaktik o‘yinlarning hamma turi (buyumli, stolda o‘ynaladigan
bosma va og‘zaki turlari) elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishning
samarali vosita va usullaridir. Buyumli va so‘z o‘yinlari matematika


mashg‘ulotlarida va ulardan tashqarida o‘tkaziladi, stolda o‘ynaladigan - bosma
o‘yinlar odatda mashg‘ulotdan bo‘sh vaqtlarda o‘tkaziladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə