Asqarova dilorom qurbonovna


Bolalarni maktabga tayyorlashda salomatlik va jismoniy rivojlanganlikning ahamiyati



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə23/72
tarix04.02.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#100147
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72
Bolalarna mak.ta\'l. tayyor. oquv qo\'llanma

Bolalarni maktabga tayyorlashda salomatlik va jismoniy rivojlanganlikning ahamiyati. O‘qish uchun bolalar anchagina jismoniy va aqliy kuch sarflashlari kerak. Shuning uchun ota-ona bola maktabga borguniga qadar uning to‘g‘ri jismoniy rivojlanishi va sog‘lom bo‘lib o‘sishi g‘amxo‘rlik qilishi juda muhimdir. Bola hayotining rejimi. Odatda, sog‘lom bola kasalmand va zaif bolaga nisbatan maktab rejimiga va butun dars davomida o‘zida jush urib turgan g`ayratlarini tiyib jim utirishga tezroq ko‘nikadi. Har bir bola aniq kun tartibiga ongli ravishda rioya qilishiga bog‘liq . Bolani maktab rejimiga tayyorlashda, uning sogligini mustahkamlashda ertalab ma’lum vaqtda o‘rindan turish, ovqatlanish va uyquga yotishga aniq rioya qilinishi kerak. Har bir oila mehnat faoliyatining xarakteri, maishiy sharoiti, bolalarning soni va shu kabilarga o‘z yashash tartibini o‘rnatadi. Biroq siz bir narsani, ya’ni maktabgacha yoshdagi bolaning nonushtasi va tushligi o‘rtasidagi oraliq 4 soatdan oshmasligini, tushlik va kechki ovqat o‘rtasidagi oraliq – bir oz kattaroq (6-7 soat), buning orasida yengil ovqatlanish kechki choy bo‘lishi kerakligini unutmasligingiz kerak.
Bolaning bir sutkadagi uyqusi taxminan 11 soatni tashkil qilishi kerak. Bola
tushlikdan so‘ng 1-1,5 soat dam olishga odatlansin. Kechqurun u doimo bir vaqtda, ya’ni 9 dan kechikmay uxlagani yotsin. Bola miriqib uxlasin desangiz, quyidagi qoidalarga rioya qiling:

  • bola uxlaydigan xonani yaxshilab shamollating;

  • bolani uxlashga yotishdan oldin tishini tozalashga, yuz-qo‘li, buyni, oyogini
    yuvishga odatlantiring;

  • bolaga o‘rinda nonushta qilishga aslo yo‘l qo‘ymang;

  • bolaning me’yoriy rivojlanishi uchun u toza havoda ko‘p harakat qilishi kerak. Tengdoshlari bilan chopsin, sakrasin, narsalarga tirmashib chiqsin. Bola ochiq havoda kish oylarida 4 soatdan kam bo‘lmasin, yozda esa deyarli butun kunini ochiq havoda o‘tkazsin. Bolaga kun bo`yi tinim bilmay lakillab yurishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, bunday ortiqcha o‘ynoqilikdan bola maktabning talabchan intizomiga ko‘nikishi qiyin bo‘ladi. Harakatli o‘yinlarning tinch faoliyatlar bilan almashinib turishini kuzatib borish zarur. Bolaning kundalik rejimga amal qilishi uchun asosan, qat’iy nazorat lozim. Bola kundalik rejimni bajarish majburiyligiga va hech qanday gap, iltimoslar, ma’lum vaqtda ovqatlanmaslik hamda o`ynamaslikka sabab bo‘la olmasligiga ko‘nikishi kerak. Shu bilan birga rejimning zarurligi va uning foydasini doimo tushuntirib borish lozim. Masalan: “Ertalabki badantarbiya mashqlarini yaxshi bajarding, endi kun bo‘yi tetik
    yurasan”,”Barakalla, gullarni tozalab yaxshi qilibsan. Menga ancha yordaming tegdi”,”O‘z vaqtida ovqatlansang, tez o‘sasan hamda, kasalga chalinmaysan”
    va shu kabilar. Rejimning qimmati bola faoliyatining har xil turlarining almashinib turishini ta’minlashdir, bu esa yosh, o‘suvchi organizmni charchashdan saqlaydi, bolaning har tomonlama kamol topishiga imkon beradi. Masalan, bola rasm solishga qiziqib ketib, stoldan 40 daqiqa davomida turmadi, lekin u faol harakat qilishi, ya’ni o‘ynashi, chopishi kerak. Shuning uchun u o`ynab bo‘lganidan keyingina unga tinch o‘yin yoki mashg‘ulotni tavsiya qilish mumkin. Agarda ish shu yusinda ketsa, bola shunday tartibga rioya qilsa, u qay darajada bo‘lmasin asta-sekin o‘z faoliyatini boshqarishga odatlanadi, bu uni kundalik va maktab rejimining asosiy qoidalariga osongina ko‘nikishida katta
    ahamiyatga egadir. Olti yoshli bolaning kundalik rejimi taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin:




Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə