Asqarova dilorom qurbonovna



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə24/72
tarix04.02.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#100147
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72
Bolalarna mak.ta\'l. tayyor. oquv qo\'llanma

Kundalik rejim

Vaqti

1.

O‘rindan turish, badan tarbiya mashqlarini qilish, yuvinish, o‘rinni
yigishtirish.

8.00-8.45

2.

Nonushta

8.45-9.15

3.

Sayr

9.15-10.00

4.

O`yinli ta`lim faoliyatlari

10.00-11.00

5.

Ochiq havoda o`ynash, sayr qilish, ko`ngil ochish.

11.00-12.45

6.

Tushlik

12.45-13.15

7.

Kunduzgi uyqu

13.15-15.00

8.

O‘zi yoqtirgan ish bilan shug‘ullanish uchun bo‘sh vaqt

15.00-16.00

9.

Kechki choy

16.00-16.15

10.

Ochiq havoda sayr qilish va o‘ynash

16.15-18.00

11.

Kechki ovqat

18.00-18.30

12.

Tinch o‘yinlar, kattalar topshirig`iga ko‘ra qo‘lidan keladigan ishlarni bajarish

18.30-20.15

13.

Uyquga tayyorlanish, gigiyenik tadbirlar (tishni tozalash, yuvinish)

20.15-20.30

14.

Tungi uyqu

20.30



Nazorat savollari:
1.Bolalarning maktabga ruhiy tayyorgarligi ahamiyatini ayting.
2.Bolalarning maktabga tayyorlashda jismoniy tarbiyaning o‘rni qanday?
3. Olti yoshli bolaning kun tartibi qanday bo‘lsa maqsadga muvofiq?
Topshiriq: “tarbiyachi bola shaxsida axloqiy his-tuyg`ularni tarbiyalash uchun qanday vosita va metodlarni qo‘llasa, yaxshi xulq namunalarini o‘rgatish ancha oson kechadi” izohlash uchun taqdimot tayyorlang.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Илк қадам” давлат ўқув дастури. Тузувчилар: Грошева И.В., Евстафева Л.Г., Маҳмудова Д.Т., ва бошқалар. – Тошкент, 2018 йил.
2. Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. – Tоshkent: Ilm ziyo, 2006.
3. Mavrulоv A. Ma`anaviy barkamоl insоn tarbiyasi. – Tоshkent: O‘zbekistоn, 2008.
4. Egamberdieva N. Ijtimоiy pedagоgika. – Toshkent: A.Navоiy nоmidagi O‘zbekiston Milliy kutubxоnasi nashriyoti, 2009.
5. Қодирова Ф., Тошпўлатова Ш., Аъзамова М. Мактабгача педагогика. – Тошкент: “Маънавият”, 2013.
Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari
Tayanch so‘zlar:
tashxislash, aqliy rivojlanish, Kern-Irasek, «Grafik diktant», yo‘riqnoma, suhbat, kuzatish, ko‘nikma, tayyorgarlik, yondashish,omil.
Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari. Bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash bu tekshiruv juda zarur. U oila uchun bolaning qaysi jihatlariga tuzatish (agar u zarur bulsa) kiritishda, olti
yoshlining muvaffaqiyatlari va kamchiliklariga qanday yondashishda, shu maqsadda u tarbiyachilarga, qolaversa, 1-sinf o‘qituvchilari uchun ham kerak. Bolani o‘qitish uchun uni har tomonlama bilish kerak. Afsuski, bugungi kunda tashxis tizimining takomillashmaganligi, o‘zini oqlamagan turli xil shakllarni ko‘pligi ta’lim muassasalarining hamda ota-onalarning bolalarni maktabga tayyorlash borasida faoliyatini qiyinlashtirmoqda. Masalan, ayrim maktablarda bolalarni birinchi sinfga olishda bolaning maktabga tayyorgarligini
belgilovchi asosiy ko‘rsatgich sifatida tez o‘qish ko‘nikmasi (bir minutda 50-70 va undan ham oshik so‘z) ilgari surilmoqda. Vaholanki, bu ko‘nikma maktabgacha ta’lim davlat dasturiga kiritilmagan. Agar bola tez o‘qishga urgangan bo`lsa yomon emas, biroq bu maktabga borishdagi shartli talab sifatida qabul qilinmasligi kerak.
Tashxis o‘tkazish, bolaning rivojlanganligi va maktabda ta’lim lishga
tayyorgarligi darajasini aniqlash maqsadida turli usullarning bir necha variantlari
berilmoqda. Biroq bu har bir bolaga tashxis qo‘yishda maskur uslublarning barchasini qo‘llash zarur, degani emas. Bolani tashxisdan o‘tkazishni majburiylikka asoslanmagan, ishonchli suhbat yoki o‘yin tartibida olib borgan ma’qul. Toki bola o‘zini tekshirilayotganligini sezmasin. Bolani berilgan savollarga javob bervyotganda shoshirmaslik, uning qiziqishini
so‘ndirmaslik uchun suhbat va tavsiya etilayotgan o‘yinlardan 2-3 tasini o‘tkazgan ma’qul. Bir marta tashxis o‘tkazish vaqti 20-25 daqiqadan oshmasligi lozim. Barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar uchun majburiy bo‘lgan hamda ota-onalarning ham bolani maktabga tayyorligini aniqlash va bola rivojlanishidagi ayrim jihatlarni chuqurroq yechishlariga imkon beruvchi asosiy tashxislash usullarining asosiylarga quyidagilar kiradi:
1. Bolaning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holati tashxisi.
2. Shaxsiy – psixologik va aqliy rivojlanganlik tashxisi: - tashxislovchi kirish suhbati;
- Kern-Irasek tizimi bo‘yicha tashxislar;
- Venger metodi bo‘yicha tashxislash ( grafik diktant ).
3.Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi:
- bolalarning maktab haqidagi tasavvurlarini aniqlovchi savolnoma (mativatsion tayyorgarlik);
- bolalarning matematik tushunchalarini aniqlovchi savolnoma;
- bolalarning ogzaki savodxonligi va nutqi rivojlanganligini aniqlovchi
savolnoma.
4. Tekshirishning qo‘shimcha shakllari:
- ko‘rish xotirasi;
- eshitish xotirasi;
- mazmun xotirasi;
- tasavvuri va ijodiy fikrlashining rivoji;
- ogzaki – mantiqiy fikrlash rivoji;
- ma’lum joyda, hududda mo‘ljal olish rivoji;
- matematik tushunchalari rivoji;
- tasvirlash faoliyati bo‘yicha ko‘nikma va uddalashi rivoji;
- o‘zi va o‘zining tasvirlash faoliyatiga munosabatini ifodalash.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə