Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


Narsalarning o‘ziga yoki boshqa narsalarga nisbatan joylashish



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

Narsalarning o‘ziga yoki boshqa narsalarga nisbatan joylashish
vaziyati, yo‘nalishini so‘z bilan ifodalash
- Bunda bolalar buyumlarning
uzunliklari, kengliklari, balandliklarini taqqoslashga o‘rgatiladi; geometrik figuralar:
doira, kvadrat bilan tanishtiriladi; fazoviy yo‘nalishlar bilan tanishtiriladi:
«o‘zidan» oldinga, orqaga (orqasidan), o‘ngga (o‘ngdan), chapga (chapdan) so‘zlarini
to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatiladi.
Hafta kunlari ketma-ketligi, sutka qismlari nomlari kabilar
. Bu
tushunchalar har kunlik mashg‘ulotlarning tashkiliy qismlarida, kunning ikkinchi
yarmida, kun tartibining barcha qismlarida o‘rgatib boriladi. Shu bilan birga
mashg‘ulotlarni mustahkamlash davomida ham doimiy tarzda takrorlanadi.
Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab
o‘rganadi. Matematik bilimlar bolalarga qat’iy aniqlangan sistema va izchillikda
beriladi, bunda yangi materiallar har bir vazifa bir qator kichik topshiriqlarga
bo‘linadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket o‘rganiladi. Masalan, tayyorlov guruhi
bolalarini buyumlarni bo‘laklarga bo‘lish bilan tanishtirish bunday ketma-ketlikda
amalga oshiriladi: bolalar birinchi mashg‘ulotda buyumlarni ikkita teng qismga
bo‘lishni mashq qiladilar va yarim nima ekanini o‘zlashtiradilar; ikkinchi
mashg‘ulotda bolalarning teng ikkiga bo‘linadigan buyumlar haqidagi
tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lug‘ati faollashtiriladi, tarbiyachi
uchinchi mashg‘ulotda bolalarga buyumlarni teng to‘rt qismga bo‘lish usullarini
o‘rgatadi, shuningdek butunning qismga munosabatini ko‘rsatadi, keyinroq bolalarga
geometrik figuralarni ikki va to‘rt qismga bo‘lishning har xil usullarini
ko‘rsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi munosabatlarni o‘rnatishadi.
Shunday qilib, dasturning har bir bo‘limi ketma-ket o‘tkaziladigan bir necha (uch-
olti) mashg‘ulotda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari mashg‘ulotdan
mashg‘ulotga kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Maktabgacha tayyorlov guruhi uchun elementar matematik tasavvurlarni
rivojlantirishda bolalarning oldingi bosqichlarda olgan bilimlarini sistemalashtirish,
kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi. Mazkur guruhda matematika
mashg‘ulotlari haftada 2 tadan (bir yilda 72 ta) o‘tkaziladi. Matematikadan har
qanday mashg‘ulotni loyixalashda bolalar tarbiyachining stoli yonida ishlashlari
bilan bir qatorda o‘z o‘rinlarida tarqatma materiallar bilan mustaqil ishlashlari
ham nazarda tutilishi zarur.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə