Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalashni avtomatlashtirish



Yüklə 119,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix11.12.2023
ölçüsü119,6 Kb.
#146304
1   2   3   4   5   6   7
M13 Ma\'ruza

Metodik (uslubiy) ta’minot
- ALT ta’minot vositalarini tanlab olish va 
ishlatish qoidalarini, strukturasini belgilovchi hujjatlar to‘plami. Metodik ta’minot 
loyihalashni avtomatlashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirishni belgilaydi. 

Matematik ta’minot
- matematik usullar, matematik modellar va loyihalash 
algoritmlari to‘plami. 

Lingvistik ta’minot
- loyihalash tillari to‘plami bo‘lib, unga atamalar va 
ta’riflar, tabiiy tilni farmallashtirish qoidalari, ALTda matnlarni qishartirish va 
kengaytirish uslublari kiradi. 

Programmaviy ta’minot
- amaliy dasturlar paketi (ADP) ko‘rinishida 
rasmiylashtirilishi mumkin bo‘lgan mashina programmalari to‘plami. 

Informasion ta’minot - LAS uchun talab qilinayotgan ma’lumotlar to‘plami. 

Texnik ta’minot 
- o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sirlanuvchi texnik vositalar 
to‘plami. ALT texnik ta’minoti dastavval EHMni o‘z ichiga oladi. ALTda EHM 
sifatida turli oiladagi (tipdagi) mashinalar foydalanilishi mumkin. EHMning aniq 
turi ALT ierarxiyasidagi tegishli bo‘linmaning darajasi bilan, shuningdek, hal 
qilinayotgan masalalar sinfi bilan belgilanadi. 
EHM dan ALT da foydalanishning samaradorligi atrofdagi qurilmalarning 
strukturasi bilan belgilanadi. CHetdagi (atrofdagi) qurilmalarni minimal EHM 
kompleksi qurilmalariga va maxsus qurilmalarga ajratish mumkin. Qurilmalarning 
birinchi guruhiga an’anaviy chetdagi qurilmalar kiradi: magnit lentalaridagi, magnit 
disklaridagi tashqi XQ (xotirlash qurilmalari); perfolenta va perfokartalardan 
kiritish - chiharish qurilmalari; alfavit - rahamli bosish qurilmasi; perfolenta va 


perfokartalarda ma’lumotlarni tayyorlash qurilmalari. 
Maxsus qurilmalarga ekranda tekstli (matnli), rahamli va grafik axborotni aks 
etish uchun alfavit - rahamli va grafik displeylar, chizmachilik avtomatlari, dastlabki 
grafik materiallarni EHMga kiritish uchun grafik axborotni kodlash qurilmalari 
kiradi. 
ALT ning ishlash rejimlari. 

Foydalanuvchi 
- loyihachi ALT bilan quyidagi ikki rejimdan birida o‘zaro 
ta’sirlanishi mumkin: paketli yoki dialogli rejimda. 

Paketli rejim
- loyihalashning eng sodda rejimidir. Bu rejimda EHM barcha 
loyihaviy masalalarni avtomatik hal qiladi. Loyihachi EHMga programma kiritishi 
va alfavitli - rahamli yozish qurilmasi (ARYOK)da yoki graf yasovchida loyihalash 
natijalarini olish kerak. Biroq paketli rejim faqat loyihani ishlab chiqishning har 
daqiqasida programma barcha zarur ishlarni nazarda tutgan holdagina qo‘llanishi 
mumkin. 

Dialogli rejim
- loyihalash rejimi bo‘lib, unda sikl davriy takrorlanadi: 
mashinaga vazifa berish, javob olish va javobni tahlil qilish. Diaglogli rejimni 
samarali qo‘llash uchun EHM reaksiyasining (aks ta’sirining) o‘rtacha vaqti 
etarlicha kichik bo‘lishi zarur: sekundning ulushlaridan bir necha sekundgacha.
Bu rejim loyihalashda barcha ishlarni oldindan pogrammaga solib bo‘lmagan 
holda qo‘llaniladi. Loyihalashning bundan keyingi yo‘nalishini bir qiymatli aniqlash 
mumkin bo‘lmagan hollar etarlicha tez - tez uchrab turadi. Bunday hollarda oldindan 
oraliq natijalarni tahlil qilish, qo‘shimcha ma’lumotlarni aniqlash, echimlarning 
mumkin bo‘lgan variantlarini harab chiqish, eng yaxshilarini tanlab olish va 
shundan keyingina loyihalashni davom ettirish zarur. 
Insonning EHM bilan dialogli ishlashini samarali amalga oshirish loyihachining 
individual pultlarini yaratish tufayli mumkin bo‘ldi, ular loyihachining 
avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari (AIO‘) deb ataldi. AIO‘ning texnik vositalari 
strukturasiga mini yoki mikro EHM, alfavitli - rahamli va grafik axborotni aks 
ettirish qurilmasi, alfavitli - rahamli va grafik axborotni kiritish qurilmasi kiradi. 
AIO‘ markaziy hisoblash kompleksida (MHK) joylashgan yoki ALT iearxiyasining 
keyingi sathida joylashgan yanada yirik EHM bilan aloqaga ega. 
Alfavitli - rahamli va grafik axborotni aks ettirish qurilmalariga alfavitli - 
rahamli displey (ARD) va grafik displey (GD), chizmachilik avtomatlari (CHA) 
kiradi. ARD ekranlarida harflar, rahamlar, turli maxsus simvollardan iborat matnli 
axborot aks etadi. Bu axborot loyihachiga loyihalash jarayonini tahlil qilish uchun 
va haror qabul qilish uchun zarur bo‘ladi. 
CHA da ham matnli, ham grafik axborot rasmlar, chizmalar, grafiklar va 
hokazolar tarzida akslanadi. CHA da olinadigan axborot hujjatlashtiriladi, uni 
saqlash yoki konstruktorlik hujjatlari komplektiga kiritish mumkin. 


EHMga alfavitli - rahamli axborotni kiritish uchun displeylarning klaviaturalari 
«Konsul-260» turidagi pultli yozuv mashinkalari qo‘llaniladi. EHMga amalda 
istagan murakkablikdagi grafik axborotni kiritish, grafnk axborotni kodlash 
qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. 
Sanab o‘tilgan chetdagi (atrofdagi) qurilma ALTdagi AIU larning keng 
imkoniyatlari haqida dalolat beradi. Ular loyihachini deyarli barcha grafik va hisob 
kitob ishlaridan ozod qilishi mumkin. ALT yordamida tayyor chizmalar va talab 
qilingan matnli materillarni olish mumkin, olingan natijalarni juda oddiy tuzatish 
mumkin, bunda tuzatish avtomatik ravishda barcha chiquvchi hujjatlarga tez va aniq 
kiritiladi 
Avtomatlashtirish tizimlarining ishonchliligi tizimining berilgan vazifalarni 
ekspluatasion ko‘rsatkichlarining belgilangan qiymatlarining vaqt o‘tishi bilan 
saqlanishi bilan bajarish qobiliyati tizimining beto‘xtovligi, ta’sirlanuvchanligi va 
uzoq muddat ishlashi orhali belgilanadi. 


Yüklə 119,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə