Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik
tasavvurlarni
rivojlantirishda
integratsiyalashgan
mashg‘ulotlardan
foydalanish
. 6 yoshli bolalarda o‘z xulq-atvorini boshqarish qobiliyati paydo
bo‘ladi. Ularda erkin xotira, diqqat rivojlanadi. Shu yoshda ular topshiriqni
bajarishga, o‘z ishiga ijobiy baho olishga intiladilar. Bolalar o‘quv topshiriqlariga
katta qiziqish bilan qaraydilar. Katta guruh bolalari birinchi o‘nlik sonlarini yaxshi
o‘zlashtirishlari kerak. Har xil buyumlar to‘plamini sanash, patternlarni o‘rganish,
ularning qatorda kelish tartiblarini aniqlash jarayonida sonlar mohiyatini
o‘zlashtirish amalga oshiriladi. Bolalar bilan bajariladigan hamma ishlar ular oldingi
bosqichlarda olgan bilimlar va ularni hisobga olish asosida tashkil qilinadi.
O‘rganishni o‘tilganlarni takrorlashdan boshlash kerak. Har qaysi yangi bilim
oldin o‘zlashtirilgan bilimlar tizimiga kiritilishi zarur. Mashqlar miqdori yetarli
bo‘lgandagina bolalarda puxta malaka va ko‘nikmalar shakllanishi mumkin.
Bolalarni buyumlar, o‘yinchoqlar, geometrik figuralar, kartochkalar va rasmlardagi
tasvirlarni sanash (qayta sanash, qo‘shib sanash, teskari sanash, ajratib sanash)ga,
ob’ektlar miqdorlarini sezish bilan aniqlashga mashq qildirish kerak. Maktabga
tayyorlov guruhida bola 7 yoshga qadar son, buyumlarning shakli va kattaligi haqida
nisbatan ko‘proq bilimlarni o‘zlashtirgan bo‘lishi, fazoda va vaqt bo‘yicha mo‘ljal ola
bilishi kerak. Tarbiyachi bolalarda matematik bilimlarga turg‘un qiziqish, ulardan
foydalanish malakasi va ularni mustaqil egallashga intilishni tarbiyalashga harakat
qilishi kerak. Shu yoshda bolalarda mustaqil fikrlash va fazoviy tasavvurni
rivojlantirish, ayniqsa, muhim. Bu vazifalar barcha mashg‘ulotlarda amalga
oshiriladi. Masalan:
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida
bolalarga bir nechta buyumlar
(mevalardan natyurmort, tabiat manzarasi, geometrik figuralardan bir nechtasi)ni
chizish taklif etiladi. Bolalar o‘zlari tasvirlagan narsa va buyumlarning soni,
joylashuvi, o‘lchamlari haqidagi ma’lumotlarni aytib berishlari kerak. Shu asosda
bolalarga to‘plam, miqdor, kattalik, munosabat tushunchalari mustahkamlanadi.
Applikatsiya mashg‘ulotlarida esa, quyidagi masalalar yechiladi:
1. Geometrik shakllar va o‘simliklar qismlaridan badiiy bezak tuzish;
2. Karton yoki matoga aniq bir ritmda joylashtirish;
3. Syujetni tasvirlash;
4. Predmet tasvirini alohida bo‘laklardan yaratish;
5. Applikatsiya uchun detallarni har xil materiallardan, turli texnika orqali
tasvirlashni o‘zlashtirish;
6. Qirqishning turli uslublari, qirqish ularni asosga joylashtirish texnikasi bilan
yopishtirish, tikish va h.k.


7. Rangni sezishni shakllantirish, asosiy rang va tuslarni bilish, rang birikmalarini
tuzish mahoratini o‘zlashtirish;
8. Shakl, nisbat, kompozitsiya hissini shakllantirish;
9. Geometrik shakllarni ajratish, ularni nomini bilish;
10. Hajm va sonlarni bilish;
11. Kompozitsion mahorat malakalarini shakllantirish;
12. Syujetli applikatsiyada predmet (buyum yoki narsa)larni joylashtirishda mo‘ljal
olish.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə