Asqarova dilorom qurbonovna


Bolalarning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holatini tashxislash



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə25/72
tarix04.02.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#100147
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72
Bolalarna mak.ta\'l. tayyor. oquv qo\'llanma

Bolalarning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holatini tashxislash.
Maktabga qabul qilinishdan oldin barcha bolalar o‘z yashash joylaridan bolalar
poliklinikasi tarkibida tor mutaxassislik bo‘yicha shifokorlardan iborat bo‘lgan tibbiy komissiya tekshiruvidan utishi shart. Ular bolaning sog`ligi va maktabga tayyorgarligi haqida o‘z xulosalarini berishadi. Mazkur tekshiruvning erta bahorda o‘tkazilishi bolada aniqlangan yetishmovchiliklarni yoz davomida dispanserizatsiyada to‘ldirib olish imkonini beradi. Harakatning asosiy turlari, qo‘l muskullari sport o‘yinlarining oddiy ko‘nikmalari, harakat sifati rivojlanganligini musobaqa, estafeta tarzida o‘tkaziladigan sport va harakatli o‘yinlar davomida tekshirish mumkin.
Bolaning shaxsiy–psixologik va aqliy rivojlanganligini tashxislash.
Tashxislash suhbati savollari:

1. Familiyangni, ismingni, otangni ismini ayt.
2. Ota – onangning familiyasi, ismi, otasining ismini ayt.
3. Sen qizmi yoki o‘g‘il ? Katta bo‘lsang kim bo‘lasan: xolami, tog‘ami?
4. Sening akang (opang) bormi, kim katta ?
5. Yoshing nechada ? Bir yildan keyin nechaga kirasan, iki yildan keyin- hi?
6. Hozir ertalabmi yoki kechqurun(kunduzimi yoki ertalabmi)?
7. Sen qachon nonushta kilasan-kechqurunmi, ertalabmi? Tushlikni ertalab
qilasanmi, kunduzimi? Tushlik oldin bo‘ladimi yoki kechki ovqat?
8. Sen qayerda yashaysan? Uy manzilingni ayt ( Qanday mamlakatda? Prezident kim? Vatanimizning bayrog‘ini, gerbini ko‘rsat va boshq.)
9. Otang (onang) kim bo‘lib ishlaydi?
10. Rasm chizishni yaxshi ko‘rasanmi? Bu qalamning (lentaning, ro‘molning) rangi qanaqa?
11. Hozir yilning qaysi fasli – qishmi, bahormi, yozmi, kuzmi? Nega sen shunday deb hisoblaysan?
12. Nega qor qishda bo‘ladi, yozda emas?
13. Haydovchi (shifokor, o‘qituvchi ) nima ish qiladi?
14. Maktabda qo‘ngiroq, parta nima uchun kerak?
15. O‘zingning o‘ng ko‘zingni, chap qulog`ingni ( o‘ng yoki chap qo‘l bilan ) ko‘rsat. Ko‘z va quloq nima uchun kerak?
16. Qanday hayvonlarni bilasan?
17. Sen qanday qushlarni bilasan?
18. Nima katta: sigirmi, echkimi? Kushmi yoki asalari? Nimaning panjasi katta: kuchuknikimi, xo‘roznikimi?
19. Nima katta: 8mi, 5mi, 7mi, 3 ? 3dan 6 gacha, 9 dan 2 gacha sana.
20) Bilmasdan birovning narsasini sindirib qo‘ysang, nima qilish kerak?
21. Uy telefonlaringning, onangning, otangning, buvingning ish joylaridagi telefonlarning raqamini eslab ko‘r…
22. Agar ota-onang ( kechqurun va dam olish kunlari) uyda yo‘q bo‘lsa – qayerda bo‘lishi mumkin?
23. Sen (katta do‘konda, bozorda, hayvonot bogida, seni majburan olib ketganda, notanish ko‘chada ko‘p kishilik avtobusda, metroda va boshq.) adashib qolsang, bunday holatlarda nima qilgan bo‘larding?

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə