Asqarova dilorom qurbonovna



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə22/72
tarix04.02.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#100147
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   72
Bolalarna mak.ta\'l. tayyor. oquv qo\'llanma

Nazorat savollari:
1. O‘qish va savodga tayyorgarlik sohasida bolaning bosma materiallar va
yozuv belgilari hamda harflarga bo‘lgan qiziqishlari qanday rivojlantiriladi?
2.Bolalarni savodxonlikka o‘rgatishda qanday davlat talablari qo‘yilgan?
3. O‘qish va savodga o‘rgatishda qanday ususllar samarali?
Topshiriq:Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini o‘rganing, bolalarni savodga o‘rgatish bo‘yicha “Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishga doir, qiziqarli matematik o‘yinlar, mantiqiy masalalar, bosh qotirmalar, mantiqiy tafakkurini rivojlantiruvchi topshiriqlar tayyorlang va taqdimot qiling.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Ilk qadam” davlat o‘quv davturi, Toshkent-2019.
2. Bolalarning elementar matematik tasavvurlarini rivojlantirish.
Bolalar bog‘chalari uchun dastur. Tuzuvchilar: N.Bikbaeva, T.Umarova.
Toshkent, O‘zPFITI, 1995.
3. Abidova L. MTMda matematika mashg‘ulotlarini tashkil etishda
qiziqarli matematikaning o‘rni// Zamonaviy ta’lim jurnali. №2. 2005.
4. Mirjalolova L. Bolalarning so‘z boyligini ertaklar asosida oshirish. – Toshkent, 2008.
Bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligi tahlili
Tayanch so‘zlar: psixologik tayyorgarlik, intellektual (aqliy) tayyorgarlik, ma’naviy xususiyatlar, irodaviy xususiyatlar, tayyorgarlik, rivojlanganlik darajasi, ommaviy axborot vositalari, sangvinik, temperament, ta’sirchan, kamgap, sust bolalar,melanholik, flegmatik,betokat, serzarda, harakatchan bolalar, xolerik.
Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi. Maktabning bola shaxsiga qo‘yadigan asosiy talablaridan biri psixologik tayyorgarlikdir. Bolaning psixologik tayyorligi uning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeining o‘zgarishi va kichik maktab yosh davridagi bolalar o‘quv faoliyatining o‘ziga xosligi bilan uzviy bog‘liq. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, maktabga psixologik tayyorgarlik doimiy hisoblanmaydi, balki u doimo o‘zgarib boyib boradi. Psixologik tayyorlikning tarkibiy jihatlari: intellektual (aqliy), ma’naviy va irodaviy tayyorgarlikdan iboratdir. Aksariyat hollarda bolaning aqliy rvojlanganlik darajasi haqida gapirilganda uning so‘z boyligi zahirasi bilan aniqlanadigan aqliy bilimlari miqdoriga ko‘proq e’tibor beriladi. Ota-ona, hatto ayrim o‘qituvchilar ham bola qanchalik ko‘p bilsa, u shunchalik rivojlangan bo‘ladi, deb o‘ylaydilar. Aslida esa unday emas, fan-texnika, ommaviy axborot vositalarining keng tarqalganligi tufayli bugungi kun bolalari go‘yo ma’lumotlar ummonida suzib yurgandek bo‘lmoqdalar. Bu esa ulardagi so‘z boyliklarining keskin o‘sishiga asos bo‘lmoqda, lekin bu ularning tafakkuri ham shunday jadallikda rivojlanyapti, degan gap emas. Maktabda amal qilinayotgan o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish boladan narsalarni taqqoslay bilish, tahlil qilish, umumlashtirish, mustaqil xulosalar chiqarish kabi bilish jarayonlarining yetarlicha rivojlangan bo‘lishini takozo etadi. Shuning uchun ham hozirgi kunda maktab amaliyotchi-psixologlari tomonidan bolalarni birinchi sinfga qabul qilish jarayonida keng foydalanilayotgan psixodiagnostik vositalar, testlar, surovnomalar, asosan bolada yuqorida keltirib utilgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini aniqlashga muljallangan metodikalardan iboratdir. 5-7 yosh bolaning maktabga intellektual (aqliy) tayyorligining yana muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu ulardagi obrazli tafakkurning oliy darajada rvojlanganligidir. Bularga tayangan holda bola atrof-muhitdagi narsa-hodisalar o‘rtasidagi eng muhim xususiyatlarni, munosabatlarni farqlay olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu urinda bolalar chizmali tasvirlarni shunchaki tushunibgina qolmay, balki ulardan muvaffaqiyatli foydalana oladigan bo‘ladilar.
Biroq ularning tafakkuri umumlashtirish xislatlariga ega bo‘la borsa-da,
predmetlar va ularning (tafakkuri) o‘rnini bosuvchilar bilan aniq xatti-harakati
obrazliligicha qolaveradi. Maktabgacha yosh davridayoq bola kichik maktab yosh davrida yetakchi faoliyat turi bo‘ladigan o‘quv faoliyatiga tayyorlangan bo‘lishi lozim. Bunda bolada ma’lum bir tegishli malakalarning shakllangan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bunday malakalarning asosiy xususiyatlaridan biri bolaning o‘quv topshirigini ajratib olishi va faoliyatni mustaqil maqsadga aylantira olishidir. Bunday jarayonlar birinchi sinf o‘quvchilaridan topshiriqda o‘zi belgilagan o‘zgarish, yangilik alomatlarini kidirib topa bilish va ulardan hayratlanishni, qiziqishni talab qiladi. Bunday topshiriqlar amaliy ishlarga aylantirilsa yoki o‘yin tarzida bajarilsa, osonroq kechadi va bola o‘zlashtiradi.
Yuqorida to‘xtalib o‘tganimiz intellektual tayyorlik bolaning maktabda
muvaffaqiyatli o‘qib ketishi uchun yagona zamin emas. Agar bola zarur malaka va ko‘nikmalar zaxirasiga ega bo`lsa, unda intellektual rvojlanganlik darajasi ham yuqori bo‘lsa-yu o‘quvchilikning ijtimoiy holatiga shaxsan
tayyor bo‘lmasa, maktabda o‘qib ketishi qiyin kechadi. Agar o‘qituvchi yoki ota-ona uni o‘qishga qiziqtira olmasalar, o‘quv vazifalarini zo‘rma-zo‘raki, sifatsiz, qo‘l uchida bajaradilar. Bundaylarda zarur natijalarga erishish qiyin bo‘ladi.
Eng yomoni, bu yoshda maktabga borishni xohlamaydigan bolalar ham uchrab turadi. 5-7 yoshli bolaning maktabga borishdan bosh tortishi asosan uni tarbiyalashda ota-onalar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoning oqibati hisoblanadi. Ayrim ota-onalarda maktabgacha yosh davridagi bolani maktab bilan qo‘rqitish hollari ham kuzatiladi. Ikkita gapni eplab gapira olmasang, maktabda qanday o‘qiysan?”, “Sanashni bilmaysan-u, maktabga qanday borasan?”, “Maktabga borsang, o‘rtoqlaring bu qilig‘ingdan kulishadi!” “Hech narsani bilmaysan, maktabga borsang bizni uyaltirasan!” kabi ta’na-dashnomlar bolada maktabdan qo‘rqish, undan xavfsirashning shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin. Shunday qo‘rquv bilan maktabga borgan bolalarning maktabga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, ularda o‘ziga nisbatan ishonch uyg‘otish uchun haddan ziyod kuch, vaqt, mehnat, sabr-toqat, chidam, e’tibor zarur bo‘ladi. Bu esa bolada oldindan maktabga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishga qaraganda, shubhasiz, murakkab jarayondir. Bolani birinchi sinfda o‘qitishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarning sababi kattalarning bola bilan bo‘ladigan muloqotlari shakli u yoki bu vaziyatga bog‘liq bo‘lmagan holda, shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bunday muloqot bolaning kattalar e’tiboriga va hamdardligiga bo‘lgan ehtiyoj va ehtiyojlarning kattalar tomonidan qondirilishi bilan xarakterlanadi. Muloqotning bu shakliga erishgan bolalar uchun kattalarga e’tibor, ular murojatini tinglash va tushunishga intilish va kattalar tomonidan ham ularga nisbatan shunday e’tibor ko‘rsatilishiga bo‘lgan ishonch xosdir. Bunday bolalar kattalarning turli vaziyatlarda (ko`chada, uyda, mehmonda, ishxonada) o‘zlarini qanday tutishlarini farqlay oladilar. Kattalarning bunday xulqni anglash evaziga bolalar ham kattalarga, o‘qituvchilarga, shu vaziyatga mos ravishda munosabatlarni namoyon qiladi. Agar bolada kattalarga nisbatan bunday munosabatlar shakllanmagan bo`lsa, unga mos ravishda kattalarga nisbatan ham tegishli munosabat yuzaga kelmaydi, bu esa, albatta, bola bilan olib boriladigan ta’lim jarayonini murakkablashtiradi. Ota-onalar har bir bola ruhiy rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi va bu xususiyatlar ularning u yoki bu faoliyat turini egallashida namoyon bo‘lishini yodda tutishlari lozim. Ba’zi bolalar endigina birinchi so‘zlarni o‘zlashtirganlarida ularning tengqurlari allaqachon ma’lum bir iboralar bilan gaplasha oladigan bo‘ladilar. Ta’lim jarayonida bola imkoniyatlarining namoyon bo‘lishi ma’lum darajada nasliy omillar bilan ham bog‘liq dir. Bolalar o‘z temperament xususiyatlariga ko‘ra ham bir-birlaridan ajralib turadilar:
Xushchaqchaq, sergap, quvnoq, hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga tez moslasha oladigan bolalar – sangvinik temperamentga mansub bo‘ladilar.
Ko‘pincha noxush kayfiyatda yuradigan, ta’sirchan, kamgap, sust bolalar – melanxolik temperamentga kiradilar. Xotirjam, befarq, kamharakat, nutqi sust bolalar – flegmatiklardir. Jahldor, betoqat, serzarda, harakatchan bolalar – xolerik hisoblanadilar. Bolalar kattalarning yordamiga muhtoj bo‘lishiga qarab ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ba’zi bolalar biror xatti-harakatni bajarishni bir necha marta ko‘rsatish, tushuntirish, ketidan ergashtirish kerak. Boshqa bolalarga esa bajariladigan ish bir marotaba ko‘rsatilsa yetarli bo‘ladi. Shunday bolalar ham borki, ular berilgan vazifani mustaqil bajaradilar. Bolalar o‘zlarini qiziquvchanlik, aqliy faolliklariga qarab ham bir-birlaridan ajralib turadilar. Ba’zi bolalar ko‘p savol beradilar va harakatchan bo‘ladilar, ba’zi bolalarni esa hech narsa qiziqtirmaydi. Ota-onalar bolalaridagi o‘ziga xosliklarni qanchalik chuqur bilsalar, ularga o‘rgatishni muvaffaqiyatli tashkil qila oladilar. Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi keng va mukammal bo‘lib rivojlangan bo‘lishi darkor. Bolalarga qanchalik yaxshi bilim bersak, o`ylaymanki ular kelajakda Vatanga sadoqat ruhida, yetuk inson bo‘lib etishadilar. Demak, tarbiyachi bola
shaxsida axloqiy his-tuyg`ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni qo‘llasa, yaxshi xulq namunalarini o‘rgatish ancha oson kechadi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə